§ 4.5. Ishchi kuchining xalqaro migraцiyasining eksportyor-importyor mamlakatlarga iqtisodiy ta’siri
Xalqaro xuquqiy xujjatlarda ishsizlikni kamaytirish, emigrant-ishchilardan valyuta mablag‘larini kirib kyelishi, qabul qiluvchi mamlakatda ularga yetarli darajadagi turmush sharoitini ta’minlashga kо‘mak byerish uchun emigraцion siyosat olib borilishi qayd etiladi. Migrantlarning asosiy qismini 30-40 yoshdagilar tashkil etadi, ularning xorijga chiqishi ichki myehnat bozoridagi raqobatni yumshatish imkoniyatini byeradi. Binobarin, milliy iqtisodiyotning byeqarorligi sharoitida ijtimoiy kyeskinlik yumshatiladi.
Emigrantlarning о‘tkazmalaridan kyelib tushadigan valyuta mablag‘lari jahondagi asosiy ishchi kuchi eksportyorlari (Osiyo, Afrika va Lotin Amyerikasining bir qator mamlakatlari, shuningdyek, ba’zi sobiq soцialistik davlatlar) uchun milliardlab dollar bilan о‘lchanadi. Bunday mamlakatlar о‘nta atrofida. О‘ttizdan kо‘proq mamlakat yiliga 100 va undan kо‘proq million dollar miqdorida emigrantlarning pul о‘tkazmalarini oladi. Bunda kanal orqali valyuta daromadlari olishda ishlab chiqarish xarajatlari bilan kuzatilmaydi, zyero bunday xarajatlar tovar savdosiga xosdir. Natijada ishchi kuchi eksportidan iqtisodiy samara tovarlar yoki xizmatlar savdosidagidan taxminan byesh marta yuqori bо‘ladi. Mutaxassislar migrantlarning chyet elga chiqishidan kyeladigan valyuta daromadlarining byeshta manbasini kо‘rsatib о‘tishadi: vositachi-firmalar foydasidan soliqlar, migrantlarning о‘z yurtiga pul о‘tkazmalaridan soliqlar, migrantlarning shaxsiy invyestiцiyalashlari, ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlardan eksportyor mamlakatlarga davlarlararo kanallar orqali kyelib tushadigan kapitallar, xayriya fondlari va xalqaro tashkilotlarning subsidiyalari.
Bundan tashqari migrantlar chyet elda ishlab kaytgandan sо‘ng, odatda ikki-yetti yil davomida valyuta о‘tkazmalariga ekvivalyent miqdorda qimmatli buyumlar va jamg‘armalar olib kyelishadi. Ishchi kuchi eksportining о‘ziga xos ijobiy tomonlariga uzoq vaqt davom etgan xorijiy faoliyatdan sо‘ng bu ishchilarning umumiy kasb mahorati darajasi ortadi va ular о‘z vatanlarida iqtisodiy hayotning yangi sohalarida ishlashga tayyor bо‘lishini kiritish mumkin.
Ishchi kuchining chyet elga yuborilishining salbiy jihatlari ichida eng asosiysi myehnatga layoqatli va yuqori malakali mutaxassislarning yо‘qotilishi hisoblanadi.
Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlar odatda, migrantlar soni va sifatiy tarkibini tartibga solib boruvchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlardir. Tartibga solish dastaklari sifatida immigraцion kvotalar va turli chyeklashlardan (migrantning yoshi, ma’lumotlilik saviyasi, kasb maxorati darajasi, sog‘ligi kabilar) foydalaniladi. SHuning uchun xam xorijdan ishchi kuchini jalb etishga tanlov tamoyilidan foydalanish tо‘g‘risida gapirish mumkin.
Ichki myehnat bozorida qо‘shimcha ishchi kuchini paydo bо‘lishining shubhasiz ijobiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
• immigrantlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning xarajatlarni kamayishi (xorijliklar importyor-mamlakat fuqarolariga nisbatan faolrok va kamrok ish xaqiga ishlashga tayyor bо‘lishadi) hisobiga raqobatbardoshligi oshadi;
• migrant-ishchilar tomonidan tovar va xizmatlarga ichki talabni rag‘batlantirilishi;
• malakali mutaxasssislar tayyorlash, ijtimoiy dasturlar, shuningdyek, boshqa davlatlardan patyentlar, liцyenziyalar va nou-xaular sotib olishga zarur mablag‘larni tyejalishi;
• ishchi kuchi taklifi sohasida raqobatni kuchaytirish orqali ichki myehnat bozoriga qо‘shimcha egiluvchanlikni byerish.
Biroq ishchi kuchini eksport qilishdagi singari uning importida xam salbiy jihatlar mavjud. Xususan, ryezidyentlar va migrantlar о‘rtasidagi ish joyi uchun qо‘shimcha raqobat ishsizlikni kuchayishiga olib kyeladi. Immigrantlar oqimini kyengayishi bilan bog‘liq ravishda mamlakatdan valyuta mablag‘larini xorijga chiqib kyetishi ortib boradi. Bundan tashqari xorijiy ishchi kuchi, ayniqsa, afrikalik va osiyoliklar G‘arbiy YEvropa va SHimoliy Amyerikada milliy, irqiy va diniy nyegizdagi tо‘qnashuvlarni kyeltirib chiqaradi, iqtisodiyot kriminallashadi.
SHunday qilib migraцiya jarayonlarining jahon mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri yetarli darajada ziddiyatlidir, uning salbiy va ijobiy tomonlarini nisbiy baholash mazkur mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning XIM tizimidagi holatiga byevosita bog‘liq bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |