O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


Poezdlar harakat grafigida "okno"lar kunning qorong’i vaqtlariga to’g’ri kelgan



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

Poezdlar harakat grafigida "okno"lar kunning qorong’i vaqtlariga to’g’ri kelgan 
uchastkalarda, ishlar rahbari ish joyining yoritilishini ta'minlashi kerak. 
TFQ ning 138-bandiga muvofiq, ishlarni bajarish uchun bir yo’lli uchastkalarda 
peregonni va ikki yo’lli uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’llarni yopish, agar bu 
qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarining o’zgarishiga olib 
kelmasa, DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i bilan kelihilgan holda 
DATK YaDM ruxsati bilan amalga oshiriladi. Agar yo’llarni yopish qo’shni temir 
yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarini o’zgartirishga olib kelsa, bu qo’shni 
temir yo’l rahbariyati bilan kelihilgan holda DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan 
bajariladi. 
Poezdlarning kompaniya boshqa uchastkalari bo’ylab aylanma yo’llardan 
harakatlanishiga olib keladigan peregon va yo’llarni yopish DATK ruxsati bilan amalga 
oshiriladi. 
O’z xususiyatlari bo’yicha peregonni, peregonning asosiy yo’lini yoki stansiyani 
yopilishini talab qiladigan ta'mirlash va qurilish ishlarini bajarish uchun DATK YaDM 
boshlig’ining ruxsati olinishi kerak. Shunday ruxsatning mavjudligida peregonning (peregon 
yoki stansiya yo’lining) ishlar boshlangunga qadar va ular tamomlangandan so’ng berkitilishi 
va ochilishi poezd dispetcheri buyrug’i bilan amalga oshiriladi. 
215.
Ishlarni amalga oshirish ruxsatnomasida peregon yoki alohida yo’lning kelihilgan 
berkitilish vaqti, bu ishlarga umumiy rahbarlik qiluvchi shaxsning familiyasi ko’rsatilishi 
kerak. Ishlar rahbari familiyasi va lavozimini poezd dispetcheri peregonni chegaralovchi 
stansiyalar navbatchilariga etkazishi kerak. 
Peregon va stansiyada ishlarni amalga oshirish uchun DATK mintaqaviy temir yo’l 
uzeli boshlig’i ruxsatnomasida ko’rsatilgan ushbu ishlarga rahbarlik qiluvchi mavjud 
bo’lmaganda, "okno"larni taqdim qilish taqiqlanandi. 


(215-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
216.
Peregon yopilishidan avval ishlar rahbari peregonni chegaralovchi stansiyaning 
navbatchisi va poezd dispetcheriga yopilgan peregonga xo’jalik poezdlarini jo’natish ketma-
ketligini, har bir poezd uchun yopiq peregonda (yoki asosiy yo’lda) dastlabki to’xtash 
kilometri va ishlar yakunlangandan so’ng qaytishi lozim bo’lgan stansiyani ko’rsatib 
talabnoma taqdim etishi va dispetcherlik ko’rsatmalari jurnalida qayd kiritishi lozim. 
217.
Peregon (yo’l) yopilishi bilan bog’liq ishlarni boshlash fursati yetgach, poezd 
dispetcheri peregonni poezdlardan bo’shligini yoki ikki va ko’p yo’llik uchastkalarda tegishli 
yo’lni bo’shligini aniqlab, peregonni yoki asosiy yo’lni chegaralovchi stansiyalarning 
navbatchilariga va ishlar rahbariga yopish to’g’risida buyruq beradi. 
Ish bajarilayotgan joyda poezd dispetcheri bilan telefon yoki radio aloqasi mavjud 
bo’lmagan favqulodda holatlarda peregonni yoki yo’lni xaqiqatda yopilgani xususida buyruq 
ish joyiga eng yaqin bo’lgan stansiya navbatchisi tomonidan (telefon yoki ish joyidan 
yuboriladigan tashuvchi orqali) ishlar rahbariga yetkaziladi. 
Ishlar rahbari poezd dispetcherining (yozma, telefon yoki radio aloqa orqali uzatilgan) 
buyrug’ini olgunicha va ishlar bajariladigan joy belgilangan signallar bilan to’silmaguncha 
ishni boshlash taqiqlanadi. 
218.
Inshoot va qurilmalarni ta'mirlash uchun yopilgan peregon (yoki peregonning 
yo’li)ga xo’jalik poezdlari, shu jumladan o’zi yurar harakat tarkibining alohida birliklari 
(keyinchalik ushbu Yo’riqnomaning 8-bobida peregonga jo’natilganda - xo’jalik poezdlari 
deb yuritiladi)ni jo’natish diagonali bo’ylab qizil tasmali oq blankadagi ruxsatnoma (DU-64 
shaklidagi blank 114-betda keltirilgan) bo’yicha ushbu Yo’riqnomaning 259-bandi talablarini 
bajarish bilan jo’natiladi. Ishlar rahbarining talabnomasiga muvofiq ruxsatnomada har bir 
poezdning peregondagi dastlabki to’xtash joyi (kilometri) ko’rsatiladi. 
219.
Yopiq peregonda (yo’lda) bir paytning o’zida bir necha, shu jumladan turli 
tashkilotlarga tegishli, ammo ushbu Yo’riqnomaning 215-bandiga muvofiq DATK 
mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining ruxsatnomasida qayd etilgan bir xodimning 
rahbarligi ostida bo’lgan xo’jalik poezdlari ishlashi mumkin. 
(219-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Har bir xo’jalik poezdi lokomotivi mashinisti diagonali bo’ylab qizil tasmali oq 
blankdagi ruxsatnomada ko’rsatilgan joygacha borishi lozim. Dastlabki poezd belgilangan 
tezlik bilan yuradi, keyingilarining tezligi 20 km/soat dan oshmasligi lozim, bunda poezdlar 
orasidagi masofa 1 km dan kam bo’lmasligi kerak. Jo’nash stansiyasidan ishlar amalga 
oshirishi joyigacha bo’lgan masofa yo’ldosh xo’jalik poezdlari orasidagi 1 km lik intervalni 
ta'minlamasa, har bir xo’jalik poezdiga beriladigan oq rangdagi qizil tasmali ruxsatnomada 
ishlar rahbari talabnomasiga binoan, dastlabki to’xtash joylarining piketi va kilometrlari 
ko’rsatilishi kerak. 
Yopiq peregonga turli alohida punktlardan bir-biriga qarab xo’jalik poezdlari 
jo’natilganida, ikkala stansiya navbatchilari poezd dispetcheri ko’rsatmasiga binoan oq 
rangdagi qizil tasmali blankdagi ruxsatnomalarda jo’natilish sabablari yozuvidan keyin 
quyidagi shakldagi yozuvni kiritadilar: 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish