O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


poezdlarning stansiyaga beto’siq qabul qilinishi, jo’natilishi va o’tishini, stansiya



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

poezdlarning stansiyaga beto’siq qabul qilinishi, jo’natilishi va o’tishini, stansiya 
hududidagi manyovr ishlarining xavfsizligi hamda xavfsizlik texnikasiga rioya 
qilinishini aniqlaydi. 
(236-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Texnikaviy-boshqaruv 
aktida 
belgilangan 
tartibga, 
DATK 
barcha 
bo’linmalarining xodimlari rioya etishga majbur. 
Har bir poezdni qabul qilish va jo’natish marshruti oldindan tayyorlangan bo’lishi 
shart va kirish (chiqish) svetofori, qabul qilinayotgan (jo’natilayotgan) poezd mashinisti 
signalning ochiq holatini o’z vaqtida ilg’ab, stansiyaga kirishda poezdning belgilangan 
tezligini pasayib ketishiga yoki stansiyadan jo’nashda poezdni kechikishiga yo’l 
qo’ymasligini hisobga olib, ochilishi lozim. 
Har bir poezdni qabul qilish va jo’natishdan oldin stansiya navbatchisi qabul qilish 
(jo’natish) yo’li va marshrutiga chiqish bilan bog’liq manyovrlarni, harakat tarkibini poezdni 
harakatlanish marshrutiga chiqib ketishini istisno qilib bo’lmaydigan yo’llarda strelkalarni 
muhofaza holatiga o’tkazish bilan manyovrlarni to’xtatishi shart. 
Stansiya navbatchisi manyovrlar xaqiqatda to’xtatilganiga ishonch hosil qilmasdan 
turib poezdni jo’natishga signalni ochishi yoki boshqa usulda ruxsat berishi taqiqlanadi. 


Manyovrlarni to’xtatish, stansiya navbatchisining farmoyishlar berish va ijro 
etilganiga ishonch hosil qilish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 
Poezdlarni jo’natishda stansiyalarning saralash-jo’natish parklarida manyovrlarni 
amalga oshirish tartibi DATK tashishlarni boshqarish boshqarmasi boshlig’i tomonidan 
belgilanadi va stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 
237.
Strelka va signallarni markazlashtirish bilan jihozlangan stansiyalarda poezdlarni 
qabul qilish va jo’natish marshrutlarini tayyorlash bo’yicha barcha operatsiyalar shaxsan 
stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan markazlashtirish posti operatori 
tomonidan bajariladi. Markazlashtirilgan strelkalar ijro postlaridan boshqarilganda poezdlarni 
qabul qilish yoki jo’natish marshrutlarini tayyorlash xususidagi barcha farmoyishlarni 
stansiya navbatchisi markazlashtirish ijro postlarining operatorlariga uzatadi va farmoyishni 
boshqaruv apparatidagi tegishli harakatlar bilan tasdiqlaydi. Berilgan farmoyishlarning to’g’ri 
bajarilganligi markaziy apparat boshqaruv asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha nazorat 
qilinadi. 
Strelka va signallarni markazlashtirish qurilmalaridan foydalanish, shuningdek, 
stansiya navbatchilari va markazlashtirish posti operatorlarining poezdlarni qabul qilish, 
jo’natish va o’tkazish marshrutlarini tayyorlashda amalga oshiradigan harakatlari SSB 
qurilmalaridan foydalanish tartibi xaqidagi Yo’riqnomada va stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv aktida belgilanadi. Markazlashtirilgan va shu bilan birga markazlashtirilmagan 
strelkalarga ega stansiyalarda xodimlarning harakat tartibi ham shu hujjatlarda belgilanadi. 
238.
Markazlashtirilmagan strelkali stansiyalarda poezdni qabul qilish yoki jo’natish 
marshrutini tayyorlash to’g’risidagi farmoyishni stansiya navbatchisi marshrutni tayyorlashda 
ishtirok etayotgan barcha strelkali postlarning katta navbatchilariga aniq va ravshan, 
so’zlashuvlarning belgilangan reglamentiga rioya qilgan holda bir paytning o’zida uzatishi 
lozim. Strelkali postlar katta navbatchilarining navbatchiligi tashkil etilmagan bo’lsa, 
marshrut tayyorlash to’g’risidagi farmoyishlar bevosita strelkali post navbatchilariga beriladi. 
Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlari tayyorlashda kirish (chiqish) 
bo’g’izida, qabul qilish yo’lining qarama-qarshi tomonida joylashgan strelkali postlar, 
shuningdek harakat tarkibi poezdni qabul qilish yoki jo’natish marshrutiga chiqib ketishi 
mumkin bo’lgan boshqa postlar ishtirok etishi lozim. 
239.
Strelkali postlarga yoki markazlashtirish ijro postlariga marshrutni tayyorlash 
xaqidagi farmoyishni stansiya navbatchisi tegishli signalni o’z vaqtida ochilishini 
ta'minlovchi barcha operatsiyalarni yakunlash vaqtini hisobga olib uzatishi kerak. 
240.
Marshrutni to’g’ri tayyorlanganligini stansiya navbatchisi boshqaruv apparatidagi 
asboblarning ko’rsatmalari bo’yicha tekshiradi. 
Bunday asboblar bo’lmagan stansiyalarda stansiya navbatchisi marshrutning to’g’ri 
tayyorlanganligini strelkali postlar katta navbatchilarining xabarlari bo’yicha tekshirishi shart. 
241.
Stansiyadagi ayrim strelkalar strelkali postdan ancha uzoq masofada joylashgan 
bo’lib, odatda ularni normal holatidan chiqarishmasa (asosiy yo’llar orasidagi tushish yo’llari, 
asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llariga tutashmalar va h.z.) bunda ularning holatini va 
sozligini har bir poezdni qabul qilish va jo’natishdan oldin emas, faqatgina navbatchilikka 
kirishish vaqtida davriy ravishda tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin. Bundan tashqari, 
ushbu strelkalarning holati va sozligi, ular marshrutni tayyorlashdan oldin manyovr 
harakatlari, ko’rik, ta'mir va hakazolar uchun o’tkazilgan bo’lsa, albatta tekshirilishi shart. 
Bunday strelkalar nazorat qulflari bilan jihozlangan bo’lishi, ularning kalitlari boshqaruv 
apparatida, kalitli bog’liqlik bo’lmaganda esa, stansiya navbatchisida saqlanishi shart. 


Bunday tartibni qo’llash ruxsat etilgan stansiyalarning strelkalar nomerlari qayd 
etilgan ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish