Ixvanus-safo va xullan-ul vafo
(Soflik birodarlari va vafo do‘stlari)
X asrda xalifalikning siyosiy va madaniy markazlarida turli diniy oqimlar va ilmiy doiralar orasidagi g‘oyaviy ziddiyatlar nihoyatda keskinlashib, ushbu qurash natijasida ruhoniylar sinfi rasmiy davlat maqomiga erishadilar. oqibatda ratsionalistik yo‘nalishga mansub ko‘pgina olimlar o‘zlarining ilmiy faoliyatini maxfiy ravishda davom ettiradilar. «Soflik birodarlari» deya nom olgan yashirin ilmiy tashkilot xalifalikning turli shaharlarida istiqomat qiluvchi 50 dan ortiq ilm fidoyilarini o‘zida birlashtirgan. Ular o‘zlarining asarlarini bir-birlariga xat orqali yashirin tarzda yetkazishgan. Ushbu maktublar keyinchalik jamlanib, juda katta hajimdagi yaxlit qomus shakliga keltirilgan. «Majmu’ ar-rasaid» (Maktublar to‘plami) deb nom olgan mazkur qomusiing 5-risolasi “Fil musiqa” (Musiqa haqida) deb ataladi. qisqacha muqadima bo‘limida musiqaning kelib chiqishi, tovushlarning turlari, hayvoniy va g‘ayrihayvoniy musiqaning estetik mohiyati masalalari mubohasa etiladi. “Soflik birodarlari”ning g‘oyalari qadimgi yunon musiqiy estetikasini tasavvufning Samo’ ta’limoti bilan bog‘lab turuvchi muhim xalqa hisoblanadi (Javhar ar-Ruhoniy tushunchasi). Shuningdek, “Soflik birodarlari” qadimgi yunon “Falaklar uyg‘unligi” nazariyasini yanada takomillashtirib, osmon jismlarining 4 falagi, Ud sozining 4 tori, insonning 4 mijozi, 4 unsuri va tabiatning 4 elementi (havo, suv, olov, tuproq) orasidagi o‘zaro mutanosiblik mavjudligini ilk bor e’tirof etishgan. “Soflik birodalari” shuningdek, yunon musiqiy estetikasi va tasavvuf falsafasini o‘zaro muvofiqlashtirishga intilishgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
O‘zbekiston xalqlari tarixi I, «Fan», T., 1992.
O‘zbekiston tarixi I, «UnIVersitet», T., 1997.
I.Rajabov. Maqomlar masalasiga doir, «O‘zadabiynashr». T., 1963.
O.Ibrohimov. Maqom va makon, T., 1996.
O.Matyoqubov. Maqomot, «Musiqa», T., 2004.
A.Nizomov. Sufizm v kontekste muzigkal’noy kul’turi narodov TSentral’noy Azii, «Irfon», Dushanbe, 2000.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol, «Movaraunnahr», T., 1991.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur, «Movaraunnahr», T., 2004.
Muhammad Nurulloh Saydo al-Jazariy. Tasavvuf sirlari, «Movaraunnahr», T., 2000.
A.Djumayev. «Turkestanskiy starets» Xodja Axmd Yassaviy i musul’manskiye duxovniye pesnopeniya //Muzikal’naya akademiya, № 3-4, 1996, №1, 1997.
A.Djumayev. Islam i muzika //Muzikal’naya akademiya, № 3, 1992.
Muzikal’naya estetika stran Vostoka, M., 1967.
Sufizm v kontekste musul’manskoy kul’turi, M.1989.
Islom. T., 1989.
Do'stlaringiz bilan baham: |