O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"Ishlarni bajarish uchun ___________ peregon (peregonning _____ yo’li)



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

 
"Ishlarni bajarish uchun ___________ peregon (peregonning _____ yo’li) 
yopilishi munosabati bilan ushbu peregonga _____ yo’l bo’ylab xo’jalik poezdlarini 
_________ stansiyadan №______ poezd ortidan jo’natishga ruxsat beraman. 
DNS_________(imzo)". 
Bunday holatda har bir xo’jalik poezdi diagonali bo’ylab qizil tasmali oq blankadagi 
ruxsatnoma bo’yicha jo’natiladi. Ishlar rahbarining talabnomasiga muvofiq ruxsatnomada har 
bir poezdning peregondagi dastlabki to’xtash joyi (kilometri) ko’rsatiladi. Shuningdek, 
dastlabki xo’jalik poezdining mashinistiga quyidagi shakldagi ogohlantirish taqdim etiladi: 
"Sizdan ilgari ____ soat _____ minutda №______ poezd jo’natilgan bo’lib, uning 
yetib kelganligi to’g’risida xabar olingani yo’q". 
Peregon bo’ylab xo’jalik poezdlarining harakatlanishida ushbu Yo’riqnomaning 219-
bandida belgilangan tartibga rioya etilishi shart. 


222.
Stansiyadan peregonda bir paytda ishlash uchun yagona poezd tarkibida 
jo’natilgan xo’jalik poezdlari, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi ishlar rahbarining 
ko’rsatmasiga muvofiq peregonda ajratilishi yoki birlashtirilishi mumkin. 
Bunday poezdlarda maxsus o’zi yurar harakat tarkibining mumkin bo’lgan tarkibi va 
joylashtirilish tartibi ishlar rahbari tomonidan yo’l ishlarini bajarishda poezdlar harakati 
xavfsizligini ta'minlash bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq belgilanadi. 
Stansiyadan bir necha xo’jalik poezdlari birlashtirilib, peregonda ishlash uchun 
jo’natilganda, rahbarning ko’rsatmasiga muvofiq har poezd mashinistiga diagonali bo’ylab 
qizil tasmali oq blankadagi alohida ruxsatnoma (DU-64 shaklidagi blank) har bir xo’jalik 
poezdiga alohida nomer berilishi bilan taqdim etilishi lozim. 
223.
Peregonda yoki stansiyalar hududida ishlar bajarilgan paytda xo’jalik poezdlari, 
maxsus o’zi yurar harakat tarkibi ishlar rahbari yoki uning vakolatini olgan xodim tomonidan 
kuzatib borilishi shart. 
DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining ko’rsatmasiga binoan zarur hollarda 
xo’jalik poezdlariga bosh konduktorlar tayinlanishi mumkin. 
(223-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
224.
Ishlar bajarilishi uchun poezdlar harakatida belgilangan tanaffusning tugash 
vaqtiga kelib ishlar to’liq yakunlanishi, inshoot va qurilmalar poezdlarning bexatar harakatini 
ta'minlaydigan holatga keltirilishi hamda zarur bo’lsa, tezlikni kamaytirish signallari va 
tegishli signal belgilari qoldirilib, o’zga to’xtash signallari olinishi lozim. 
225.
Peregondan 
xo’jalik poezdlari poezd dispetcheri bilan avvaldan 
muvofiqlashtirilgan ishlar rahbarining ko’rsatmasiga binoan jo’natiladi. 
Xo’jalik poezdlarining peregondan qaytishining rejalashtirilgan tartibini poezd 
dispetcheri peregonni chegaralovchi stansiyalar navbatchilariga ma'lum qiladi. 
Xo’jalik poezdlari, o’zi yurar harakat tarkibining ishi yakunlanganidan so’ng ishlar 
rahbari shaxsan yoki qo’l ostidagi xodimlardan biri orqali ish uchastkasining butun hududi 
bo’ylab yo’lni yoki ta'mirlanayotgan qurilmalarni ko’rikdan o’tkazishi, normal harakatga 
to’sqinlik qiluvchi aniqlangan kamchiliklarni darhol bartaraf etilishini ta'minlashi, 
shuningdek, yuklar belgilangan gabaritlar chegarasidan chiqmaganligini tekshirib ko’rishi 
shart. 
226.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’llik peregonlarda xo’jalik poezdlari 
ishlar yakunlanganidan so’ng stansiyaga to’g’ri yo’ldan jo’natilsa, ularning harakati 
mashinistlarda diagonali bo’ylab qizil tasmali oq blankdagi ruxsatnoma (DU-64 shaklidagi 
blank) mavjudligidan qat’iy nazar belgilangan tezlikda avtoblokirovka signallari bo’yicha 
amalga oshiriladi. 
Boshqa 
holatlarda 
peregondan 
ishlab 
qaytayotgan 
xo’jalik poezdlarining 
(birinchisidan mustasno) tezligi 20 km/soat dan oshmasligi, ular orasidagi masofa esa kamida 
1 km bo’lishi lozim. 
227.
Peregon (yo’l) poezd dispetcherining buyrug’iga ko’ra, ishlarni qaysi tashkilot 
bajarganidan qat’iy nazar, yo’l distansiyasi boshlig’i yoki uning vakolatini olgan (lavozimi 
yo’l ustasidan past bo’lmagan) xodimdan (yozma shaklda, telefon yoki radio aloqa orqali), 
yo’l yoki sun'iy inshootlarda ishlar yakunlanganligi, peregonda xo’jalik poezdlari, maxsus 
o’zi yurar harakat tarkibining yo’qligi (yoki ular ikki yo’llik peregonni to’g’ri yo’lidan 
jo’natilganligi), shuningdek, poezdlarning xavfsiz harakatiga boshqa to’siqlar yo’qligi 
to’g’risida xabarnoma olinganidan so’ng ochiladi. Xabarnoma poezd dispetcheriga bevosita 


yoki yaqin stansiyaning navbatchisi orqali yetkaziladi. Telefon yoki radio aloqa orqali olingan 
xabarnomani poezd dispetcheri dispetcherlik farmoyishlari jurnaliga yozib qo’yadi. 
Mavjud signalizatsiya va aloqa yoki elektr ta'minoti (agar ularning ishi buzilgan 
bo’lsa) qurilmalarining ishi SSB va aloqa katta elektrmexanigi yoki energodispetcherdan 
tegishli xabarnoma olinganidan so’ng tiklanadi. 
228.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’llik peregonlarda ta'mir va qurilish 
ishlari yakunlanganligi, poezdlar harakatiga to’siq yo’qligi, avtoblokirovkaning sozligi va ish 
joyidan barcha xo’jalik poezdlari (maxsus o’zi yurar harakat tarkibi) to’g’ri yo’ldan 
jo’natilganligi xaqida xabar olinganidan so’ng, barcha xo’jalik poezdlari (maxsus o’zi yurar 
harakat tarkibi) qo’shni stansiyaga yetib kelishini kutmasdan, poezd dispetcheriga peregonni 
avtoblokirovka bo’yicha poezdlar harakati uchun ochishga ruxsat etiladi. 
229
. Peregonda ishni yakunlab ketma-ket qaytayotgan xo’jalik poezdlari va o’zi yurar 
harakat tarkibini stansiyaning bitta yo’liga yoki harakat tarkibi egallagan boshqa yo’lning 
bo’sh uchastkasiga qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda peregondan qaytayotgan poezdlar 
stansiya yo’lining bo’sh uchastkasiga kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida ushbu 
Yo’riqnomaning 265-bandida belgilangan tartibda kiritiladi. 
Poezdni stansiyaga kiritishda mashinist o’ta ehtiyotkor bo’lishi va harakatga to’siq 
uchragan holda darhol to’xtashga tayyor bo’lishi lozim. 
230.
Ikki va ko’p yo’llik peregonlarda yo’llardan biri ta'mir ishlari uchun yopilganda 
qolgan bitta yo’l bo’ylab, o’tkazish qobiliyati samaraliroq foydalanish uchun zarur choralarni 
(birlashtirilgan poezdlarni o’tkazish, poezdlarni vaqtni taqsimlash usuli bilan harakatlanishi, 
vaqtinchalik avtoblokirovka qurilmalarini qo’llash, vaqtinchalik postlarni ochish va h.z.) 
amalga oshirishni hisobga olgan holda poezdlarning harakatlanish tartibi DATK boshqaruvi 
raisi tomonidan belgilanadi. 
231.
Xususiyatlariga ko’ra yo’lni yopilishini talab etmaydigan yo’l, inshoot va 
qurilmalarni ta'mirlash ishlari, odatda, poezdlar o’tadigan vaqt oraliqlarida bajariladi. Bunday 
ishlar paytida xavfsizlikni ta'minlash tartibi DATK ning yo’riqnomalarida belgilanadi. 
232.
Inshoot va qurilmalarni ta'mirlash ishlari olib borilmayotgan yoki ishlarning 
xususiyati peregon (yo’l)ni yopilishini talab etmaydigan peregonlar (peregonlarning 
yo’llari)ga xo’jalik poezdlari poezd dispetcherining og’zaki ko’rsatmasiga binoan jo’natiladi. 
Ushbu poezdlar peregonga tegishli signalizatsiya va aloqa vositalari uchun ko’zda 
tutilgan ruxsatnomalar bo’yicha jo’natiladi. 
Ishlar rahbari va mashinistga poezdning stansiyaga kelish (qaytish) vaqti to’g’risida 
ogohlantirish taqdim etiladi. Peregonni ogohlantirishda qayd etilgan vaqtdan ortiq muddatga 
band etish taqiqlanadi. 
Xo’jalik poezdi peregondan chiqishidan avval ishlar rahbari poezdlarning normal 
harakati uchun to’siq yo’qligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
233.
Ikki yoki ko’p yo’llik peregonlarning yo’llaridan birida, shuningdek, stansiyaning 
qabul qilish-jo’natish yoki asosiy yo’llarida maxsus o’zi yurar harakat tarkibi ishlaganda 
qo’shni yo’l, yo’l ishlarini bajarishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha 
Yo’riqnomada ko’rsatilgan holat va tartibda to’siladi. Ushbu yo’ldan harakatlanadigan 
poezdlarga ishlar rahbarining talabnomasiga muvofiq ogohlantirishlar taqdim etiladi. 
234.
Ikki yoki ko’p yo’llik uchastkalarda, shuningdek, stansiyaning qabul qilish-
jo’natish yoki asosiy yo’llarida vagon turidagi qor tozalagich yoki struglar, ballaster, 


puteukladchik, ko’tarma kran, shag’al tozalovchi va boshqa mashinalar ishlaganda qo’shni 
yo’ldan o’tadigan poezd mashinistlariga quyidagi mazmunda ogohlantirishlar taqdim etiladi: 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish