O’zbyekiston ryespublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Evolyutsiya – materiyaning fazo va vaqtdagi alohida harakat shaklidir



Download 1,81 Mb.
bet45/95
Sana12.07.2022
Hajmi1,81 Mb.
#779596
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Bog'liq
Ekologiya AM

Evolyutsiya – materiyaning fazo va vaqtdagi alohida harakat shaklidir.

Koinotning uz tuzilishi asosiga kura sodda, moddiy fazoda bir jinsli va izotropli xisoblanadi. Blez Paskal (1623-1662) dunyoning bu aylanasi bulib uning, markazi hamma joyda, aylanasini hech qaerda topa olmaysiz deb aytgan edi. Koinotning vaqtinchalik xususiyatlarini hisobga olib, mutlaqo statik emas, balki dinamik va rivojlanib boruvchi ekanligi ma‘lum bo’ldi.


Fazoning uch o’lchamligi va vaqtning bir o’lchamligi - haqiqiy dunyoning muhim xususiyatlaridan biridir. Fizik-nazariyotchi P.Erenfest XX asrning 20 - yillarida fazoning uch o’lchamligi - bu dunyoning mavjud bo’lishi uchun muhim ekanligini ta‘kidlagan edi. Agar fazoviy o’zgaruvchanlik uchta emas, to’rtta bo’lganda planeta orbitasi yopiq bo’lmas edi, Quyosh sistemasi xam bo’lmas edi. Xuddi shunday fizik nazariyotchilar va L.E.Gurevich, V.M.Mostepanenko bunday holatda atomlarda elektronlarning yopiq orbitasi, ya‘ni moddalarning atom tuzilishi mavjud bo’lmasligi to’g’risidagi xulosaga kelishgan.
Zamonaviy fanda vaqt, materiyada hodisa va holatlarni ketma-ket almashinish shakli sifatida qaraladi. Shunday qilib, agar materiya bo’lmasa, vaqt ham bo’lmaydi. Bu fikr Aristotelning fizika kitobida keltirilgan qarashlaridan unchalik uzoq emas; qadimiy filosof taxminan shunday mulohaza yuritgan: o’tgan o’tib ketdi, kelajak hali kelgani yo’q, hozirgi davomiylikka ega emas - hali vaqtdan orqada qolmoqda.
Zamonaviy fan ko’pgina narsalarni endigina yoritib berdi. Kvant nazariyasiga ko’ra, ham fazo, ham vaqt kvantlangan, ya‘ni uzluksiz – uzlukli. Hatto bironta oddiy zarrachani tarixini olsak, qaysi voqea ilgari, qaysisi keyin ekanliginining aniqligi yo’qoladi. Angliyalik fizik va astronom A.Edingtonning qat‘iyat bilan yozgan gepotezasini eslatib o’tamiz, vaqtning bir o’lchamligi bu atigi bizga dunyoning yaqin qismining xususiyatlaridir; vaqtning bizdan uzoq qismida bir o’lchamli emas, masalan ikki o’lchamli bo’lishi mumkin.
Hozirgi paytgacha juda oddiy savolga ishonchsiz javob berilmoqda: nima uchun vaqt o’tib bormoqda? Bu yerda qanday qilib yaqinda Sankt-Peterburgda topilgan I.Kantning «Fazo va vaqt faqat katta miqdorning bir qismi sifatida mavjud bo’lishi mumkin» deb yozgan so’zlarini eslash mumkin emas.
A.A.Fridmanning nazariyasiga asosan, Koinot dastlab bir nuqtaga siqilgan bo’lib, uning moddalar zichligi esa cheklanmagan katta, cheksiz miqdorga ega. Bu бошланђич ќолат космологик сингулярлик (хусусияти) деб ном олган. Бу vaqt bizdan taxminan 15-20 mlrd. yil orqada kolmokda. Kuyosh sistemasi va Yerning yoshi 4,5-5 mlrd. yilga teng. Kosmik hayot hali juda yosh hisoblanadi. Hozirgi tushunchalar bo’yicha singulyarlik nuqtasidagi xajm 10-35 metr atrofida o’lchamga ega; bu miqdor uchta fizik konstant kombinatsiyadan olingan- bo’shliqdagi yorug’lik tezligi, doimiy Plank va nyutonli gravitatsion doimiylikdan olingan.
Yuqoridagi fikrlarga bog’liq holda, dunyoning tuzilishida fizik vakuum va uning ahamiyati to’g’risida bir nechta fikrlar aytish mumkin. Fizik vakuum hozirgi fikrlar bo’yicha bo’shliq emas. Hatto unda na zarracha, na maydon bo’lmasada, unda doimo murakkab fizik aylanishlar mavjud, masalan, elektromagnit maydonning alohida turdagi vakuumli tebranishlar; vakuumdan qutilib chiqa olmaydi va yoyilib ham ketmaydi. Tortishish maydonining «vakuumli ildiz» gravitatsion maydoni (CHernin,1987)da vakuumli tebranish mavjud. Vakuumdagi tebranish maydonidan tashqari, bir juft zarrachalar va anti zarrachalar paydo bo’ladi va yo’q bo’ladi. Ular ham o’z-o’zidan vakuumdan qutilib chiqolmaydi va mustaqil mavjud bo’la olmaydi. Paydo bo’lgan zarrachalar vakuumdagi energiyadan foydalanadi va o’sha zahotiyoq qaytarishlari shart. Biroq yuqori energiyada zarrachalarni vakuumdan ozod etish mumkin. Vakuum fizikasining kvantli asosi ana shunday. Koinotning boshlang’ich holati, o’lchami va fe‘l atvori unga xos kvant qonuniyatlari, mikrodunyo ob‘ektini eslatadi. Agar shunday bo’lsa, u vakuumdan paydo bo’lmaydi. Ana shunday farazni P.I.Fomen (Rossiya), E Trayon (AKSH) va boshq. aytib o’tgan. Vakuumda energiyaning katta zahirasi to’plangan. Yadroviy enregiyadan million marta ortiq. Aynan vakuum kosmik vodorodning katta massasini hosil qiladi degan gepoteza mavjud.
Ekologiya va paleekologiya nuktai nazaridan hodislarning bir vaqtning o’zida sodir bo’lishi muammolari muhim ahamiyatga ega. Umuman aytganda, vaqtning nisbiy nazariyasi absolyut emas, balki nisbiyligi ma‘lum bo’ldi. Shuning uchun bir vaqtning o’zida sodir bo’lish degan tushuncha va uning absolyut ma‘nosi yo’qoladi (vaqt mavzusiga harakat tezligi va ortilish kuchi ta‘sir etadi). Klassik mexanikada yorug’lik tezligidan uzoqroq uzib ketuvchi bir vaqtning o’zida sodir bo’ladigan muammolar oson yechiladi. N.P.Gerasimov va K.K.Markov 1939 yilda qadimgi muzlik davrining metaxronniligi to’g’risidagi kontseptsiyasini ilgari surdi. Keyinroq K.K.Markov tabiatning umumiy ritmli va umumiy yo’nalish o’zgarishi bilan bir katorda, Yer sharining turli xududlarida, tabiiy mukim rivojlanishning mintaqaviy xususiyatlari muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. Bu mahalliy farqlanishni, u tabiat rivojlanishining metaxronligi yoki fazodagi vaqtning rivojlanishi deb atashni taklif etdi.
SHunga bog’liq holda, N.A.Xotinskiy (1981) «Paleogeografik muammo», «fazo-vaqt», agar har bir aniq holatda predmet, ham fazoviy, ham vaqt doirasida aniqlanmasa, munozara uzoq vaqt yechilmay qoladi. Aks holda, bahs cheksiz bo’lishi mumkin. Madomiki, har bir tomon tabiiy jarayonlar rivojlanishining senxronli yoki metaxronli misollarini ko’plab keltirish mumkin, ular haqiqatdan o’zining fazo vaqt miqyosida taqqoslab bo’lmaydigan miqdoriga ega. Bitta misolga to’xtalib o’tamiz. Yerning cho’llanish gepotezasi tarafdorlari oxirgi 10 ming yilda Saxarani, paleolitda yashil va gullab yashnagan, jo’shqin daryolari va xilma-xil faunali, ibtidoiy jamiyatda ovchi, rassomlarning bir nechta rasmlarida ifodalanganligini misol keltiradi. G’arbiy Sibirning yalanglanish tarixi masalalari bilan shug’ullanuvchi M.I.Neyshtadt (1976) ta‘kidlaydiki, botqoqlik bu yerda 10 ming yil oralig’ida katta o’rmon daraxtlarini yo’qotib, uzoq quruqlikdagi o’rmonlarga ham yetib boradi. Oxirgi 6 ming yilda botqoqlikning o’rtacha yillik tezligi 110 kv km ni tashkil etadi. Shunday qilib, bir vaqtning o’zida har xil fazo sharoitlarda ikkita tendentsiya cho’llanish va botqoqlanish mavjud (7.2-a rasm). Boshka tomoni 5 bobda aytib o’tilganidek, issiq va quruq subareal davrda torfning chegara qatlami har xil yoshda hosil bo’lgan deb aytib o’tilgan (7.2, b-rasm).
a – galotsenada chullanish va botkoklanish sinxronligi;
b – torf katlami chegarasining metaxronligi
7.5 Nurlanish va maydon. Har xil turdagi nurlanish va fizik maydonlar evolyutsion jarayonlarga ta‘sir etadigan muhim tashqi omillardan hisoblanadi. Ulardan ko’pchiligi elektromagnitli tabiatga ega. Barcha nurlanishlar ionlashtiruvchi va ionlashtirmaydiganlarga bo’linadi. Ionlashtiruvchi nurlanishlar rentgen, gamma- va kosmik nurlanishdan iborat. Bu ko’rinishdagi nurlar energiyaga ega bo’lib, u atomlarning ionlarga aylanishi elektronlarni bo’shashi uchun yetarli, bu esa organizm ho’jayralarida kuchli o’zgarishga olib keladi. Radioaktiv elementlar yadrosining parchalanishi -(, (- va ( nurlaridan tuzilgan ionlashtiruvchi nurlar hosil qiladi. Uzun to’lqinlar ta‘siri (yakin ultrabinafshadan radioto’lqingacha) ionlashtirmaydigan nurlanish deb ataladi. Ulardan ba‘zilari to’qimalarda issiqlikdan shikastlanishga olib kelishi (mikrotulqinlar), ho’jayralarni buzishi va rak kasalligini keltirib chiqarishi mumkin (ultrabinafsha nurlar).




Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish