3
O„zgarmas tok generatorlari magnit maydonni uyg„otish usuliga qarab,
mustaqil uyg„otishli va o„z-o„zidan uyg„otishli bo„ladi. Mustaqil uyg„otishli
generatorlarning uyg„otish chulg„amlariga yuboriladigan tok tashqi manba
(akkumulyator batareyasi yoki boshqa generator) dan olinadi. O„z-o„zidan
uyg„otishli generatorlarning uyg„otish chulg„amlariga yuboriladigan tok
bevosita generatorning o„zida (yakoridan) olinadi. o„z-o„zidan uyg„otishli
generatorlar uch xil bo„ladi:
a)
paralel uyg„otishli yoki shunt uyg„otishli generatorlar;
b)
ketma ket uyg„otishli yoki series generatorlar;
v
) aralash uyg„otishli yoki kompaund generatorlar.
Parallel uyg„otishli generatorlarda uyg„otish chulg„ami yakor chulg„amiga
parallel qilib ulangan. Ketma ket uyg„otishli generatorlarda esa uyg„otish
chulg„ami yakor chulg„amiga ketma-ket ulanadi. Aralash uyg„otishli
generatorlarning uyg„otish chulg„ami ikkita bo„ladi.
Ulardan biri yakor
chulg„amiga parallel, ikkinchisi esa tashqi yakor shoxobchasiga ketma ket qilib
ulanadi. Agar ushbu generatorning paralel chulg„amidan o„tuvchi ozgina tok
hisobga olinmasa, ketma ket uyg„otish chulg„amini ham yakor chulg„amiga
ketma ket ulangan, deb hisoblasa bo„ladi.
O‘zgarmas tok generatorlarining o‘z-o‘zidan uyg‘otilishi
O„zgarmas tok generatorlarining o„z-o„zidan uyg„otish
zanjirida
ishlatiladigan quvvati juda kichik (yakorda iste‟mol qilinadigan quvvatning 3
5% qismini tashkil qiladi). Uyg„otish zanjirini ta‟minlash uchun alohida
mustaqil manba ishlatish juda noqulay. Shuning uchun amalda uyg„otish
chulg„amini yakordan olingan tok bilan ta‟minlaydigan o„z-o„zidan uyg„otish
generatorlari ko„p roq ishlatiladi.
Parallel uyg„otishli generatorda uyg„otish chulg„ami rostlash qarshiligi
orqali yakorga parallel qilib ulanadi. Bunday generatorning yakori qismalaridagi
kuchlanish
,
U
R
I
E
U
я
я
я
bu yerda
I
ya
R
ya
- yakor qarshiligidagi kuchlanishning pasayishi.
Yakor ham tashqi elektr shoxobchasini, ham uyg„otish zanjirini tok bilan
ta‟minlaydi, ya‟ni
Iya=I+Iu
.
Generator normal ishlaganida uning uyg„otish chulg„amidan o„tadigan
tokning miqdori:
,
P
y
R
P
R
R
U
R
R
U
bu yerda
U
U
- uyg„otish kuchlanishi (u yakor qismlaridagi kuchlanish-
ga teng);
R
U
– uyg„otish chulg„amining qarshiligi;
R
R
–
rostlash reostatining
qarshiligi.
Yuklama bo„lmaganida, ya‟ni
I=0
da
I
Ya
= I
u
.
4
Uyg„otish toki yakorning nominal tokiga nisbatan juda oz bo„lganligi
uchun yakor kuchlanishining pasayishini e‟tiborga olmasa ham bo„ladi, ya‟ni
U
Ya
Ye=cpF
bo„ladi. Bunda
.
М
У
У
R
Yakorning aylanish tezligi o„zgarmas bo„lganida yakor qismalaridagi
kuchlanish uyg„otish tokigagina bog„liq bo„ladi, ya‟ni
).
(
у
я
I
f
E
U
Yuqoridagi ifodaga muvofiq uyg„otish tokini hosil qilish uchun yakor
qismlarida kuchlanish bo„lishi kerak. (o„) ifodaga ko„ra yakor qismalarida
kuchlanish hosil qilish uchun uyg„otish toki bo„lishi kerak.
Dastlab yakor birlamchi dvigatel vositasida
aylantirila boshlaganda
uyg„otish toki va uyg„otish tokini hosil qiluvchi yakor qismalarida hech qanday
kuchlanish bo„lmaydi. Shunday bo„lsa, mashinada kuchlanish va tok qanday
hosil bo„ladi? Bunday generatorda EYuK paydo bo„lishi o„z-o„zidan uyg„otish
prinsipiga asoslangan.
Generator ishlashi yoki o„z o„zidan uyg„onishi uchun uning magnit
sistemasi (qutblar va stanina) da qoldiq magnetizm
F
q. m
bo„lishi shart.
Mashinada bunday qoldiq magnetizm dastlab zavodning o„zida
tashqi tok
manbai yordamida vujudga keltiriladi. Qoldiq magnetizm
F
q.m
yakor
chulg„amlarida biroz bo„lsa ham EYuK E
q.
m
ni induksiyalaydi. Shu EYuK
uyg„otish chulg„amlarida
I
u.q.m
tokini hosil qiladi
I
u.q.m
=
,
.
.
R
R
E
R
R
R
E
R
bunda yakorning qarshiligi e‟tiborga
olinmaydi, chunki u uyg„otish
chulg„amining qarshiligiga qaraganda ancha kichik bo„ladi. I
u.q.m.
uyg„otish toki
magnit maydonini hosil qiladi. Ushbu magnit maydoni tomon yo„nalanadi.
Agar ular bir tomonga yo„nalmasa, generator o„z-o„zidan uyg„onmaydi va ishlay
olmaydi. Bunday generator yakorini teskari yoki uyg„otish zanjiridagi tokning
yo„nalishi o„zgartirishga to„g„ri keladi. Buning uchun uyg„otish zanjirining
yakorchulg„amlariga ulangan uchlarini almashtirish kerak.
Uyg„otish tokini hosil qiluvchi magnit maydonni qoldiq magnetizmning
magnit maydoni tomon yo„nalgan bo„lsa, jami magnit maydoni va
induksiyalanuvchi EYuK osha boradi. Bu jarayon uyg„otish
zanjiridagi
kuchlanish induksiyalanuvchi EYuK ni muvozanatlagunga qadar davom etadi..
Ammo, magnit to„yinishi tufayli kuchlanishning o„sish jarayoni cheklangan
bo„ladi.
Elektr mashinalarining xossalarini ularning xarakteristikalari yordamida
oson tushunish mumkin. Bu xarakteristikalar mashinaga oid barcha kattaliklar
o„zgarmay turib, faqat ikki asosiy parametr o„zgarganda
ular orasidagi
bog„lanishni ifoda etuvchi egri chiziqdan iborat. Amalda generator uchun
yakorning aylanishlar chastotasi o„zgarmas, yakor uchidagi kuchlanish, yakor
toki va uyg„otish toki esa o„zgaruvchan kattaliklar hisoblanadi.
Parallel
5
uyg„otishli o„zgarmas tok generatorini tekshirganda uning uchta asosiy
xarakteristikasi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: