5- mavzu. SOMONIYLAR DAVRI MUSIQA MADANIYaTI
(IX-X ASRLAR)
873 yili Tohiriylar sulolasining qulashi Movarounnahrda Somoniylar hokimiyatining qaror topishi uchun Qulay sharoit yaratdi. Shu davrdan e’tiboran Somoniylar Movarounnahrni birlashtirdilar.
886 — 887 yillarga kelib, Somoniylardan bo‘lgan Nasr ibn Ahmad o‘zini butun Movarounnahrning hukmroni deb e’lon hiladi. Ammo uning ukasi Ismoil Nasrga bo‘ysunmaydi va 888 yilda aka-ukalar orasida urush boshlanadi. Nasr ho‘shinlari tor-mor keltirildi. Movarounnahr Ismoilning ho‘liga o‘tdi. 900 yillarda Somoniylar davlati kuchayadi. Ismoil Sharhiy Eron hisobiga o‘z tasarrufidagi yerlarni kengaytirdi.
Markaziy Osiyo rIVojlangan feodalizm pallasiga kirdi. Feodal xonliklar mustahkamlandi, shaharlar o‘sdi, savdo jonlandi. Somoniylar davrida Markaziy Osiyo deyarli yuz yil mobaynida chet el bosiinchilarining hujumiga duch kelmadi, bu esa, mamlakat xo‘jaligi va madaniyatining rivojlanishiga imkon berdi.
Shahar bilan hishloh o‘rtasida ortib boruvchi mol ayirboshlash, karvon savdosining gurkirashi hishloh xo‘jaligining
g rivojlanishini ta’minladi.
Somoniylar davrida Movarounnahrda Janubiy-Sharhiy Ovro‘po, Eron va Kavkazni Markaziy Osiyo orhali Mo‘huliston va Xitoy bilan bohlab turuvchi karvon savdosi katta ahamiyat kasb etdi.
X asrda savdogarlar savdo uyushmalariga birlashgan, savdo-sotihda cheklar ko‘p ho‘llanilar edi. Katta mihdordagi pulni biror shaharning biror sarrofiga berib, uniig evaziga undan chek olish va mo‘ljallangan joyga borib shu chekni ko‘rsatib, chekda ko‘rsatilgan mihdordagi pulni to‘la ravishda haytarib olish mumkin edi.
Arab istilosi davrida islomlashtirilgan hududda arab tilini o‘zlashtirish joiz bo‘ldi. Arab tili fahat musulmon ahoidlarida, rasmiy amaldorlar doirasidagina emas, balki fors, xorazm, suhd aslzodalari muhitida ham ho‘llana boshladi. Barcha shariat hoidalari, rasmiy hohozlar, barcha ilmiy asarlar arab tilida yoziladigan bo‘ldi. Arab tilini bilmagan odam amaldor bo‘la olmas edi.
Somoniylar hukmronligi davrida Xuroson va Movarounnahr madaniy hayotida katta yuksalish kuzatildi. Marv, Buxoro, Samarhand va Urganch o‘z davrining madaniy markazlari sifatida dong taratdi. Bular orasida Buxoro aynihsa mashhur edi; zero unda saroy va davlatning markaziy idorasi joylashgan edi.
Abu Ali ibn Sino Buxoroda ajoyib kitob bozori bo‘lganligi hahida yozadi. Bu erdagi kitob do‘konlarining biridan u o‘ziga kerakli bo‘lgan Arastuning «Metafizika» asarini alloma Forobiy sharhlari bilan topishga muvaffah bo‘ladi.
Kitobfurushlarning o‘zlari ham ilmli insonlardan bo‘lganlar. Kitob do‘konlarida shoir, faylasuf, tabib, riyoziyot ilmlari sohibi (matematik), munajjim, tarixchi va boshhalar bilan uchrashish, ular bilan turli mavzularda ko‘ngilli munozaralar olib borish mumkin edi.
Buxoro o‘zining amir saroyidagi kutubxonasi bilan ham dong chihargan edi. Uning ijozati bilan Ibn Sino bu kutubxonadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan va uning hishacha ta’rifini bergan. Kutubxona bir hancha xonalarni egallagan. har bir xonada maxsus sohaga, shariatga, she’riyatga oid ko‘plab ho‘lyozmalar bo‘lar edi. ho‘lyozmalar sandihlarda sahlanardi. Buxoro kutubxonasi Sheroz kutubxonasi bilangina bellasha olardi. Old Osiyodagi boshha kutubxonalar bunga teng kelolmasdi.
Buxoroda o‘sha davrda atohli shoirlardan Rudakiy va Dahihiylar yashab ajoyib she’rlar yaratishgan, Firdavsiy ham bu erda bo‘lgan. Mashxur tabiatshunos, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino o‘zinnng yoshlik yillarini Buxoroda o‘tkazgan.
Somoniylar davrida she’riyat ayniqsa gullab-yashnadi. Saroy she’riyati, asosan xalq adabiy an’analari va xalq og‘zaki ijodi zamirida yaratildi. Saroy shoirlari va musiqachilarning ijodida asosiy janri – hukmron shaxslarni maqtaydigan va sharaflaydigan qasida edi. +asidalarning asosiy mohiyati qasida bag‘ishlangan shaxsni daholashtirish edi. Unikg muqaddima qismi (nasib)ga cholg‘u asbobi jo‘r bo‘lgan. Ba’zan bazm kechalarida musiqiy cholg‘ular mustaqil ravishda kuylar ijro etishlari mumkin edi. Nasibdan musiqiy-she’riy san’atning, ya’ni musiqachi – mutrib tomonidan ijro etiladigan mustaqil shakli – g‘azal tug‘ildi. Madhiyasifat musiqiy-she’riy asarlar bilan bir qatorda ijtimoiy qarashlarni ifodalovchi qo‘shiqlar ham ijod qilinar edi.
Somoniylar hukmronligi davrida Rudakiy qasidaning ustasi bo‘lgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Rudakiy Samarqandning Rudak qishlog‘ida (bu qishloq xozir ham mavjud bo‘lib, aholi uni shoirning vatani deb hisoblaydi) tug‘ilgan. Boshqa ma’lumotlar bo‘yicha, Rudakiy nomi shoirning o‘zi mukammal egallagan musiqa asbobi – “rud” nomidan olingan.
Rudakiy kambag‘al oilada tug‘ilgan. U musiqa asbobida chalishni va ashula aytashni erta o‘rgangan. Uning shuxrati Buxoro amiri Nasr ibn Ahmadga (914-943) etib boradi va amir uni saroy sozanda va shoirlari qatoriga taklif etadi.
XI asr shoiri Ustodi Rashidiyning yozishicha, Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she’ri borligini hisoblab chiqqan. Bizgacha Rudakiy she’riyatining ozgina qismi etib kelgan.
Buxoroga bag‘ishlangan qasida ajoyib asarlar sirasiga kiradi. Uning yaratilishi xaqida shunday naql qiladilar. «Amir Nasr ibn Ahmad Marvda yashar, saroy ahllari begona shaharda zerikib qoladilar va o‘z uylariga qaytish ishtiyoqi tug‘iladi. Ular Rudakiydan Buxoro sharafiga qasida yozib berishini iltimos qiladilar. Amir bu qasidani eshitib, darhol ot talab etadi va shu ondayoq Buxoroga jo‘nab ketadi».
Tojik tilida qalam tebratgan zakovatli shoirlardan yana biri Daqiqiy edi. U xalq rivoyatlariga, xalq og‘zaki ijodiyotiga suyangan. U X asr oxirlarida Nuh ibn Mansur (976-997) podsholik qilgan zamonda ijod etdi va «Shohnoma» asarini yaratishga asos soldi. Bu asarda Eron va Markaziy Osiyoning arablar istilosigacha bo‘lgan tarixi aks ettirilgan bo‘lishi kerak edi. Ammo Daqiqiy erta vafot etdi va boshlagan ishini tutata olmadi. «Shohnoma»ni buyuk Firdavsiy XI asr boshlarida Mahmud G‘aznaviy podsholik qilgan davrda (998-1030) nihoyasiga yetkazdi.
Firdavsiyning dunyoqarashi Somoniylar davrida shakllandi. Abulqosim Firdavsiy 934 yili tavallud topgan. U o‘zining mashhur «Shohnoma» dostonini 37 yoshida yoza boshlagan va keksaygan chog‘ida – 71 yoshida tugatgan.
Bu davrga kelib faqat xalq og‘zaki ijodida rasm bo‘lgan qadimgi doston va rivoyatlarga qiziqish kuchaydi. Asosida ikki misrasi o‘zaro qofiyalanadigan o‘n bo‘g‘inli mutaqarib vazn yotgan professional (kasbiy) qahramonlik dostonlari vujudga keldi.
Shohnoma – Eron va Markaziy Osiyoning uzoq qadimdan arablarning VII asrda Somoniylar davlatini istilo etgunlarigacha bo‘lgan, she’riy uslubda bayon etilgan qahramonona tarixidir. Bu asar o‘sha davr musiqasi, musiqiy hayoti, musiqiy cholg‘ularni o‘rganishda boy manba hisoblanadi. «Shohnoma»da eslatilgan torli-nohunli asbob rud, doira keng tarqalgan. Doiraning tasviri «Shohnoma»ga ishlangan turli xil miniatyuralarda va boshqa qo‘lyozmalarda tez-tez uchrab turadi. Rudakiy qasidalarida chang va to‘rt torli borbad eslatiladi.
O‘sha davrda chiltor va ud singari torli hamda puflama cholg‘ular (nay) keng tarqalgan edi. Udsimonlardan kvartaga sozlanadigan , besh-olti juft torli ud qo‘llanilgan. Darveshali Changiy (XVII asr) udni “barcha musiqa asboblarining podshosi” deb baholagan edi.
IX-X asrlarda ilm-fan ham juda ravnaq topdi. Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida joriy etilgan islom dini o‘z ildizlari bilan qadimga borib taqaluvchi ilmiy an’analarni yenga olmadi.
Bu davrda ajoyib olimlar, shoirlar, musiqachilardan mashhur matematik va munajjim Ahmad Al-Farg‘oniy; yirik olim, algebra risolasining muallifi Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy; o‘rta asr Sharqining atoqli faylasufi, musiqa sohasidagi ishlari zamondoshlari hamda undan keyingi musiqachilar avlodi uchun asos bo‘lgan Abu Nasr Al-Forobiy; o‘rta asrdagi ko‘plab ilmlarga katta hissa qo‘shgan Abu Rayxon Beruniy; buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino yashab ijod qilganlar.
Buyuk matematiklar Ahmad Al-Farg‘oniy, Abu Ja’far Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy Farg‘ona va Xorazmdan chiqqanlar. Xalifa Al-Ma’mun (813-833) akademiyasida Al-Xorazmiy Aljabrga, ya’ni riyoziyotga doir asarlari bilan fan tarixida mustahkam o‘rin egalladi. Ovro‘poda Al-Xorazmiy nomi “algoritm” va “algorifm” atamasi sifatida bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Algubra nomi uning “Kitob al-jabr va al-muqobala” nomidan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |