O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

 


KIRISH SVETOFORINING TAQIQ
KO’RSATMASIDA POEZDLARNI
STANSIYAGA QABUL QILISH 
264. TFQning 240-bandiga muvofiq, kirish svetoforining asosiy chiroqlari 
o’chgan vaqtda yoki taqiq ko’rsatkichida poezdni stansiyaga qabul qilish man etiladi. 
Kirish svetoforining asosiy chiroqlari o’chgan vaqtda yoki taqiqlovchi ko’rsatgichida 
poezdni stansiyaga qabul qilish poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha 
Yo’riqnomada ko’zda tutilgan tartibga ko’ra va alohida holatlardagina taklif signali, 
stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Taklif signali yoki stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan 
stansiyaga qabul qilinayotgan poezdning harakat tezligi 20 km/soat dan oshmasligi 
kerak, bunda mashinist poezdni e'tiborlik bilan haydashi va harakat qilishga to’siq 
paydo bo’lsa, darhol to’xtashga shay turishi kerak. 
Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni stansiyaga quyidagi 
holatlarda qabul qilishga ruxsat etiladi: 
a) nosozligi sababli kirish svetoforini ochishni iloji bo’lmasa; 
b) poezd stansiyaga texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilmagan yo’lga qabul 
qilinayotgan bo’lib, kirish svetoforini ochishni imkoni bo’lmasa; 
v) yo’lning ma'lum qismlariga suruvchi lokomotivlar, stansiya hududida joylashgan 
depoga ketayotgan lokomotivlar, depodan poezd tarkiblariga qarab ketayotgan lokomotivlar 
qabul qilinganida; 
g) stansiya yo’llarining bo’sh uchastkalariga (yo’lovchi poezdlar band etgan yo’llar 
bundan istisno) tiklash va o’t o’chirish poezdlari, yordamchi lokomotivlar, vagonsiz 
lokomotivlar, qor tozalagichlar, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi, shuningdek, xo’jalik 
poezdlari (peregon yopilib ishlar bajarilganda) qabul qilinganida. 
265.
Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdlar stansiyaga 
quyidagilarga asosan qabul qilinadi: 
a) mashinistga radio aloqa orqali uzatiladigan stansiya navbatchisining qayd etiluvchi 
buyrug’i bo’yicha; 
b) kirish svetofori yonida o’rnatilgan maxsus telefon orqali uzatiladigan stansiya 
navbatchisining qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha; 
v) taklif signali bo’yicha; 
g) stansiya navbatchisining yozma ruxsatnomasi bo’yicha; 
d) poezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha (markazlashtirilgan 
dispetcherlikda); 
e) kirish svetoforining machtasida o’rnatilgan maxsus manyovr svetoforining 
ko’rsatmasi bo’yicha. 
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida (yoki kirish svetofori bo’lmaganda) noto’g’ri 
yo’ldan harakatlanayotgan poezdlar ham stansiyaga xuddi shu tartibda qabul qilinadi. Kirish 
(marshrut) svetofori to’satdan taqiq ko’rsatmasiga o’tganida buni ilg’agan mashinist poezdni 
kirish svetoforidan o’tilgandan so’ng to’xtatganida ham mazkur ruxsatlar qo’llanadi. 
Yuqorida sanab o’tilgan ruxsatnomalardan istalgan biri faqat stansiya navbatchisi 
qabul qilish marshruti tayyorligiga ishonch hosil qilganidan so’nggina mashinistga uzatilishi 
mumkin. 
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni stansiyaga qabul qilish to’g’risida 
mashinistga uzatiladigan buyruqlar ushbu Yo’riqnomaning umumiy qoidalari 8-bandida 
belgilangan tartibda qayd etiladi. 
Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida va noto’g’ri yo’l bo’ylab 
poezdlarni stansiyaga qabul qilishda xodimlarning harakat tartibi stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 


266.
Kirish (marshrut) svetoforida (qabul qilish parki yoki yo’lining) marshrut 
ko’rsatkichini yoqishning imkoni bo’lmasa, poezd stansiyaga kirish (marshrut) svetoforining 
taqiq ko’rsatmasida, mashinistga nosoz marshrut ko’rsatkichidan o’tish uchun qo’shimcha 
ruxsatnoma bermasdan qabul qilinadi. Bunday holatlarla mashinist stansiyaga o’ta 
ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi lozim. 
O’zgaruvchan va doimiy tokdagi elektr tortishlar tutashgan, shuningdek, yo’l kengligi 
turlicha bo’lgan yo’llar birikkan stansiyalarda nosoz kirish (marshrut) svetoforidan o’tish 
tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadigan yo’riqnomalarda belgilanadi. 
267.
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni qabul qilish to’g’risidagi 
stansiya navbatchisining radio aloqa orqali qayd etiluvchi buyrug’i quyidagi shaklda uzatiladi: 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish