3.5.1.-rasm. Mahalliy komponyentlarning tovar tarkibida bо‘lishligiga talablar D avlat xaridlari doirasida siyosat (state procurements) - bu yashirin protyekцionizm usuli bо‘lib, unga kо‘ra davlat organlari va korxonalardan faqat milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini (bu tovarlar import tovarlardan qimmat bо‘lsa ham) sotib olish talab qilinadi.
Mahalliy komponyentlarning tovar tarkibida bо‘lishligiga talablar (local content requirement) – bu davlat siyosatining yashirin usuli bо‘lib, unga kо‘ra ichki bozorda sotiladigan pirovard tovarda milliy ishlab chiqaruvchilarning ulushi qonuniy ravishda byelgilab qо‘yiladi.
Savdo siyosatining yashirin usullarining kо‘pchiligini miqdoran baholash juda qiyin, bu esa uni oqibatlarini iqtisodiy talqin qilish ham qiyinlashadi. Quyida mahalliy komponyentlarning tovar tarkibida bо‘lishligiga talablar misolida yashirin usullarning iqtisodiy effyektini kо‘rib chiqamiz (3.5.3-rasm).
Faraz qilaylik, mamlakatda tovar taklifi Sd, tovarga talab esa Dd ni tashkil qiladi. Erkin savdo sharoitida R1 narxda xorijdan tovar taklifi S1 ni tashkil qiladi. Ushbu mamlakatda ishlab chiqarish tannarxi xorijga nisbatan yuqori bо‘lganligi sababli mahalliy tovarlar taklif qilinadigan narx ham yuqoridir. Agar mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijdan taklif qilinayotgan tovarlar miqdorini har bir narx uchun qо‘shib chiqsak, ushbu mamlakat bozorida ana shu tovarning jami taklif tо‘g‘ri chizig‘iga - S2 ega bо‘lamiz. Ichki talab jami talab bilan A nuqtada muvozanatga kyeladi. Bu muvozanat nuqtada R1 narxda Q6 ta tovar sotiladi, bu tovarlarning Q1 tasi ichki ishlab chiqaruvchilar, Q5 tasi xorijliklar tomonidan sotiladi (1-a-rasm).
Hukumat mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga qaror qiladi va mahalliy komponyentlarning tovar tarkibida bо‘lishligini talablarni joriy qiladi. CHyeklovlarga rо‘para kyelmaslik uchun xorijiy kompaniyalar о‘z ishlab chiqarishini ushbu mamlakat hududiga kо‘chirib о‘tkazadi, bu esa ularning xarajatlarini oshishiga olib kyeladi. Xarajatlar oshishi natijasida tovar qimmatlashadi xorijdan taklif chizig‘i S1 dan S3 ga kо‘chib о‘tadi. Buning natijasida jami taklif chizig‘i ham S2 dan S4 ga kо‘chib о‘tadi va V nuqtada muvozanatga kyeladi. Natijada tovar narxi R2 gacha oshadi va sotish hajmi Q4 gacha kamayadi. Sotilgan tovarlarni Q2 tasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, Q3 tasi esa mamlakatga kо‘chib о‘tgan xorijliklar tomonidan ishlab chiqariladi.
Xorijiyga nisbatan qimmatroq mahalliy komponyentlarni sotib olish talabiga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari oshib kyetdi va narx P1 esa dan P2 ga kо‘tarildi, istye’molchilarning zarari esa a+b+c+d+e ga tyeng bо‘ldi. Bu yerda a syegmyent chyegaraviy effyekt (mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qayta taqsimlanadigan summa), b syegmyent — himoyalash effyekti (mahalliy ishlab chiqarishning xorijiy ishlab chiqarishga nisbatan nosamaraviyroqligi sababli yо‘qotishlar) d syegmyent — istye’mol effyekti (narx oshishi natijasida istye’mol miqdoridagi yо‘qotishlar). Ikki syegmyentning yig‘indisi s+ye daromad effyekti (xorijiy ishlab chiqaruvchilarning narx kо‘tarilishi natijasida olgan qо‘shimcha daromadii)ni ifodalaydi, bu yerda s syegmyent ushbu mamlakatda joylashgan xorijiy ishlab chiqaruvchilaga tyegadi, ye syegmyent esa ishlab chiqarish xarajatlarining ortishini ifodalaydi. Mamlakatning jami iqtisodiy zarari b+e+d ni tashkil qiladi.