О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


§ 11.4. Jaҳon savdo tashkilotining jaҳon xо‘jaligidagi rivojlanish yо‘nalishlari va uni mamlakatlar iqtisodiyotidaga aҳamiyati



Download 2,2 Mb.
bet91/126
Sana14.02.2023
Hajmi2,2 Mb.
#910930
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
Bog'liq
Jahon iqt

§ 11.4. Jaҳon savdo tashkilotining jaҳon xо‘jaligidagi rivojlanish yо‘nalishlari va uni mamlakatlar iqtisodiyotidaga aҳamiyati
Jaҳon savdo tashkiloti (JST) 1995 yilning 1 yanvarida tashkil topdi. JST kо‘p tomonlama savdo tizimlarining xuquqiy va institutцional asosidir. U muҳim shartnoma majburiyatlarni ta’minlaydi. Bu shartnoma majburiyatlari ҳukumatlarga ichki qonunchilikni shakllantirish va amalga oshirishda, shuningdyek tashqi savdoni boshqarishni aniqlab byeradi. JST 1947 yilda tashkil topgan va 1948 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan Tariflar va savdo bо‘yicha bosh kyelishuv (GATT)ning davomchisi ҳisoblanadi. JST kyelishuvi xalqaro savdoning yangi qonuniyatlarini, Urugvaydagi kо‘p tomonlama muzoqaralar jarayonida erishilgan bitimlarni umumiy idoraga jamlashni qamrab oladi. Bu qoidalar GATT doirasida 125 ta mamlakat ishtirokida yetti yil davom etgan va 1993 yilning 15 dyekabrida Urugvayda tugagan kо‘p tomonlama muzoqaralar natijasidir. Vazirlar 1994 yil apryelda Marokashdagi majlisda yakunlovchi aktni imzoladilar. 15 apryeldagi “Marokko dyeklaraцiyasi” shuni tasdiqladiki, Urugvay raundi natijalari jaҳon iqtisodiyotini mustaҳkamlab, savdo va kapital qо‘yilmalarini, bandlikni libyerallashtirib, butun jaҳonda tushumlarni kо‘payishga olib kyeladi. GATT-JSTning qismi sifatida quyidagi asosiy qoidalarga ega:
1. Tariflar orqali milliy iqtisodiyotni ximoyalash. GATT erkin savdo bilan shug‘ullansa ҳam JSTga a’zo mamlakatlari о‘zlarining milliy sanoatini tashqi raqobatdan ximoya qilish xuquqiga egaligini tan oladi. Biroq , GATT mamlakatlardan tariflar orqali ximoya qilishni talab etadi. Bu tamoyilni amalda bajarilishini ta’minlash uchun GATT qonun-qoidalariga kо‘ra bir nyecha istisnolar bо‘yicha miqdoriy chyeklovlardan foydalanish man etildi.
2.“Tariflarni aloqalash”. Davlatlar kо‘p tomonli savdo kyelishuvlari orqali milliy sanoatni qо‘llab-quvvatlashni kamaytirishi, iloji bо‘lsa, tariflarni kamaytirib, boshqa savdo tо‘siqlarini olib tashlashi kyerak. Tariflar ma’lum darajada kamayib “aloqa”ga kirmoqda. Aloqaga kirishish shuni bildiradiki, aniq bir maҳsulotni munosabatga kirishishdagi tarif darajasi JST a’zosining majburiyatidir va asosiy savdo shyerigi bilan kompyensaцiya xaqidagi kyelishuvsiz tarifni oshira olmaydi.
3.“Eng qulay ryejim. ”GATT ning ushbu qonuni ajratmaslik prinцipi ҳisoblanadi. Qonunda ta’kidlanishicha, eksportyor va importyor davlatlarga о‘zgartirilgan tarif va boshqa mye’yorlar BSTning a’zosi bо‘lgan boshqa davlatlarga ҳam kamsitishlarsiz qо‘llanilishi kyerak. Xyech qanday davlat boshqasiga aloҳida savdo foydasi yoki kamsituvchi choralar qо‘ya olmaydi. Ҳamma bir xil darajada va ҳamma savdo tо‘siqlarini tushirish maqsadidagi barcha choralardan foyda oladi.
4. “Milliy ryejim”.Agar afzal kо‘rilgan davlatlarda kamsitish man qilingan bо‘lsa, “Milliy ryejim” qoidasida esa bozorga chiqarilgan tovarlar davlat ichida ishlab chiqarilgan ekvivalyent tovarlar bilan bir xil shart-sharoitda amalga oshirilishi kyerak.
Jaҳon Savdo Tashkilotiga a’zo bо‘lish jarayoni qiyin va uzoq vaqtni talab qiladi. Birinchi bosqichda JSTga qо‘shilishni xoҳlovchi davlatlarning ҳukumat boshliqlari JSTda kuzatuvchilik ҳuquqini byeruvchi ariza byeradi. Bunda ҳukumat JSTga yuboruvchi о‘z myemorandumida mamlakatning savdo va iqtisodiy siyosatini tо‘liq qamrab olgan aspyektlarni taqdim etadi. Bu myemorandum qо‘shilish tо‘g‘risidagi sо‘rovlarni tо‘liq о‘rganish uchun asos bо‘ladi. SHundan sо‘ng JSTga ariza byeruvchi davlatlar bо‘yicha ishchi guruҳ tuziladi.
Ishchi guruҳ yigilishlarida ariza byergan ҳukumat tovar va xizmatlar savdosiga nisbatan о‘z xuquq va majburiyatlarini aniqlab olishlari maqsadida qiziquvchi a’zo-mamlakatlar ҳukumatlari bilan ikki va kо‘p tomonlama muzokaralar olib boradi. Muzokaralar natijasida JSTga kirayotgan davlat tovarlar va xizmatlar savdosi bо‘yicha bajarishi lozim bо‘lgan va о‘zgartirilmaydigan aniq bir tariflar byeradi. Ariza byeruvchi davlatning savdo ryejimini о‘rganish va bozorga kirishga imkon byeruvchi muzoqaralar tuzish bilan ishchi guruҳ asosiy qо‘shilish shartlarini ishlab chiqadi va yig‘ilish natijasiga kо‘ra JSTga kirayotgan davlat tо‘g‘risida qaror tayyorlaydi va bu ҳujjatlar bosh kyengash yoki vazirlar konfyeryenцiyasida tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Qо‘shilish tо‘g‘risidagi qaror JST a’zolarining 2/3 qismi ovoz byergan taqdirda imzolangan ҳisoblanadi. JSTga a’zo bо‘lgan davlat Urugvay raundi qamrab olgan bitimlarni qabul qilishi va amalga oshirishi kyerak bо‘ladi.
Urugvay raundi yangi kо‘p tomonlama savdo tizimi tashkil topishida muҳim rolь о‘ynaydi. 1994 yilning 15 apryelida Marokashda (Marokko) 125 ta a’zo-mamlakatlarning vazirlari Urugvay raundi quyidagi tizimlardan tashkil topganligini tasdiqlovchi bitimni imzoladilar.
Jaҳon Savdo Tashkiloti tо‘g‘risida Marokash bitimi.

  • Tovarlar savdosi

  • Xizmatlar savdosi.

Tariflar va savdo (GATT-1994) bо‘yicha bosh bitim va u bilan bogliq bо‘lgan bitimlar quyidagilarni о‘z ichiga oladi:



О‘zaro yuk tashish inspyekцiyasi bо‘yicha bitim

PSI

Tyexnik bartyerlar va savdo bо‘yicha bitim

TBT

Sanitar va fito sanitar ҳolat bо‘yicha bitim

SPS

Invyestiцiya savdo aspyektlari ҳolati bо‘yicha bitim

TRIMS

Tо‘qimachilik va kiyim-kyechak bо‘yicha bitim

ATC

Qishloq xо‘jaligi bо‘yicha bitim




Qoidalarning kyelib chiqishi bо‘yicha bitim







  • Xizmatlar savdosi. Xizmatlar savdosi bо‘yicha bosh bitim (GATS)

  • Intyellyektual ryesurslar xuquqi (IPRS). Intyellyektual ryesurslar savdosi bо‘yicha bitim о‘z navbatida:

- CHyegaralangan ishtirokchilar soniga ega syektorial savdo bitimga.
- Fuqaro aviatyexnikasi bо‘yicha bitimga.
- Davlat xaridorlari tо‘g‘risidagi bitimlarga bо‘linadi.

2001 yilning noyabrida Doxa shaҳrida (Qatar) JSTning 4-vazirlar konfyeryenцiyasi bо‘ldi. Uning natijasida “Doxa taraqqiyot tartibi” savdo muzoqaralarining yangi raundi bosqichi tо‘g‘risida qaror qabul qilindi. Konfyeryenцiyada dunyo savdo tizimining libyeralizaцiyasi bо‘yicha qо‘yidagi asosiy mavzular- xizmatlar, sanoat mollari savdosi tariflari, intyellyektual mulk ҳuquqining savdo tomonlari, qishloq xо‘jaligida ichki qо‘llab-quvvatlash va eksportga subsidiyalar byerish, “Singapur muammolari”, savdo va invyestiцiya, raqobat borasida siyosat, davlat xaridlarida transparyentlik, savdo ҳamkorligi, savdo va atrof-muҳit muammolari kabi mavzular kо‘rib chiqildi. Bu muammolar bо‘yicha turli qarashlar konцyepцiyasi bilan bog‘liq bо‘lgan jaҳonning 148 mamlakatni savdo vazirliklari 2003 yilning 10-14 syentyabrida Myeksikaning Kankun shaҳrida bо‘lib о‘tgan JSTning 5-vazirlar konfyeryenцiyasi chog‘ida savdo tizimini erkinlashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan yagona fikrga kyela olmadilar.





Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish