SHunday qilib, ekotizimda evolyutsiyaning muhim xususiyati fitotsenozlar evolyutsiyasi hisoblanadi va ular keyinchalik zootsenozlar uchun zamin tayyorladi.
|
Biroq bu qonuniyat, chamasi turlar bo’yicha mutloq emas va geologik o’zoq vaqt oralig’ida qo’llanishi mumkin.
7.15 Yuqori gradientli davr. Paleekologiyada keskin davrlar bilan bir qatorda yuqori gradientli davrga ham ajratiladi.
Bu nuqtai nazardan Yu.Odumning quyidagi mulohazalari e‘tiborni qaratadi:… o’tgan gelogik davrlarda Shimoliy qutb muz bilan qoplanmagan paytda, shimoliy dengizlarning tabiiy faunalari turlar bilan hozirgiga nisbatan ancha boy bo’lgan, dengiz tubida molyuskalarning ikki hissa ko’p turlari yashagan. Birmuncha tik gradientda yashash joyining xilma-xilligi va makoni ko’pligi (1986, 2 t. 161 b.)bunga sabab bulgan.
Yer tarixida ana shunday yuqori gradientli davrlar yuqori kembriygacha (muzlik morenalarida qazib olingan tilitlar Shimoliy Amerika va Shimoliy yarim sharning boshqa joylarida qatlam qalinligi 100 metr va undan ham qalinroqda topilgan), yuqori karbon (janubiy yarim sharning muzlash, hattoki tilitlar Xindistonda ham ma‘lum) va to’rtlamchi davrlarda (shimoliy yarim sharning qalin muzlashi, Antraktidada muzliklar to’sig’ining uzayishi) bo’lgan. Aynan ana shu davrda yangi ekotizim jadallashdi va ilgari mavjud evolyutsiya tezlashdi hamda jadallashgan turlar hosil bo’ldi.
Tasodif emaski, aynan to’rtlamchi davrga gamenoidlarning tezlashgan evolyutsiyasi bog’liq, bu esa insonning paydo bo’lishiga olib keldi. O’tgan yuqori gradientli davrda u paydo bo’lolmadi, na kembriygacha, na paleozoyda sut emizuvchilar hali mavjud bo’lmagan edi.
7.16 Evolyutsiya to’lqinlari. Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar organizmlar evolyutsiyasining muhitda yo’naltirilgan- qaytmaslik va ekotizimda keskin va yuqori gradientli davrlar, davriy ravishda «qalqib chiqishini» kuzatilganligini tasdiqlaydi. B.B.Kodontsev va V.I.Ridnik «ko’pgina jonsiz va jonli tizimlarning o’tib borishi to’lqinli tavsifga ega. Ana shunday tavsif tartibsizlikdan tartibga o’tish; o’z-o’zini tashkil etishga ham ega buladi… Materiyaning barcha evolyutsiya jarayonlarini gaz tumanlaridan- galaktika va yulduzlargacha, ibtidoiy jamoa tuzumining yer okeanidan tirik organizmlargacha, bizning hozirgi jamiyatgacha u yoki boshqa to’lqin jaryonlari kuzatib boradi» (1981, 152 b).
To’lqin elementar zarrachalardan, makro- va mega dunyogacha. Ular yordamida foton va elektronlar harakatini, antitsiklonlar va tsiklonlarni almashtirish, har xil turdagi hayvonlar populyatsiyasi miqdorining o’zgarib turishi va ko’pgina boshqa fizik va biologik jarayonlarni tavsiflaydi.
Hayot va evolyutsiya to’lqinlarini, shuningdek organik dunyoni materiyada o’zi harakatlanadigan va o’zi tashkillashtiradigan umumiy to’lqinli shaklda paydo bo’ladi deb qarash maqsadga muvofiqdir.
Bu to’lqinlar, ehtimol «paketli», ya‘ni evolyutsiyaning umumiy yo’lini aniqlaydigan har xil jarayonlar to’lqin yig’indisi (superpozitsiya) hisoblanadi. Ushbu muammo hali o’zining kashfiyotchilarini kutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |