Dinamik yuklam. Mexanikadan ma'lumki, qattiq jismning o’zgaruvchan burchak tezlik bilan aylanishi dinamik moment yuzaga kelishi bilan yuzaga keladi, bu aylanuvchi massaning zaxiradagi kinetik energiyani o’zgarishiga bog’liq bo’ladi aylanuvchi harakat dinamikaning asosiy tenglamasiga asosan:
Bunda w-aylanuvchi jismning burchak tezligi .
J-jismning aylanish o’qiga nisbatan inertsiya mamenti
Inertsiya momenti
J=m (15)
Bunda m-jism massasi, kg;
-o’qqa nisbatan keltirilgan inertsiya radiyusi
(16)
Qo’shimcha inersiya momenti o’rniga, moment yelkasidan GD2 foydalanish, qulay, u inersiya momenti J bilan bog’langan
(17)
Bu bog’lanish agar jism og’irlik massasi o’zgartirilsa va tezlanish kuchini o’zgartirilsa, inersiya radiusini jism inersiyasi diametri bilan almashtirish bilan olish mumkin.
GD2 ning qiymatlari elektr motori katologlarida beriladi va amaliy hisoblashlarda foydalaniladi. Biroq kataloglarda motorlarning rotori va yakorlari uchun GD2 ning kGm2 da qiymatlari berilgan uni kNm2 o’tkazish uchun uni 9,8 ga ko’paytirish lozim. burchak tezlanishni quyidagilardan kelib chiqqan holda ifodalash mumkin.
U holda ning qiymatini (5) tenglamaga qo’yamiz
(18)
bunda da ifodalanadi, J-kilogramm metr kvadratda ifodalanadi.
3. Elektr yuritmaning harakat tenglamasi
Elektr motorning tarmoqdan olayotgan quvvati doimiy tezlikda statik yuklamani bartaraf etishga sarflanadi, tezlik o’zgarganda esa statik yuklama kabi dinamik yuklamani ham bartaraf qilishga sarflanadi. Statik yuklama ishchi mexanizmi o’qidagi statik qarshilik momenti va ishqalanish kuchlari bilan aniqlanadi. Dinamik yuklama tezlik o’zgarishi bilan barcha harakatlanuvchi qismlarining zahiradagi kinetik energiyasining o’zgarishidan yuzaga keladi.
Tezlikning harakatlanish xarakteri harakatlanuvchi moment (kuchlar) nisbatlari bilan aniqlanadi. Agar motor hosil qiladigan harakatlanuvchi kuchlar Fm ta'siri ostida ishchi organ doimiy tezlik bilan xarakatlantiruvchi statik kuch Fs ga teng bo’lsa, unda Fm va Fs kuchlar o’zaro tenglashadi Fm=Fs. Agar tezlik o’zgarsa, unda xarakatlanuvchi kuch statik kuch Fs va yuzaga keluvchi dinamik kuchlarni bartaraf etishi mumkin.
Shunday qilib ilgarilanma harakatlanishda kuchlarning muvozanat tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
(19)
Ko’pgina mexanizmlar asosan aylanma harakatlanadi, shuning uchun ko’pincha momentlar muvozanati tenglamasidan foydalaniladi.
(20)
yoki
(19) va (20) tenglamalarda m-jism massasi, kg; v- harakatning chiziqli tezligi m/s;
M-moment, Nm; Ms-statik qarshilik momenti, Nm; MD-dinamik moment; -burchak tezligi 1/s; t-vaqt, s;
(21)
-inersiya momenti, kgm2; -inersiya radiusi, m2;
F = mg – og’irlik kuchi.
Amalda, juda keng tizimdan tashqari birlikda aylanish tezligi n ayl/min, burchak tezlikka quyidagi bog’liqlik bilan aniqlanadi:
Quvvat quyidagi tenglama asosida aniqlanadi:
(22)
(6.22) ni (6.20) ga qo’yib, quyidagini olamiz:
(23)
GD2=4g J (Nm2) tenglama maxovoy moment deb ataladi (G-og’irlik kuchi, N); rotorlar uchun maxovoy moment qiymati kataloglarda keltiriladi.
(20)-tenglama yuritmaning asosiy harakat tenglamasi hisoblanadi. Harakat tenglamasidan foydalanilganda momentlar ishorasini doimo hisobga olish lozim bo’ladi. Mm va Ms larning bir-biriga nisbatan o’zgarishiga qarab harakat tenglamasi tezlashuvchi, pasayuvchi yoki teng qiymatli bo’ladi.
Mm>Ms bo’lganda >0 - harakatlanuvchi bo’ladi.
Mm Mm = Ms ,bo’lganda =0 - harakat teng qiymatli (muvozanatlashgan rejimda) bo’ladi.
Elektr motori yordamida hosil bo’ladigan moment Mm, harakat yo’nalishiga mos yo’nalgan bo’lsa musbat hisoblanadi (harakatlanuvchi moment), agar u harakat yo’nalishiga teskari yo’nalgan bo’lsa manfiy
( tormozlovchi moment) hisoblanadi.
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |