O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"To’g’ri" deb tasdiqlaydilar. Farmoyish to’g’ri tushunilganiga ishonch  hosil qilib, stansiya navbatchisi uni  "Bajarilsin"



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

"To’g’ri"
deb tasdiqlaydilar. Farmoyish to’g’ri tushunilganiga ishonch 
hosil qilib, stansiya navbatchisi uni 
"Bajarilsin"
so’zi bilan tasdiqlaydi; 
b) marshrutni tayyorlash xaqidagi farmoyishni qabul qilib, strelkali postlarning katta 
navbatchilari uni ijro etish uchun darhol o’z hududidagi strelkali postlar navbatchilariga 
uzatishlari va to’g’ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilishlari shart. 
Marshrutni tayyorlashda ishtirok etayotgan barcha xodimlar farmoyishni ijro etishga 
darhol kirishmoqlari lozim. 
Agar marshrutni tayyorlashda ishtirok etayotgan post hududida manyovr ishlari 
amalga oshirilayotgan bo’lsa, darhol to’xtatilishi, manyovr tarkibi qabul qilinayottan poezd 
harakatiga halal bermaydigan yo’lda joylashtirilishi, bu xaqda stansiya navbatchisi mazkur 
Yo’riqnomaning 236-bandiga muvofiq stansiya texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilgan 
tartibda ishonch hosil qilishi kerak. 


Manyovrlar stansiyaning qarama-qarshi chetida amalga oshirilayotgan bo’lsa, tegishli 
strelkali post navbatchisi strelkalarni manyovr tarkibi qabul qilish yo’liga chiqib keta 
olmaydigan qilib o’rnatishi va ularni yopishi lozim. 
Marshrutni tayyorlash mobaynida strelkali postlar navbatchilari stansiyada belgilangan 
tartibda qabul qilish yo’li bo’shligini tekshirishi, strelkalarni kerakli holatga o’tkazishi, 
marshrutga kiruvchi har bir strelkada ostryaklarning romli relslarga jips tutashganini 
tekshirishi hamda ularni zakladka va nazorat strelka qulfi bilan berki’tishi lozim. 
Hududlarda ishni strelkali post katta navbatchilari boshqarayotgan bo’lsa, ular o’z 
hududida strelkali post navbatchilari tomonidan marshrutni to’g’ri tayyorlanganini shaxsan 
tekshirishlari shart, yo’lning bo’shligi tekshirilganiga ishonch hosil qilib, yopilgan 
strelkalarning kalitlarini olib qo’yishlari lozim; 
v) marshrutni tayyorlash bilan bog’liq barcha operatsiyalar yakunlanib, ularning 
to’g’ri bajarilganiga to’liq ishonch hosil qilganidan so’ng marshrutni tayyorlashga topshiriq 
olgan har bir strelkali post katta navbatchisi (yoki strelkali post navbatchisi) marshrutni 
tayyorligi va yo’lning bo’shligini xabar qilish uchun stansiya navbatchisini chaqiradi. 
Marshrutni tayyorligi to’g’risidagi xabarni stansiya navbatchisi marshrutni tayyorlash 
topshirig’i berilgan barcha strelkali postlar navbatchilari telefonda hozirligida qabul qilishi 
shart. Ular marshrutning tayyorligi xususida navbatma-navbat xabar beradilar. 
Belgilangan marshrutda strelkalar holatini nazorat qilishga imkon beruvchi boshqaruv 
apparatlari mavjud stansiyalarda stansiya navbatchisi marshrutni tayyorlash xaqidagi topshiriq 
to’g’ri bajarilganligiga asboblarning ko’rsatmalari bo’yicha ham ishonch hosil qiladi; 
g) marshrutning to’g’ri tayyorlanganligi, yo’lning bo’shligi, marshrutga tutash yo’l va 
strelkalarda manyovrlar ushbu Yo’riqnomaning 236-bandiga muvofiq to’xtatilganiga ishonch 
hosil qilgandan so’ng, stansiya navbatchisi kirish svetoforini ochadi yoki signalni boshqarish 
amalga oshiriladigan strelkali post navbatchisiga uni ochish to’g’risida farmoyish beradi; 
d) strelkali post navbatchilari tayyorlangan marshrutni muhofaza qilishlari va yondosh 
yo’llarda o’tish mavjudligini diqqat bilan kuzatishlari shart, signallari o’rnatilgan poezdlarni 
strelkali postlar navbatchilari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilgan joylarda 
kutib olishlari lozim; 
e) poezdning harakati mobaynida strelkali post navbatchilari vagonlarning holatiga, 
ochiq harakat tarkibida yukning to’g’ri joylashganligiga, ko’zda tutilgan signallarning 
mavjudligiga va hakazolarga e'tibor qilishlari shart. Aniqlangan barcha me'yordan 
chetlashuvlar xususida darhol strelkali post katta navbatchisiga yoki stansiya navbatchisiga 
xabar qilishlari, harakat xavfsizligiga yoki odamlar hayotiga tahdid qiluvchi holatlarda esa, 
poezdni to’xtatish choralarini ko’rishlari shart. 
Tarkibiga qabul qilish yo’lini chegaralovchi strelka kirgan strelkali post navbatchisi 
ortidagi signallarning mavjudligi bo’yicha poezdning to’liq tarkibda yetib kelganligiga 
ishonch hosil qilishi, uni chegara ustunchalari oralig’ida joylashganligini tekshirishi va bu 
xususda stansiya navbatchisiga xabar berishi shart. 
Poezd kelganidan (o’tganidan) so’ng strelkali post navbatchilari, alohida farmoyishni 
kutmasdan strelkalarni normal holatga, yo’l band bo’lsa, bo’sh yo’l yo’nalishiga o’rnatishlari 
lozim. 
Strelkali postning bir navbatchisi ikkita postga xizmat ko’rsatadigan stansiyalarda 
poezdlarni qabul qilish marshrutini tayyorlash, shuningdek, kelayotgan poezdlarni kutib olish 
tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 
249.
Kirish svetofori ochilib ulgurgan bo’lsa, stansiya navbatchisi qabul qilish 
marshrutini o’zgartirish xaqida ko’rsatma berish xuquqiga ega emas. 
Poezdni boshqa bo’sh yo’lga qabul qilish uchun marshrutni o’zgartirish zarur bo’lgan 
favqulodda hollarda stansiya navbatchisi kirish svetoforini yopishi, mashinistni ogohlantirishi, 
belgilangan marshrutni bekor qilishi va shundan so’nggina marshrutni tayyorlashga yangi 
topshiriqni belgilangan tartibda berishi shart. 


250.
Stansiyaga ketma-ket bir nechta poezdni qabul qilish zarur bo’lsa, ulardan biri 
uchun marshrut tayyorligi xaqidagi xabarni olgan stansiya navbatchisi keyingi poezd uchun 
marshrutni tayyorlash to’g’risida strelkali postlar navbatchilariga ko’rsatma berishiga ruxsat 
etiladi. Bunday holatlarda birinchi poezd to’liq tarkibda yetib kelib, kirish svetofori 
yopilgandan so’ng, darhol ikkinchi poezdni qabul qilish marshruti tayyorlanadi. Birinchi 
poezd marshrutiga kirmaydigan strelkalar avvaldan o’rnatilib, yopilishi mumkin. 
Ikkinchi poezdning marshruti tayyor ekanligi to’g’risida xabar stansiya navbatchisiga 
birinchi poezdning kelganligi xaqidagi ma'lumot bilan bir paytda uzatiladi. 
251.
Poezdni qabul qilishdan avval yo’lning bo’shligini tekshirish tartibi stansiyaning 
texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. Bunda quyidagi tekshirish usullari qo’llanishi 
mumkin: 
qabul qilish-jo’natish yo’llari elektr izolyatsiya bilan jihozlangan stansiyalarda 
boshqaruv apparatlardagi nazorat asboblari bo’yicha; 
yo’lning ma'lum qismi bo’shligini texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilgan stansiya 
xodimining (bir yoki bir nechta, ularning ishlash hududlariga bog’liq) tekshirilayotgan hudud 
yaxshi ko’rinadigan joygacha borib kelish usuli bilan aniqlanadi; 
sutkaning qorong’i vaqtida va kunduzi ko’rinish yomon bo’lganda - strelkali post 
navbatchisi yoki shu maqsadda maxsus ajratilgan xodim qabul qilish yo’lini boshdan oyoq 
yurib o’tish usuli bilan; 
stansiyadan to’xtamasdan o’tadigan poezdlarning ortidagi signali bo’yicha (yo’lning 
butun qismi yaxshi ko’rinib turganda). 
Zarur holatlarda stansiya navbatchisining farmoyishi bilan bir yoki bir necha 
yo’llarning bo’shligi oldindan tekshirilishi mumkin. Bunda poezdni qabul qilish marshruti 
tayyorlangandan so’ng, olib qo’yiladigan, ko’chiriladigan qizil signallar bilan har bir 
tekshirilgan yo’lni ikkala tomonidan to’sish usuli qo’llanadi. 
Texnikaviy qurilmalar, ish sharoitlari va yo’llarning joylashuviga bog’liq ravishda 
tekshiruvning boshqa usullari ham qo’llanilishi mumkin, ammo bu holda belgilangan tartibga 
aniq rioya qilish bilan poezdni band yo’lga qabul qilinishi istisno qilinishi kerak. 
252.
Stansiyaga qabul qilish yo’lining foydali uzunligiga joylashmaydigan poezd 
kelayotgan bo’lsa, stansiya navbatchisi radio aloqa orqali ushbu poezd mashinistiga qabul 
qilish yo’lining chiqish (marshrut) svetoforidagi oydin-oq chiroq bo’yicha qizil chirog’i 
o’chgan holatda to’xtamasdan (komanda yoki to’xtash signalini olgunicha) o’tishga ruxsat 
berishi mumkin. 
Kelayotgan poezdning mashinisti bunday ruxsatni olmasa, chiqish (marshrut) 
svetoforining oydin-oq chirog’ida, ushbu svetofordan o’tmasdan to’xtashi lozim. 
Chiqish svetoforining ruxsat ko’rsatmasi bo’yicha jo’natish uchun ushbu poezdni 
zarur hollarda tisarish signal bo’yicha yoki stansiya navbatchisi tisarish marshrutini avvaldan 
tayyorlagandan so’ng, radio aloqa orqali mashinistga uzatadigan ko’rsatma bo’yicha amalga 
oshiriladi. 
253.
1 klassli xavfli yuk (VM)li va nogabarit yukli poezdlar stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv aktida ko’rsatilgan yo’llarga qabul qilinishi lozim. 
Nogabarit va 1 klassli xavfli yuk (VM)lar ortilgan poezdlarni qabul qilish va 
jo’natishda rioya etilishi lozim bo’lgan xavfsizlik choralari DATK ning maxsus 
yo’riqnomalari bilan belgilanadi. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish