TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA TA‘LIM YO‘NALISHI 2-BOSQICH 120-GURUH TALABALARI YO’LDOSHEVA MAHFUZA VA XUDOYSHUKUROVA ZUHROLARNING SHIMOLIY YARIM SHARDAGI MAMLAKATLAR AHOLISI MILLIY, IRQIY VA DINIY TARKIBINING GEOGRAFIK VA DEMOGRAFIK JIHATLARINI BAHOLASH MAVZUSI YUZASIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Mavzu: Shimoliy yarim shardagi mamlakatlar aholisi milliy, irqiy va diniy tarkibining geografik va demografik jihatlarini baholash
1-topshiriq. Turli adabiyotlardan foydalanib mavzu bo’yicha ma’lumotlar to’plang.
2-topshiriq. Shimoliy yarim shardagi mamlakatlar aholisi milliy, irqiy va diniy tarkibi jadval asosida aniqlang va demografik jixatlarini baholash
Inson irqi - bu avloddan avlodga o'tuvchi o'xshash tashqi (teri, gavda) belgilarga ega bo'lgan, tarixan shakllangan kishilar guruhidir. Shunday belgilar qatoriga teri, soch va ko'z rangi, burun va lab shakli, bo'y va gavdaning taqsimlanishiga xos xususiyatlar va boshqalar kiradi. Irqiy xususiyatlar qadimda, avvalambor, odamlarni ana shu davrdagi oykumenada joylanishi va har xil tabiiy sharoitlarga moslashishi jarayonida vujudga kelgan. Hozirgi vaqtda dunyo aholisini 3 ta asosiy (yirik): yevropeoid (oq), mongoloid (sariq) va negroid (qora) irqlariga ajratish qabul qilingan. Shulardan birinchisi -Yevropa, Janubi-g'arbiy va Janubiy Osiyo, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika hamda Janubiy Amerikaning katta qismida, Avstraliyada keng tarqalgan, ikkinchisi — Sharqiy, Janubi-sharqiy O'rta Osivoda, Kanada shimolida, Markaziy va Janubiy Amerikada, uchinchisi — tropik Afrikada, Janubiy Osiyo, Amerika va Okeaniyada tarqalgan. Ayrim hollarda to'rtinchi — avstraloid irqini ham ajratishadi.
Dunyo aholisi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning har xil bosqichlarda turuvchi xalqlar - etnoslardan iboratdir. Etnosning eng yuqori darajasi millat - hududi, iqtisodiyoti va madaniyati, tilining barqaror tarzda umumiyligi bo`yicha ajralib turuvchi insonlar yig`indisidan iboratdir. Etnosning eng yuqori darajasi millat – hududi, iqtisodiyoti va madaniyati, tilining barqaror tarzda umumiyligi bo`yicha ajralib turuvchi insonlar yig`indisidan iborat. Ularda millatga xos. Umumiy jihatlar, milliy o`zlikni anglash hissiyoti mavjud bo`ladi.
Osiyo mamlakatlarining aksariyati ko`p millatli. 150 dan ortiq xalq Hindiston va Indoneziyada, deyarli 100 xil millat Filippinda, 50 dan ortig`i Vyetnam va Xitoyda, 30 dan ortiq xalq Eron, Afg`oniston, Myanma, Tailandda istiqomat qiladi. Aholining etnik rang-barangligi ba`zi bir xalqlar tarqalgan hududlarning davlat chegaralari bilan bo`linishi tufayli yana ham kuchayadi. Masalan, kurdlar – Turkiya, Eron, Iroq va qisman Suriya, belujlar – Eron, Afg`oniston va Pokiston, panjobliklar – Pokiston va Hindiston, bengallar – Bangladesh va Hindiston, pushtunlar Afg`oniston va Pokiston davlatlari chegaradosh bo`lgan hududlarda zich holda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |