O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

(241-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Bunday strelkalar holatini tekshirish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida 
ko’rsatiladi. 
242.
Poezdni qabul qilish yoki jo’natish uchun marshrut tayyorligi to’g’risida xabar 
berganlaridan so’ng, marshruti tayyorlangan poezd stansiyaga kelmasdan yoki jo’namasdan 
turib strelkali post navbatchilari, signalchilar va stansiya navbatchilarining boshqa xodimlarga 
navbatchilikni topshirishi taqiqlanadi. Poezd kelishi yoki jo’nashidan avval navbatchilar 
almashtirilgan taqdirda, yangitdan navbatchilikka kirishgan xodim marshrutni navbatchilikni 
topshirayotgan xodim o’rnatganiga qaramasdan, ushbu operatsiyaning to’g’ri bajarilganligiga 
shaxsan o’zi ishonch hosil qilishi shart. 
243.
Odatda yuk poezdlarini yo’lovchi poezd turgan yo’l bilan yo’lovchi binosi 
oralig’idagi yo’lda to’xtatish taqiqlanadi. Yuk poezdi yo’lovchi binosi va yo’lovchi poezdi 
oralig’idagi yo’lda to’xtatilgan favqulodda holatlarda yuk poezdi ajratilib, yo’lovchilar uchun 
o’tish joyi qilinishi kerak (o’tish ko’prigi yoki tonneli mavjud bo’lmasa). Bunda tuzuvchi 
brigadalari bo’lmagan stansiyalarda DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan 
ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan xodimlar ro’yxati ko’rsatilgan 
tartib belgilanadi. 
(243-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Yo’lovchi poezd turgan yo’l va yo’lovchi binosi oralig’idan poezdni, manyovr 
tarkibini yoki lokomotivni o’tkazish zarur bo’lsa, stansiya va vokzal navbatchilari 
yo’lovchilarning chiqish-tushish xavfsizligini ta'minlaydigan choralarni ko’rishi shart. 
Yo’lovchi binosi va yo’lovchi poezdi turgan yo’l oralig’idan poezdlar va manyovr 
tarkiblarini o’tkazish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilishi lozim. 
244.
Qabul qilish-jo’natish yo’llarining elektr izolyatsiyasi bo’lmagan oraliq 
stansiyalarning navbatchilari yo’lovchi, pochta-bagaj va odam tashuvchi poezdni qabul 
qilishdan oldin, uni qaysi yo’lga qabul qilinishini poezd dispetcheriga xabar qilishi shart. 
245.
Stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilmagan yo’lda poezdni 
qabul qilish yoki jo’natish poezd dispetcherining ruxsatiga binoan favqulodda hollarda ruxsat 
etiladi. Bunday yo’llarga yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk va odam tashuvchi 
poezdlarni qabul qilishga ruxsat berishdan oldin poezd dispetcheri o’z harakatlarini YaDM 
ning yo’nalish bo’yicha navbatchisi bilan muvofiqlashtirishi lozim. Bunday holatlarda 
stansiya navbatchisida marshrutdagi strelkalar holatini nazorat qilish imkonini beruvchi 
boshqaruv apparatlari mavjud bo’lmasa, yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk va odam 
tashuvchi poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlaridagi strelkalarning o’rnatilganligi 
stansiya boshlig’i yoki uning o’rinbosari, stansiya, post yoki park navbatchisi tomonidan 
tekshirilishi lozim. 
Texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanmagan yo’lga yo’lovchi poezdi qabul 
qilinganligi, shuningdek, yo’lovchi poezdning jadvalda ko’zda tutilmagan stansiyada 
to’xtatilganligi xaqida stansiya navbatchisi lokomotiv mashinistini radio aloqa orqali xabardor 
qilishi lozim. 
Bir mashinist tomonidan xizmat ko’rsatiladigan yo’lovchi poezdini qabul qilish, 
jo’natishdan oldin, stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan 
uchastkalarda esa – poezd dispetcheri, mashinistni marshrut tayyorligi va signallarning 
ochiqligi yoki poezdning majburiy ushlanib qolinishi zarurati to’g’risida xabarlashi kerak. 


Mahalliy sharoitlardan va poezdlar harakati hajmlaridan kelib chiqib, stansiya navbatchisi 
bunday xabarni mashinistga o’z vaqtida etkaza olmaydigan stansiyalar ro’yxati va bunda 
poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan 
belgilanadi. 
246.
Markazlashtirilgan strelkali stansiyalarda elektr tortishli poezdlarni qabul qilish 
yoki jo’natishning variantli marshrutlaridan foydalanish zarurati tug’ilsa, stansiya navbatchisi 
bunday poezdning harakatlanish marshrutida kontakt tarmog’ining mavjud ekanligiga ishonch 
hosil qilishi shart. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish