SHunday qilib, evolyutsiya vaqt kabi bir yo’nalishli vektor bilan tavsiflanadi: o’tmishdan- hozirgi zamon orqali- kelajakka.
Tarixiy nuqtai nazardan biotop va biotsenozlar tarkibi hamda ularning ichki va ular o’rtasidagi o’zaro munosabat va shart-sharoitlarning takrorlanishi mumkin emas. Shuning uchun evolyutsiyaning orkaga qaytmasligi qonunini ekotizimga ham qo’llaymiz.
Biotlar turidagi ekotizimlarda qaytmaslik o’zgarishlarining to’planishi, oxiri butunlay biosferani qaytmaydigan o’zgarishlarga olib keladi.
|
Ekotizim notekis rivojlanadi (hatto ular bir darajada bo’lsa ham), shuning uchun ular o’rtasida raqobatli munosabatlar vujudga keladi (bir-biri bilan fazoviy munosabatda bo’lgan holatda). Shunday qilib, tabiiy tanlanish alohida organizmlar turi o’rtasida emas, balki jamoa va ekotizimlar o’rtasida bo’lmoqda. Bunday shart-sharoitlarda mavjud turlar evolyutsiyasi hamda yangilarining paydo bo’lishi keskin tezlashadi. Shunga mos misollarga mezazoy va kaynazoy chegarasida qirilib ketgan reptilitlar o’rniga, ekologik makonni faol egallagan sut emizuvchilar turlarining paydo bo’lishini keltirish mumkin.
Yerni to’liq geologik tarixida, organizmlar, ekotizimlar hamda biosfera, murakkab tomondan miqdor va sifat o’zgarishiga, xilma-xillikning ko’payishiga uchradi. Agar fanerozoygacha bo’lgan vaqtda faqat dengiz ekotizimlari ma‘lum bo’lgan bo’lsa, endi yuqori paleozoyda to’la quruqlik ekotizimlari paydo bo’lgan.
Kelajakda shubhasiz, ekotizim evolyutsiyasinig o’ziga xos «geneologik daraxti»ni tuzish mumkin bo’ladi. Bu «daraxtning» ko’pgina shohlari «qurigan», ya‘ni mushkul ahvolda ekanligi bilan tavsiflanadi. Masalan, bo’r davrigacha dominanti bir ho’jayrali ohakli suv o’ti bo’lgan –kokkolitlar va juda kichik Protozoo turidagi hayvonlar bulgan.
Bir muncha barqaror evolyutsiya deb namli tropik o’rmonlar ekotizmlarini hisoblash mumkin, chunki u o’zgarsa ham hozirgi vaqtgacha barqaror mavjud (hamda ekvatorial va subekvatorial geografik kenglikdagi boshqa ekotizimlar).Bu tizimning qadimgi o’xshashlari, Yerda paleozoy erasi boshlangan paytdan mavjud. Hattoki, ularning muz davrida yo’qolib ketganligi to’g’risida bironta ham ma‘lumotlar yo’q. Aksincha, isish davrida ular erib, qutb kengligida ko’paygan. Antraktida va Shpitsbergenda toshko’mir kazilma konida issiksevar usimliklarning koldirgan izi bu to’g’ridagi ma‘lumotlarni tasdiqladi. Ekotizimning qadimiyligi haqida, ekvatorial yomg’irli va tropik nam bargi to’kiladigan o’rmonlar hamda fauna va ayniqsa, floralarning (50 ming turdan ortiq) xilma-xilligidan dalolat beradi.
Geologik era va davrlar almashinishi, ilgari ma‘lum bo’lmagan ekotizimlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Tayga va cho’l ekotizimlari faqat kaynazoyda (neogen davri) mavjud bo’lib, ular na mezozoy, na paleozoyda ma‘lum bo’lmagan. Chamasi, paleozoy erasining oxirida chuqur suv botig’ining ekotizimi paydo bo’ldi. Yer tarixida muz davri arktika va subarktikada biotoplarning tundra turining keng rivojlanishiga imkon yaratdi (tundraga xos serob gulli o’simliklar va sut emizuvchi faunalar faqat kaynazoy erasining oxirida paydo bo’ldi).
7.11 Ekogenez. Ekotizim evolyutsiyasi ekogenez deb ham ataladi (ekotizimning paydo bo’lishini shu atama bilan atalsa to’g’ri bo’lardi). Ekogenez ko’pgina ekologlar tomonidan biogeotsenoz va butun biosferaning orkaga qaytmaslik qonuniyatlari va jarayonlarini rivojlanishining majmuasi sifatida tushuniladi.
Ana shunday qonuniyatlardan biri, organizmlar va ularning hayot faoliyati mahsulotining har xil geologik, fizik-kimyoviy va boshqa jarayonlar ahamiyatining ko’payishi hamda muhitda ularning ta‘siri kuchayishi (suv, havo va yuqori tosh qisman litosfra) hisoblanadi.
|
Ushbu qonuniyat biotsenoz va ekotopda Quyosh energiyasining yig’ilishi, ekotizim va uning mahsuldorligi umumiy biomassasining ko’payishi, moddalar biotik aylanishini doira harakatining kengayishi va organizmlarning murakkablashishi bilan bog’liqdir. Kaynazoy oxirida, ekotizim va uning evolyutsiyasida, ekologik qoidalarga muvofiq, insonning tranfarmatsiyasi alohida ahamiyat kasb etadi, shunga muvofiq tashkil etishning yuqori darajasi evolyutsiyaning quyi darajasini determinatsiya qiladi. Biroq bu –evolyutsiyaning birdan-bir asosiy yo’li emas.
SHunga qaramasdan evolyutsiya – tur doirasida birmuncha mukammal tashkil etilgan shaklidan uz-uzini boshqarishning evolyutsion harakati va faqat ekotizimda populyatsion shakldan konsortsiongacha o’z-o’zini boshqarish- uning boshqa muhim xususiyati hisoblanadi.
|
SHunday qilib, ekotizim evolyutsiyasining tashkil topishi, birinchi galda o’z-o’zini boshqarish va o’z-o’zini tashkil etishning tobora murakkab shaklini paydo qiladi. Shulardan eng murakkabi- konsortsiya bo’lib, bu ham o’z navbatida evolyutsion nuqtaga yetgan; hozirgi paytda, hech bo’lmaganda uning uchta – individiual, populyatsion va sinuzial (VI –bobda batafsil berilgan k.k.) xili mavjud.
7.12 Evolyutsiyaning ekotizimdagi tarkibiy qismi. Hozirgi tushunchalarga ko’ra, ekotizim evolyutsiyasi butunlay o’zaro bog’langan o’zgarishlar majmuasiga olib boradi. Bu majmua: turlarning uzluksiz jarayonini bir yo’nalishli va o’zaro bog’langan o’zgarishi va ularning o’zaro aloqasini; ekotizimga yangi turlarni tadbiq etilishi va ilgari mavjud bo’lganlarining ba‘zilarini yo’q bo’lishi; biotsenozlarning substratlar bilan o’zaro munosabatlari tavsiflarining o’zgarishi va boshqa abiotik ekologik komponentalar; kadimgi ekologik makonlarning halokati va yangilarining paydo bo’lishini hamda ularning to’ldirilishini; yangi ekologik omillarning paydo bo’lishi yoki o’zgarishini;
ekotizimlarinng tashkiliy qiyinchiliklarini (xususan, o’z-o’zini boshqarish faoliyati) va boshq. o’z ichiga oladi.
7.13 Keskin davr. Paleontologik ma‘lumotlar ba‘zi o’simliklar va hayvonlar guruhining hashamatli rivojlanishi va gullashi, ularning zaiflanishi va hatto to’liq yo’qolib ketishi to’g’risida ma‘lumot beradi (xullas, era belgilari bo’yicha organik dunyoda katta o’zgarishlarga ajratgan edi).
Do'stlaringiz bilan baham: |