O‘zbyek musiqasi tarixi (I kurs ijrochilik bo‘lim talabalari uchun) Ma’ruzalar matni Toshkent–2008 Taqrizchi: s f. n., professor R. Yu. Yunusov



Download 0,51 Mb.
bet10/22
Sana22.06.2021
Hajmi0,51 Mb.
#73469
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Ўзбек мусиқаси тарихи. маъруза матн

Abu Abdulloh Al-Xorazmiy (X asr)
Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiri, qomuschi olimi Abu Abdulloh ibn Yusuf al-Kotib al-Xorazmiy musiqa ilmi sohasila ham noyob meros qoldirdi. Uning qomusiy «Mafatix al-ulum» («Ilmlar kaliti») asaridagi «Fil musiqa» («Musiqa haqida») bo‘limi o‘z davrida musiqa ilmiga doir qisqacha, ammo qimmatli ma’lumotlar beradi. «Fil musiqa» uch fasldan iborat: 1) mashhur cholg‘ular; 2) jins va jam’lar ta’rifi, ularning ta’rifi; 3) i’qo masalalariga bag‘ishlanadi.

«Mafatix al-ulum» qomusi Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari cholg‘ushunosligiga oid muhim manba hisoblanadi. Bunda qadimgi Yunon va Sharq xalqlari musiqa amaliyotida qo‘llanilgan arg‘anun, lira, kifara, tanbur, rubob va boshqa sozlarning tavsifi, sozlanish uslubi va tarkibi keltirilgan. Xorazmiy jins, jam’, va bo‘‘d ta’rifida, iqo’ tasnifida Yunon ilmiy an’analariga tayanib Forobiyning ratsionalistik ilmiy an’analarini rivojlantiradi.

Umuman Sharq olimlari, dastlab musiqani ham falsafa ilmlaridan biri deb hisoblaganlar, binobarin o‘zlarining qomus tarzida yozilgan kitoblariga kiritganlar. Bunda ular, shubhasiz musiqaning badiiy-estetik kuchi va ijtimoiy-tarbiyaviy rolini hisobga olganlar.

Musiqa ilmiga bunda matematika fanlarining biri sifatida qaralgan edi. Bunga sabab, musiqani tashkil etgan tovushlar bir-biriga nisbatan ma’lum nisbatda bo‘lib, matematikadagi ba’zi konun-qoidalar vositasi bilan tushuntirilar edi. Dastlab, intervallarni tashkil etadigan tovushlar baland-pastligi darajasi torning uzun-qisqaligi bilan o‘lchangan. Bunda tor qismlari geometriya yo‘li bilan aniqlanib, uning ma’lum bo‘laklaridan turli intervallar chiqarib olinadi. Masalan, ikkini birga nisbati (ya’ni, ochiq torning yarmidan hosil etiladigan tovush uning o‘ziga nisbatan) oktava darajasidagi intervalni tashkil etadi va matematikada 2:1 tarzida ifoda etiladi. Xuddi shu ma’noda torning 9 bo‘lagining 8 bo‘lagiga nisbati – katta sekundani, uning 4:3 nisbati –kvartani, 3:2 nisbati – kvintani, 8:3 nisbati - undetsimani, 3:1 nisbati – duodetsimani, 4:1 – kvintdetsimani tashkil etadi. Intervallarning turlari juda ko‘p bo‘lib, ular tashkil etgan tovushlar nisbati matematika qoidalari asosida tushuntirilar edi. Hatto jins, jam’ va maqomlarni tashkil etgan ayrim tovush(pog‘ona)larning o‘zaro nisbatlari raqamlar vositasi bilan tushuntirilgan. Shu bois arifmetika, geometriya, astronomiya qatori musika ilmi ham matematika fanlaridan biri hisoblangan.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish