O‘zbyek musiqasi tarixi (I kurs ijrochilik bo‘lim talabalari uchun) Ma’ruzalar matni Toshkent–2008 Taqrizchi: s f. n., professor R. Yu. Yunusov



Download 0,51 Mb.
bet6/22
Sana22.06.2021
Hajmi0,51 Mb.
#73469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ўзбек мусиқаси тарихи. маъруза матн

Islom va musiqa
Ma’lumki, Islom badiiy va ilmiy ijodiyotga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ushbu fenomenni tafakkur etish, doimo o‘ziga xos muammoli masala bo‘lib kelgan. Ammo, shunday bo‘lsa-da bu haqda mavjud manbalarga asoslangan holda fikrlar (ilmiy farazlar, taxminlar) bildirilgan va yozilgan. Har bir tegishli manbada an’anaviy musulmon madaniyati o‘ziga xos tarzda talqin etilgan. Islom va musiqa muammolarini chuqur o‘rganishda ba’zan manbalar va materiallarning talab darajasida emasligi (ya’ni, masalalar echimiga qoniqarli javob beruvchi ma’lumotlarning yetishmasligi) ham bu mavzuni atroflicha yoritish murakkablashtiradi.

Islom va musiqa muammosi ikki yo‘nalishda o‘rganilishi mumkin. Birinchisi «rasmiy» Islom, ya’ni mazhablari va talqinlari, ikkinchisi esa din ichida vujudga kelgan tasavvuf oqimidir. Ana shu ikki dunyo miqyosida musiqa turli badiiy va falsafiy-estetik shakllarga ega bo‘ldi. Bunda musiqa shakllarining ko‘lami, musiqa tinglash va uni o‘rganishish man etilishidan tortib, toki musiqa yordamida «Ollohga yetishish kabi jarayongacha bo‘lgan tushunchalar bilan belgilanadi.

Birin-ketin vujudga kelgan bu ikki dunyo murakkab tarzda bir-biri bilan «qorishib» ketgan.

O‘rta asrlarda yashagan inson «oddiydan – murakkabga» tomon Islom qonunlarini o‘rgangan. Ya’ni, Islom asoslari, so‘fiylik shariati, tariqati va hokazo. Tasavvuf Islom dini qonunlari, g‘oyalari va timsollarini chuqur falsafiy, ramziy-estetik ma’no va mazmun bilan boyitadi.

Ma’lumki, qur’oni Karimda musiqa san’atiga bo‘lgan munosabat to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ochiq) bildirilmagan. Musiqa mavzusi ko‘proq xadislarda yoritilgan. Musiqa tarafdorlari va qarshilar aynan shu manbaga tayangan holda ish ko‘rishgan.

Turli xil ilmiy izlanishlardan shu narsa aniqlanadiki, musiqaga bo‘lgan qarshilikning ikkita asosiy sababi mavjud. Har bir sabab ma’lum bir tarixiy davrga to‘g‘ri keladi va siyosiy-mafkuraviy hamda madaniy rIVojlanish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Dastlabki musiqaga bo‘lgan qarshilik, VII-VIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Islom dini xristianlik, yahudiylik zardushtiylikka nisbatan qarshiligi bo‘lmasa-da, o‘zining «ichki dushmanlari» bo‘lmish «butparastlik», «ko‘pxudolik»ka qarshi ayovsiz kurash olib borgan. Ana shu «unsurlar» arablarda (Islom dini joriy bo‘lishidan avval) tovush, so‘z, tasvir kabi materiallarda aks ettirilgandir. Masalan, musiqa butparastlar diniy marosimlarida qo‘llanilib, ularning afsonalari bilan yo‘g‘rilgan. Mavjud ma’lumotlar (ilmiy farazlar,taxminlar)ga ko‘ra aynan shu sababli Islom dini nozil bo‘lganida musiqa man etilgan.

Musiqa bilan bog‘liq tasvirlar devorlarga ham chizilgan O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hududlaridan topilgan musiqachilarning terrakota haykalchalari bu yerlarda musiqa ancha yuqori mavqega ega bo‘lganidan dalolat beradi. Zardushtiylik va buddaviylikda musiqadan keng foydalanilgan. Ular marosimlarda murakkab tizimli musiqiy timsollarga tayanishgan. Buddizm ramziga mashhur «Ayritom peshtoqlari»ni bog‘lash mumkin. Bu davrda musiqa ham tasviriy san’at singari Islomdan bo‘lak dinlarning ruhi va g‘oyasini ifodalab, ularning timsollarini o‘zida namoyon etgan.

Ammo musiqa va tasviriy san’atga nisbatan qo‘llaniluvchi huquqiy tartibot o‘sha paytda hali yo‘q edi. Uning joriy etilishiVIII-IX asrlarga to‘g‘ri keladi. Boisi, bu davrda xadislar joriy bo‘lib, Islomning to‘rt asosiy mazhablari – xanbaliy, molikiy, shofeiy va xanafiy tashkil topdi (ushbu mazhablar ularning asoschilari nomi bilan atalgan). Mazkur mazhablarning bevosita musiqaga doir fikrlari keyinchalik yozib qoldirilgan qonunga oid, tasavvuf va ba’zan musiqashunoslikka oid manbalarga iqtibos tarzida kiritilgan.

Islom dinida musiqaning ta’qiqlanishiga sabab, boshqa dinlarga o‘xshamaslik, ya’ni islom ahlini musiqa bilan chalg‘itib, dinning ta’sir kuchini susaytirmaslikda edi.

Islom dini o‘z marosimlarini har qanday «dunyoviy unsurlar» bilan buzishdan saqladi. Bu holat musiqadan voz kechishning ikkinchi sababidir. IX-XI asrlarda Islom ahli madaniyatida «dunyoviy» rag‘bat hukmronlik qila boshlagan. Shaharlarda musiqa yetakchi o‘ringa ega bo‘ladi. Musiqa hissiyot rohati uchun vosita hisoblangan. Musiqa «dunyoviy» yashash tarzining boshqa ko‘rinishlari, ya’ni, may, qimor o‘yini kabilar qatorida insonni oxiratga bo‘lgan ishonchini susaytiradi yoki umuman yo‘qotadi, degan fikrni ilgari surgan.

Musiqa man etilishining ikkinchi sababiga «mutriblar» ham o‘z hissasini qo‘shishgan. Mutriblar, ya’ni musiqachilar asosan

ziyofatlarda, mayxo‘rliklarda qatnashib, musiqa chalishgan (yoki kuylashgan) va evaziga haq olishgan. Bazmu-jamshiddagi musiqa ijrosi din tomonidan qattiq qoralangan.

Ahloqan buzuq musiqachilarga qarshi musiqa san’atining yirik namoyandalari ham qarshi chiqishgan. Bunday toifa musiqachilarga o‘z navbatida Alisher Navoiy ham «munosib ta’rif» bergan.

O‘sha davrlarda qonunshunoslar inson hayotida musiqa bilan to‘qnashadigan turli vaziyatlarni hisobga olgan holda qonunlar ta’sis etardilar.

Asosan diniy va tasavvufga oid kitoblarda musiqa 4 turli qoidalarga bo‘ysungan holda ijro etilishi belgilangan: halol (shariatga muvofiq ravishda), harom, muboh ia makruh.

Din bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni qur’oni Karimni qiroat bilan o‘qish, azon chaqirish, harbiy musiqa kabilar esa qonuniy ravishda ruxsat etilgan bo‘lib, musiqa san’atining shakllari sifatida tan olinardi. Allomalardan biri Al-Faruqiyning ta’kidlashicha, «Islom hech qachon musiqa san’atiga qarshi bo‘lmagan. Din faqat ayrim holatlardagina ma’lum bir shakllarni qabul qilmagan. Bu holatlar insonga musiqaning salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liqdir».

Islom dini va musiqaning o‘zaro munosabatlari sulolalarning almashuvi bilan ham bog‘lik.

Sho‘ningdek, jamiyatning har bir tabaqasi dinga turlicha munosabatda bo‘lganligi sababli, musiqaga bo‘lgan munosabat ham albatta shu holat bilan bog‘liq bo‘lgan.

Ayni vaqtda musiqa bobida Islomning nazariy qonunlari zamonaviy jamiyat bilan to‘qnasha boshladi. Bu holat XIX-asrning oxirlarida yorqin namoyon bo‘la boshlagan. Demokratiya, ma’rifatparvarlik kabi harakatlar dinga nisbatan yangicha bulgan munosabatni yuzaga keltirdi. Odamlar siyosat, texiika, evropacha ilm kabi sohalarga intilib, dinning ko‘pgina qonunlarini ba’zan ixtiyoriy, ba’zan ixtiyorsiz ravishda buzdilar. Bunday holat dinni ma’lum darajada islohotga uchrashiga sabab bo‘ldi.

Ma’rifatparvarlik harakati musiqa madaniyati sohasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, yangicha nodir musiqiy durdonalarning yaratilishi, yangi cholg‘ular, musiqiy texnika vositalari, yangicha musiqiy ilm va hokazo. Bunday yangiliklar «Islom va musiqa» muammosini yanada murakkablashtirdi

Musulmonlar o‘zlariga yana savol bera boshladi: musnqaga qanday munosabatda bo‘lish kerakh Muammo «yangicha» tafakkur etilib echimini topishi krrak edi.

XX asr, “Islom va musiqa” muammosiga o‘zgarishlar olib keldi. «Musiqiy sekulyarizatsiya» (musiqani din ta’siridan xalos etish) jarayoni turli vaqtda, turli shakllarda islom dunyosining yirik markazlarida kecha boshladi (arab mamlakatlari, Turkiya, Eron va b.).

Islom dinining ichki yo‘nalishlaridan biri sanalgan tasavvuf oqimi, o‘n asrdan ziyod tarixiy jarayonni o‘z ichkga olgan holda butun musulmon dunyosida tarqalgandir.

Xudoga va Haqiqatga erishishning ilohiy jarayoni («shariat» – musulmonlarning diniy qonuni, tariqat – so‘fiylik yo‘li, haqiqat – Ollohga etishish) sufiylik ta’limotida san’at bilan bog‘liq.

So‘fiylik ta’limotida musiqa, she’riyat va raqs san’atining etakchi turlariga aylandi.

San’at – shayxlarning o‘zaro munozaralariga sabab bo‘lgan. Ba’zilar Ollohga erishish yo‘lida san’at vositasini qulay deb bilsalar, ayrimlar buning aksini aytar edilar. Masalan, bunday baxslar kiromiylar va qodiriylar tariqatlari o‘rtasida olib borilgan. Kiromiylar Ollohga erishishda musiqaning o‘rnini yuqori deb bilsalar, qodiriylar musiqa, baland tovush vositalarni umuman rad etganlar. Bu singari baxslar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, so‘fiylik ta’limoti aynan musiqa sababli o‘z mohiyatini ko‘rsata oldi. (Aynan san’at tufayli tasavvuf o‘zining hayotiy qarama-qarshiliklarini echa oldi va odamzodning yashash sirlari echimini topa oldi.

So‘fiy go‘sht yemagan, dori-darmon ichmagan, cho‘milmagan, o‘zini ochlikka mahkum qilgan, qarindoshlari xaqida gapirmagan, negaki, bularning barchasi moddiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan.

Insonning ichki kechinmalari (sub’ektiv kechinmalar) so‘fiylikda yuqori darajali ahamiyatga ega bo‘lgan.

Tasavvuf nazariyotchilari san’atni Ollohga etishish, yo‘lidagi boshlang‘ich nuqta deb bilganlar. Tasavvuf uchun barcha san’at turlari orasida musiqa birinchi o‘rinda turgan. Islom dini musiqa sohasini ta’qiqlagan bo‘lsa-da, so‘fiylik ta’limotida musiqaga batamom qarama-qarshi nazar bilan qaralgan. Albatta, avvaliga tasavvuf estetikasi musiqadan ochiq-oydin foydalana olmagan

Musiqa asta-sekinlik bilan kirib kelgan.

Dastlabki tasavvuf oqimining g‘oyalari (VIII-IX asrlar) islom diniga «qarama-qarshi» bo‘lgan. Yana shunday qarshiliklardan biri musiqa edi. Musiqa so‘fiylarda “samo’” (tinglash) atamasi bilan qo‘llanilar edi. Dastlabki so‘fiylik yig‘ilishlarida shayxlar musiqadan keng foydalanishgan (majlisi samo’). Majlislarda musiqiy aytimlar, she’riy shakllardan foydalanishgan. Ammo ular o‘ziga xos so‘fiylik ma’nosiga ega edi. Ko‘pincha ruboiy-taronalar pand-nasihat va falsafiy-etik harakterda bo‘lardi.

Markaziy Osiyoda tasavvufning ko‘pqirrali dunyosi, darveshlar, qalandarlar, faqirlar tomonidan namoyon etilardi. Tasavvufning Markaziy Osiyo xalqlaridagi shomonchilik bilan genetik munosabati mavjud. Bu hudud xalqlarida “Yassaviyxonlik” tariqati ham keng rIVojlangan edi. Tariqat asoschisi Hoji Ahmad Yassaviy bo‘lib, uning merosi og‘zaki an’ana orqali bizgacha etib kelgan.

Ahmad Yassaviy maqbarasi (qabri) 800 yildan buyon Markaziy Osiyo musulmonlarining muqaddas ziyoratgohi hisoblanadi.

Inson hayoti ziyoratdan-ziyoratgacha, ya’ni qismlarga bo‘lingan. Hayotiy turkumlar chegarasi Yassaviy xonaqosida o‘tkazilgan zikr raqslari bilan belgilangan.

Inqilobdan avvalgi davrda Yassaviy xonaqosida “kichik” zikrlar bir haftada bir marta o‘tkazilardi (juma kunida). Bir yilda bir marta esa xonaqoga ziyoratga borilgan va zikr tushish marosimi o‘tkazilgan. “Katga” zikr marosimi 25 dekabrdan 5 fevralgacha bo‘lgan vaqt mobaynida amalga oshirilar edi (qishki chilla vaqtida).

Hozirgi davrda zikr marosimlari o‘tkazilmay qo‘yilgan. Ammo shunday bo‘lsa-da, bu yerlarga sayohatchilar, shuningdek, Evropa, Amerika, Osiyo mamlakatlaridan sharqshunos olimlar kelib turishadi. Madrasa toliblari, Xudo yo‘liga kirgan odamlar, ma’naviy va jismoniy sog‘ayishni istaganlar ham bu yerlarga kelishadi. Yakka holda, oilaviy, guruh bo‘lyb odamlar xonaqo atrofini aylanadilar va devor g‘ishtlariga qo‘l urib, yuz-ko‘zlariga surtadilar.

Kishi bilmas tarzda bu yerga shamanlar ham kelishadi. Ular ham ishlarini boshlashdan avval duo olish ilinjida bo‘lihadi. Ammo ular shuni ham bilishadiki, ziyoratni Yassaviying birinchi ustozi Arslonbob qabridan boshlash kerak. Shunday tartib bo‘lmasa,

ziyoratlar qabul bo‘lmaydi.

Arslonbob va uning shogirdi bo‘lmish Axmad Yassaviy maqbaralarini xalq turli afsonalar bilan bog‘lashgan. Aytishlaricha, ikki dindorning mozorlari o‘rtasida yer osti yo‘lagi bor emish. XIV asr oxirlarida Temur hukmiga binoan mozor ustiga xonaqo qurilishi boshlanganida g‘ayrioddiy voqealar sodir bo‘la boshlagan. quruvchilar anchagacha ish boshlay olmaganlar, Kundalik quruvchilik ishlaridan so‘ng, katta ho‘kiz kelib, qurilgan joyni buzib ketar ekan. Shu tarzda bir necha kun o‘tgan. Temurning tushiga Hoja Ahmad kirib, xonaqo avval Arslonbob mozori ustiga qurilishi kerakligini aytgan. Shundan so‘ng ishlar yurishgan.

Arslonbobnint qabri Chimkent viloyatining qizilqum rayonida joylashgan. Bu yerlarda shaman (baxshi)chilik keng rIVojlangan. qadimdan bu yerda avliyo shaxslar yashagan. Atrofdagi qishloqlarda yashovchilarning ko‘pchiligi Yassaviy bilan qondosh ekanliklarini ta’kidlaydilar. Aynan shular Turkiston xonaqosida zikr marosimlari uchun yig‘ilardilar. Maxalliy shamanchilik so‘fiylik ia Islom tasavvurlari bilan bog‘liq. Ana shu asosda Ahmad Yassaviy ta’limoti yuzaga kelgan.

Hoja Ahmad Yassaviy turli nomlar bilash qayd etiladi: Xoja Ahmad, Hazrati Sulton, Hazrat, Piri Turkiston, Ota Yassaviy va hokazo.

Ahmad Yassaviy o‘z ta’limotini turk xalqlariga bag‘ishlagan edi. Yassaviy tariqati (yo‘li) aynan undan boshlangan. Ushbu tariqat Markaziy Osiyo va qozog‘iston yashovchi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar orasida tarqalgan. Yassaviydan «ota» deyilmish geneologik shajara boshlangan. Yassaviy ta’limoti o‘z ta’sirini boshqa so‘flylik tariqatlariga ko‘rsatgan: naqshbandiya, qodiriya, qalandariya va boshqalar.

Ahmad Yassaviy merosi – bu uning «hikmatlari»dir. «Hikmatlar» – o‘ziga xos she’r-doston bo‘lib, og‘zaki tarzda ijod qilinadi. Hikmatlar ohanglarga solingan. Ular yakkaxon yoki jamoa bo‘lib ijro etish uchun mo‘ljallangan. Og‘zaki, yozma tarzlarda tarqatilgan. Nashr qilingan hikmatlar bitta kitobga «Devoni hikmat»ga jamlangan. qoidaga ko‘ra, hikmatlar to‘rtliklardan iborat bo‘lib, umumiy mavzu, mazmunga ega bo‘lgan.

Hazrati Sultonning qilgan ishlarini musiqasiz tasavvur etish mushkul. Uning hikmatlari Markaziy Osiyo va qozog‘istondagi

barcha diniy aytimlar qatlamidan o‘rin olgan (qalandarlar, maddohlar, baxshilar, otinlar ijro bisoti shular jumlasidandir). Hikmatlarning ijro etilishi uslublari ko‘lami ham ancha keng bo‘lgan (sharhli deklamatsion-rechitatsiyadan, maqom san’atiga yaqin yuqori kasbiy darajadagi «xonish»). Xoja Ahmad va uning hikmatlari tarafdorlari «yassaviyxonlik» nomini olgan an’anaga asos soldilar.

Va nihoyat, Ahmad Yassaviy va uning hikmatlari so‘fiylarda «zikri jaxriy»ning rIVojlanishiga sabab bo‘lgan.

A.Yassaviy haqidagi ma’lumotlarni turli manbalarda uchratish mumkin (hikmatlar, so‘fiylikka oid adabiyotlar afsonalar va hokazo).

A.Yassaviy shaxsi sirli, echimini topmagan tilsimdir. Ba’zi sharqshunoslar uni hattoki, bu dunyoda yashaganligini ham hali hanuz gumon ostiga qo‘yadilar.

Shu bilan birgalikda xaqiqat va to‘qima o‘zaro shu qadar bog‘lanib ketganki, ularni ajratib bo‘lmaydi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra Yassaviy Yassi shahrida ba’zilarida esa Sayramda tug‘ilgan dsb e’tirof etiladi. U dindorlar oilasida dunyoga kelgan. Otasi – Shayx Ibrohim ota va onasi qorasoch momo, o‘g‘illari Ahmad 7 yoshligidayok olamdan o‘tgan edilar. Shu yoshida u «buyuk shayxlar»dan biri bo‘lmish Arslonbobning tarbiyasiga o‘ggan. Arslonbob Ahmadga islom dini asoslarini, undan so‘ng esa so‘fiylik ta’limoti va zikrni targ‘ib etishni o‘rgatdi.

Arslonbobning vafotidan so‘ng Yassaviy eng katta hikmatlaridan birini unga bag‘ishlagan.

Arslonbob tarbiyasiga o‘tmasdan avval ham Ahmad ilohiy kuchga ega bo‘lib, uning hayotida xronologik ravishda turli g‘ayrioddiy voqealar sodir bo‘lib turgan. Umrining birinchi yilida arvohlar, ikkinchi yilida –payg‘ambarlar, uchinchi yilida – chiltonlar, to‘rtinchi yilida – Muhammad (s.a.v.) va Xizr buvalar kelib turishgan ekan. Ular kichik Ahmadni Xudo yo‘liga xizmat qilish uchun tayyorladilar. Butun umri davomida ilohiy kuchga ega bo‘lgan odamlar Yassaviyga yordam berib turadilar.

Arslonbob vafotidan so‘ng Yassaviy o‘qishini davom ettirish uchun Buxoroga ketadi va u yerda Xoja Yusuf Hamadoniyga murid tushadi (vafoti taxminan 1140-1141yy.). O‘qish so‘ngida Yassaviy shayxlik qilish uchun ustozidan duo oladi. Keynn esa

uning o‘zida muridlar paydo bo‘ladi Yassaviy so‘fiylar jamoasiga boshchilik qiladi.

Ammo biroz vaqt o‘tgandan so‘ng Yassaviy Buxorodagi faoliyatini to‘xtatib, o‘zining dashtlariga qaytadi. Uning muridlari G‘ijduvoniyning qo‘l ostiga o‘tadilar. Yassaviy esa umrining oxirigacha Turkistonda yashaydi (taxm. Vafoti 1166-1167 yy.).

Uning o‘z vataniga qaytishini bir nechta sabablarini aytishadi. «Yuqoridan» turk ko‘chmanchi xalqlariga Islomni targ‘ib etish haqida belgi beriladi.

Yana bir sababi, «egri» yo‘lda yurganlarni «to‘g‘ri», ya’ni Islom yo‘liga jalb etish.

Islom ahli tomonida A.Yassaviy Muhammad (s.a.v.)dan so‘ng turgan. Muhammad (s.a.v.) 63 yoshlarida vafot etgan bo‘lsalar, Yassaviy 64 yoshida erdagi «nosoz» hayotdan charchab, er ostiga kirib ketgan deyiladi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarining muhim mavzui – zikrdir. U to‘g‘ri ma’noda so‘fiyning yuragida paydo bo‘lib, so‘ngra yig‘i va iltijolar ko‘rinishida tashqariga chiqadi. Yassaviy izdoshlari zikrni o‘z tariqatlarining asosiy tavsifnomasiga aylantirganlar. Ular amaliyotda qo‘llaydigan zikr «jaxriya» (yuqori ovozli zikr) deyiladi. Bu so‘z tariqat nomiga aylandi («yassaviy» atamasi vaqt o‘tishi bilan o‘z o‘rnini «jaxriya» atamasiga bo‘shatib bergan). Bu hol XVIII-XIX asrlarda bo‘lgan. Zikrning boshqa turi «xufiya» deyilardi. «Xufiya» zikri oxista, berk tarzda o‘tkazilardi.

Ushbu marosimning «zikri arra» turida Yassaviyning o‘zi ham ishtirok etgan. Bu haqda Yassaviy hikmatlaridan bilish mumkin.

«Zikri – arra» haqidagi batafsil ma’lumotlar tasavvufga oid asarlarda (XVI-XVIII asrlarda) paydo bo‘lgan.

Zikr, ya’ni Olloh nomlarini (ismlarini) yodga olishni. Haqiqatga erishmoqni istagan har bir so‘fiy o‘tkazishi shart.

Yassaviy zikrni 5 yoshidan amaliyotda qo‘llay boshlagan.

Tasavvuf ta’limoti asosida soxta va haqiqiy so‘fiylarni aniqlash g‘oyasi yotadi.

So‘fiylik zikrlarida Xudoning yetti nomi aytilar edi: Yassaviy hikmatlarida esa Ollohning uchta sifati qo‘llangan: xayi (tirik), xaq (xaqqoniy), xuva (U, ya’ni Olloh).

Yassaviy hikmatlarida «zikri ilohiy», «zikri qalb» kabi zikr

turlari haqida ham qaydlar bor. Yassaviy tariqatida zikrning o‘ziga xos turi «chaxor zarb» deyiladi.

«Chorzarb»ning o‘ziga xosligi tavhidning takrorlanishidadir. Chorzarbning ochiq va baland ovozda aytilishi, raqs jo‘rligida bo‘lardi. Chorzarbning so‘z formulasi - «La ilaha illalloh»dir. Bunda har bir bo‘g‘in ma’lum harakatlar yordamida aytilgan. Chorzarbning ritmik formulasi ham bo‘lgan («yak zarb», «du zarb», «se zarb», «chor zarb»). Ushbu formulalar diniy ruhdagi boshqa aytimlar ham qo‘llanilgan. Yak zarb, du zarb, se zarb, chor zarb deb nomlangan zikr qismlari kuylari Toshkent ka Farg‘ona vodiysida XIX-XX asrlarda qo‘llanilgan diniy aytimlar bilan hamohang. Jumladan,

Yak zarbda Ollohning nomi bir marta aytiladi;

Du zarbda Tangrining nomi ikki marta antiladi;

Se zarbda Yaratganning nomi uch marta aytiladi;

Chorzarbda Xudoning nomi to‘rt marotaba aytiladi.
Zikr aytuvchilar esa Hikmatlarda «zokir»lar deb keltiriladi.

Zikri arrada Haqiqatga erishish uchun jazava holati belgilangan. Zikri arra, afsonalarga ko‘ra Zakariyo payg‘ambarning o‘limi bnlan bog‘liq ekan. Zakariyo dushmanlaridan qochib daraxt kovagiga berkinadi. Buni payqab qolgan dushmanlar esa daraxtni arralashadi, shunda Zakariyo ham qiynalib vafot etadi. Shu davrdan boshlab zikri-arralar o‘tkazila boshlangan.

Zikrda arraga o‘xshash tovushlar, Zakariyoning o‘lim oldi nolalari o‘xshatma, taqlid etilgan.

Yassaviy hikmatlari ikki asosiy yo‘nalishda qo‘llanilgan: 1) so‘fiylik zikrida, 2) diniy aytimlarda (qalandarlar, maddohlar, otin oyilar, baxshilar ijro bisotida).

Yassaviy hikmatlari ayollar zikrida ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

XII asrda tasavvuf yo‘nalishida «falsafiylashtirilish» kabi rag‘bat paydo bo‘ldi. Bunda samo’ va raqsni so‘fiylar marosimida qo‘llanilishi asosiy masalalardan biri bo‘lib qoldi. Bu davrda tasavvuf ta’limotiga oid bir qator kitoblar yozilgan: Al-Kalobodiyning «Kitab at-ta’ruf», Al-qushoriyning «Risala ahkam as-sama», Al-G‘aznaviyning «Kashf al-maxjub» va boshqalar.

Yaratilgan kitoblarning har birida samo’ga bag‘ishlangan

bo‘lim mavjud bo‘lib, bu an’ana asrlar davomida o‘zgarmagan.

Samo’ ko‘pgina tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Samo’ tarafdorlari ham, qarshilar ham o‘z savollariga javobni qur’on, Hadis, afsona va rIVoyatlar bitilgan kitoblardan izlaganlar.

O‘rta asrlarda samo’ muammolari juda ham ahamiyatli hisoblangan. Unda ayniqsa amaliy muammolar birlamchi bo‘lgan.

IX-X asrlarda samo’ning uchta asosiy shartlari mavjud edi: zamon, makon va ixvan (jamoa). Dastlabki uchta shartga Abulqosim Junaydiy-Bag‘dodiy tomonidan aniq ta’rif berilgan Tasavvufda «samo’ aytimlari»da qo‘llaniladigan so‘z va atamalarga alohida e’tibor berilgan. Ularning talqini risola va lug‘atlar batafsil yoritilgan.

Tinglov va raqs zikr marosimida vaqt nuqtai nazaridan tartiblashtirilgan edi. Zikrning markaziy unsuri – vajd holatidir. Vajd holatidan so‘ng so‘fiy Haqiqatga erishadi.

Zikrning asosiy ikki turi mavjud: bular, «zikr-i xafi», «oxista zikr» va «zikr-i jaxri» – «baland tovushli zikr». Zikr ustoz shayx tomonidan kuzatib turilgan. Dastlab she’r yohud so‘fiylik matnlari o‘qilib, so‘ngra esa qavval ijrosi ko‘povozli ijro bilan almashinib kelgan. Ma’lum ruhiy holatga erishilgandan so‘ng raqsga o‘tilgan. Marosim davomida qur’ondan olingan iboralar, ramziy so‘zlar qayta-qayta takrorlanib, ma’lum bir ruhiy holat (meditatsiya)ga erishilgan. Masalan, xa, xi, xaq, xuva va hokazolar shular jumlasidandir. Zikrda aytiladigan asosiy iboralardan biri «La ilaha illalloh», ya’ni o‘zga iloh yo‘qdur» bo‘lib, unda Yaratganga hamdu-sano aytishdan iboratdir.

Ana shu takrorlanuvchi ta’rif o‘rtasida hofiz boshqa aytimlarni ijro etgan. Aytimlar diniy, falsafiy, mavzularda bo‘lgan. Zikr avjida «Olloh» so‘zi ko‘p marotaba ko‘p ovozli tarzda ijro etilgan.

Samo’ marosimi haqida Evropa va Rossiyalik sayohatchilar ham guvohlik berishgan. Ular Turkiya, Eron kabi mamlakatlardan Markaziy Osiyoga XVII-XX asrlarda tashrif buyurgan sharqshunos olimlar, elchilar, sayohatchilar kabi vakillar bo‘lib, ushbu marosimlarni ko‘rganlar va yozib qoldirganlar.

Ba’zi tariqatlarda musiqa cholg‘ulari keng targ‘ib qilingan. O‘ziga xos diniy ma’noga ega bo‘lgan kuylar muqaddimada, bo‘limlar orasida va zikr yakunida ijro etilgan.

Jaloliddin Rumiy asos solgan Mavlaviylar tariqatida

(Turkiyada) nay ramziy cholg‘u sifatida qo‘llanilgan. Hatto cholg‘ularga bag‘ishlangan kitoblar ham yozilgan. Masalan, «Rubobnoma» (taxminlarga ko‘ra bu asar J.Rumiyning o‘g‘li Sulton Valad qalamiga mansub), «Naynoma» (J.Rumiy) kabi asarlar shular jumlasidandir.

Samo’ va zikr amaliyoti xonaqo, qalandarxonalarni yirik diniy-musiqiy o‘chog‘ (markaz)ga aylantirdi. Bu yerlarda o‘ziga xos shakllar va an’analar rIVojlangan.

Musiqaning falsafiy qarashlarga jalb etilishi, so‘fiylar dunyoqarashi bilan bog‘liqdir. So‘fiy musiqa yordamida Ilohiy uyg‘unlikka erishgan. Uning ko‘z oldida bixisht (jannat) paydo bo‘lib, undagi daraxtlarga qo‘ng‘iroqchalar ilingani namoyon bo‘lgan.

Bixishtda yashovchilar musiqa tinglamoqni istasalar (samo’); Olloh daraxtga osilgan qo‘ng‘iroqchalarni harakatlantiradi. Yerdagi odamlar (ahli dunyo) bu tovushlarni eshitsalar, o‘sha zahotiyoq jon beradilar.

So‘fiylikning har bir bosqichi – shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat, ma’lum sonlar (maqom)ga to‘g‘ri keladi. Ularning soni 40-taga yetgan (har biriga 10-tadan). Ahmad Yassaviy tariqatiga binoan «har bir so‘fiy, har bir darvesh, har bir faqir 40 maqomni bilmasa, amaliyotda qo‘llamasa ularning shayxligi, so‘fiyligi, faqirligi yolg‘ondir».

Har bir maqom inson hayotining turli jarayonlarini belgilab bergan, ba’zilari esa ruhiy holatni belgilangan.

Samo’ nazariyotchilari maxsus atamalar tizimini o‘ylab topganlar: bu «axval – i maqamat» (ya’ni, maqomlar ahvoli) kabi.

«Vajd» (jazava), samo’ jarayonida erishiladigan holat. U ikki asosiy turga bo‘linadi: turli ruhiy holat (ahvol), ikkinchi – kashfiyot.

Samo’ning ruhiy holatlari haqida IX asr mualliflari ham yozib qoldirganlar. Masalan, al-Xujviriy: tarab, farax, g‘am, shavq xususida ma’lumotlar bergan.

X-XI asrlarning tasavvufga oid kitoblarida maqomlar, ahvol, vajd haqida ma’lumotlar keltiriladi. X-XV asrlarda yozilgan musiqiy risolalarda esa maqomlar tavsifi o‘zgacha tarzda yoritilgan. Ularda so‘fiylik bilan bog‘liq ayrim qirrilargina o‘z ifodasini topgan.

12 maqomning ruhiy holatga bo‘lgan ta’siri xususida

Urmaviy, Omuliy, Marog‘iy, Jomiy, Xusayniy kabi mualliflar o‘zlarining asarlarida imkonqadar ma’lumot berganlar. Ruhiy holatga bo‘lgan ta’sir dunyoviy-estetik harakterga ega edi.

Ammo keltirilgan ma’lumotlar samo’ va maqomotning o‘zaro bog‘liqlik jihatlari yo‘qligini tasdiqlamaydi.

Maqomot va samo’ning bir-biriga bo‘lgan ta’siri juda murakkab jarayondir. Avvaliga so‘fiylar o‘z amaliyotlarida va musiqiy shakllarda maqomotdan foydalanganlar, keyinchalik esa maqomot tizimida so‘fiylar estetikasi va ramzi ustunlik qila boshladi.

So‘fiylarning musiqiy maqomotga murojaat etishlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar XIII asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Mavlono Jaloliddin Rukiy g‘azalida maqomo nomlari sanab o‘tilgan (Isfaxon, Hijoz, Iroq, Ushshoq va b.).

Yuqorida ta’kidlanganidek, X-XI asrlarda samo’ amaliyotida so‘fiylar musiqiy-she’riy janrlarning bayt, ruboiy, (ba’zida g‘azal) kabi kichik shakllariga murojaat etganlar. Bu davrda maqomlar tizimi ancha rIVojlangan bo‘lib, saroylarda ijro etilardi. Bu san’at kasbiy darajadagi she’riyatga tayangan.

Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindnstondagi so‘fiylik tariqatlari o‘zlarining marosimlarida maqomotning kuy matnidan foydalanganlar. Eron dastgohlari va Ozarbayjon mug‘omlarida esa so‘fiylik qirralari mavjuddir.

Umuman maqomotni 2 xil, ya’ni diniy va dunyoviy tarzda talqin qilish mumkin.

Shuningdek, Islom va musiqa muammosini badiiy-musiqiy va estetik nuqtai nazardan ko‘rib chiqsak.

Islom dinining g‘oya va timsollari musiqa san’atining deyarli barcha shakllari va turlariga ta’sir ko‘rsatgan (o‘rta asrlarda).

qur’oni Karimni qiroat bilan o‘qish, azon chaqirish kabi shakllar alohida ahamiyat kasb etgan. Musiqa va unga oid barcha jabhalar din peshvolari tomonidan qattiq nazorat qilingan. Dastlabki manbalarda Olloh qur’onni elchi farishta Jabroil (a.s.)ga «tovush va ovoz»siz berganligi haqida ilmii farazlar bor. Musiqiy ohanglarga solib o‘qish esa dindorlarga tuhfa sifatida berilgan. Bu davrda tinglov yordamida saboq olish asosiy usul hisoblangan. Negaki insonning tinglash qobiliyati eng mukammal sanalgan.

O‘rta asrlarda qur’oni Karimni qiroat bilan o‘qishga bag‘ishlangan adabiyotlar juda ko‘p bo‘lgan. Ularni o‘qish

jarayonida musiqaning mavjudligi xususida nazariy va amaliy munosabatlar yozilgan.

Musiqiylik qur’onni o‘qish jarayoniga inson uchun zarur bo‘lgan nafosat qirralarini kiritib, kitobning ahloqiy mohiyatini ochib berish kabi vazifani bajargan. qur’on so‘zlarining ma’no-mazmunini musiqiy aytim bosib ketishi mumkin emas.

qur’onni qiroat bilan o‘qish uchun «chiroyli ovoz» kerak bo‘lgan. Chiroyli ovoz dindorlarni to‘lqinlantirgan va ular ovoz sohibiga yuqori baho berganlar. Xunuk ovoz esa musulmonlar uchun talafot kabi bo‘lgan va eshak ovoziga qiyoslangan.

O‘rta asrlarga oid nasriy asarlarda, xalq ijodiyoti namunalarida ana shu mavzu keng yoritilgan. Ya’ni azon mo‘azzin (so‘fi)lar, qiroat qilish masalasi va hokazo.

qiroat qilish qonunlariga qattiq amal qilinganligi sababli qur’oni Karimni o‘qish san’at darajasiga ko‘tarildi.

qiroat bilan o‘qish uchun eslab qolish qobiliyati hamda iste’dod bo‘lishi zarur edi. qiroat xususida so‘z ketganda Abdulqodir Marog‘iy nomini tilga olish maqsadga muvofiqdir.

O‘rta asrlar manbalarida qur’on o‘qish uchun ma’lum maqom pardalaridan foydalanilganligi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Azon aytishda ham maqom pardalaridan foydalanilgan. Masalan, arab masjidlarining birida azon har kuni har xil, Ushshoq, Rost, Segoh, Chorgoh va h.k. maqom pardalarida chaqirilar ekan.

qur’on qiroatining musiqiy ohang matni hech qaysi musulmon millatiga tegishli emas, deyish notug‘ri. Kuy, ohang matni aynan arabchaga xos bo‘lgan.

Musulmon jamiyatida qur’onn qiroat bilan o‘qishning ikki asosiy shakli (uslubi) mavjud bo‘lgan: biri – rasmiy, ikkinchisi – xalqchil. Birinchi uslubda kuy murakkabligi kuzatiladi. Xalqchil uslub kundalik hayotda keng miqyosda qo‘llanilgan. Aynan shu uslubda mahalliy qirralarning kiritilganligi va shevalarning o‘ziga xosligi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Har bir musulmon halqining o‘ziga xos diniy aytimlari mavjud. Ularning ba’zilari haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q (yoki saqlanmagan), ba’zilari haqida esa mo‘ayyan fikrlarga egamiz. Ehtimol, bu aytimlar islom dinini xalqqa tushuntirish, targ‘ib etish jarayonlarnda yuzaga kelgandir.

Ko‘plab musulmon xalqlarida diniy musiqaning janr

tizimlari ham mavjud bo‘lgan. Ularning ayrimlari diniy bayramlar bilan bog‘liq bo‘lsa (Ramazon, qurbon hayitlari va b.) ba’zilari insonning dunyoga kelishi va ketishi munosabati bilan o‘tkaziluvchi marosimlar bilan bog‘liqdir. Mehnat va maishiy jarayonlarni aks ettiruvchi marosimlar, Ollohga iltijo (munojot), falsafiy o‘y-kechinmalar, diniy-ahloqiy pand-nasihatlar (hikmatlar, g‘azallar), hadislar ham diniy janrlartarkibiga kiritiladi.

Gedonistik musiqa deganda G‘azzoliy ichki quvonch bilan bog‘liq bo‘lgan musiqani tushungan. Bu musiqaga ham ruxsat berilgan. Chunki gedonistik musiqa quvonchli holatlar, ya’ani to‘y-farzand tug‘ilishi kabi voqealar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Tabiiyki, G‘azzoliy o‘z davrining yetuk mutffikkiri bo‘lganligi sababli, u musiqiy janrlar, ularning turlari o‘rtasida ajratib turadigan chegarani aniqlab berishi kerak edi.

G‘azzoliy ma’lumotlariga ko‘ra, tasavvuf musiqaning estetik asoslarini aniqlash mumkin.

O‘rta asrlarda Sharqda so‘fiylik ta’limoti dunyoqarashining yagona tizimi bo‘lgan. Musiqa orqali uning nazariy g‘oyalari namoyon bo‘lgan.

Musiqa orqali Haqiqatga, Ollohga erishishni so‘zlar yordamida ifodalash nihoyatda mushkul. «Olloh»ga yetishi faqatgina ongsiz (xushsiz) holatda sodir bo‘ladi. Musiqa esa ruhiy holatni tayyorlash jarayonida ishtirok etgan.

Tasaviufda musiqa yordamida real hayotiy vokeliklarni tan olmaydi, musiqa albatta reallikdan yuqori turgan deb hisoblanadi.

Shu sababdan cheksiz fantaziyalar, hayollar, sehrli timsollar, hissiyot kabi vositalardan tasavvufda o‘z g‘oyalariga erishish uchun keng foydalanilgan. Ko‘zni yumib musiqa tinglaganda ko‘z o‘ngida g‘aroyib timsollar yuzaga kelgan. Ollohni ko‘z bilan ko‘rish mumkin emas, uni qalb bilan ko‘rish mumkin. Musiqa insonga Ollohni «ko‘rishga» yordam beradi, Tasavvuf ta’limoti musiqani o‘z g‘oyalariga moslashtira oldi. Lekin shu bilan ta’limotni buza olishini ham ko‘ra bili.

Diniy-ilohiy qirralarni ochishda musiqadan keng foydalangan so‘fiylar, gedonistik musiqaga qarshi chiqa boshladilar. Boisi, gedonistik musiqa insonni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itadi, degan fikr yuzaga kelgan.

Hattoki, Haqiqatga erishishga yordam beruvchi musiqani

ham so‘fiylar yoshlarga ishonib topshirmaganlar. Ular faqatgina yoshi ulug‘ ustoz shayxlargina musiqaning haqiqiy qadrini biladilar, deyishar edi. Musiqadan Haqiqatga erishish uchun foydalanish faqatgina ustoz yordamida mumkin bo‘lgan.

Tasavvuf musiqani ijro etilish jarayoniga ham katta e’tibor bergan. Bu erda uchta shartga amal qilinishi lozim bo‘lgan: bu vaqt, joy va birodarlardir. Faqat shundagina musiqa hissiy ma’noga, badiiy ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.

Musiqa muayyan «sozlanish»ni talab qiladi: joy, vaqt, birodarlar esa musiqiy «sozlanish» bilan hamoxang bo‘lishi kerak.

Musiqiy «sozlik» deganda odamning musiqani qabul qilishi uchun ruhan tayyorligi tushuniladi.

Joy, makon deyilganda, musiqa ijro etiladigan joy tushuniladi. U joy dilga xush yoqadigan bo‘lishi kerak. Yovuz odamning uyi yoki g‘amgin odamning uyi bunday ijrolar uchun mos kelmas edi.

Birodarlar deganda, musiqa ijrochisininig oldida musiqani harom deb biluvchi odam o‘tirishi, yoki fikrini jamlamasdan u yon, bu yonga qarab o‘tiradigan odam, yosh insonlar bo‘lishi imkonqadar man etilgan. Bulardan tashqari tasavvuf musiqa ijrochisi va tinglovchidan ma’lum ruhiy tayyorgarlikdan tashqari, musiqa san’ati bilan yaxshi bo‘lishini talab qilgan.

Ijrochilik mahorati muammosi so‘fiylar tomonidan faqatgina Xudoga sig‘inish bilan bog‘liq bo‘lmagan, ular bu muammoni badiiy-estetik muammo deb tafakkur etganlar.

Samo’ (arabchadan – eshitmoq) badiiy-ifodaviy ijrochilikka asoslanadi.

Tasavvuf estetikasi ijrochilarning tashqi qiyofasiga ham alohida e’tibor berganlar. «qavval», ya’nl ijrochi go‘zal chehra, yoqimli ovoz, chiroyli tashqi qiyofaga ega bo‘lishi lozim bo‘lgan.

Bu sifatlarning barchasi musiqa ijrochisiga uni tinglagan inson o‘zining g‘am-anduhi, charchog‘ini unutishi uchun kerak bo‘lgan. Shu bilan birga tasavvuf tabiiy chiroyni yasama chiroydan ustun qo‘ygan. Tasavvuf inson o‘zini gavharlar, chiroyli kiyimlar, pardoz-andoz bilan bezashiga qarshi bo‘lgan. Odam tanasining har bir a’zosi uning xulqi bilan uyg‘un bo‘lishi kerak.

Samo’ diniy-estetik marosim sifatida o‘z ichiga badiiy ijrochilikning to‘rtta qismini olgan:

qur’on, hadislarning badiiy o‘qilishi va xissiy-ruhiy talqini;

Aytim;

Musiqiy (cholg‘u) ijrochilik;



Raqs.

Yuqorida keltirilgan to‘rtta qism bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Ammo ularni tahlil etish uchun har birini alohida ko‘rib chiqish zarur.

Tasavvuf Samo’ marosimini o‘tkazish uchun o‘ziga xos bo‘lgan psixo-fizik uslubni ishlab chiqqan. Unda aniq etiket, aniq tartib, aniq harakatlar bilan o‘zaro bog‘lanib ketgan. Tasavvuf Samo’ marosimi jarayonida to‘g‘ri va harakatsiz turishni, boshni baland tutishni, u yon, bu yonga qaramaslikni talab qilgan. So‘fiy sukut saqlashi va ko‘z yoshi to‘kishi hamda tinmay faqat Olloh haqida o‘ylashi lozim bo‘lgan.

Samo’ marosimi yarim tunda o‘tkazilgan. Marosim o‘tadigan joy keng, tinch va so‘fiy bo‘lmaganlarning ko‘zidan yiroq bo‘lishi kerak edi. Musiqa ijrochilaridan tovushlarning ifodaviyligi va kuylarning ilhomlantiruvchanligi talab etilgan.

Samo’ vaqtida yangraydigan musiqa o‘znniig garmoniyasi, ichki ma’nosining boyligi bilan muridlarga ta’sir ko‘rsatmog‘i kerak bo‘lgan.

Tasavvufning tarqalishi jarayonida ko‘pgina iste’dodli qo‘shiqchilar va musiqachilar bu yo‘lga kirgan edilar. Ular o‘zlarining san’atlarini yuksak darajaga etkazib, yangi kuylar yaratdilar. Yangi musiqiy cholg‘ular yaratdilar.

So‘fiylik ta’limotida «vajd» deb nomlanuvchi holat mavjud. Vajd holati tasavvufning estetik doktrinasida ruhiy-estetik jarayon sifatida gavdalanadi.

Vajd holatining shartlari tasavvuf nazariyotchilari tomonidan aniq belgilab berilgan.

Vajd holatida inson o‘zligini unutishi, his etmasligi, ongini ishga solmasligi lozim. Aynan vajd holatida so‘fiy baxtning eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Odam go‘yoki, o‘zligida Ollohni ko‘radi.

Tasavvufning estetik doktrinasida zikr alohida o‘rniga ega. Zikr turli tariqatlarda asosan 2 shaklda o‘tkazilgan.

Zikrning birinchi shakli haqida yuqorida gapirib o‘tildi (samo’ xususida). Ikkinchi shakli – past tovushli sukutli zikr bo‘lib,

unda baland ovozli ijro va musiqa yo‘q. Tasavvuf estetikasi zikrda fantaziya, hayolotga keng yo‘l ochib berib, shu bilan birga ongga yo‘lni berkitar edi. NazariyI jihatdan zikrga barcha hohlovchilar, ya’ani erkak va ayollar qo‘yilardi (12 yoshdan boshlab). Ammo unda ishtirok etuvchilar unchalik ko‘p bo‘lmagan. Buning uchun chidam, usulni his etish kabi hislatlar bo‘lishi kerak edi. Chunki zikr bir necha soatdan, bir necha kungacha (tanaffuslari bilan) davom etishi mumkin bo‘lgan. Zikr ishtirokchilari “xuva xaq” deb hayqirib turishardi. Vu hayqiriqlar ma’lum ritmik harakatlar bilan ijro etilardi. Zikr ishtirokchilari kuchli ovoz sohibi bo‘lishi, eslab qolish qobiliyati yaxshi bo‘lishi hamda so‘fiy shoirlarning she’rlarning she’rlarini bilishlari shart bo‘lgan.

So‘fiylik ta’limotini o‘rganuvchi zamonaviy tadkiqotchi Demidovning fikricha, so‘fiylar zikr o‘tkazish tizimidan insonni davolashda ham foydalanganlar.

Tasavvuf Ollohga erishish yo‘lida inson barcha musiqiy cholg‘ulardan foydalanishni talab qilgan: rubob, nay, doira, g‘ijjak, setor va hokazolardan. Murshidlar shunday deb muridlariga saboq berishgan.

Shuni ham ta’kidlash zarurki, har bir davrning o‘z qiyinchiliklari bo‘lgan. Odamlarning hayot kechirish tarzi ancha qiyin bo‘lgan. Shu sababli odamlar real hayotdan biroz chalg‘ish maqsadida hayolot dunyosnga g‘arq bo‘lishga harakat qilganlar. So‘fiylar odamlarning bunday ruhiyatidan foydalangan holda yerdagi hayot va qiyinchiliklardan chekinishning yagona yo‘li – bu Ollohga muhabbat bo‘lib, unga yetishish uchun musiqa va aytimlar vosita deyilgan.

So‘fiylik tizimida vajd holati orqali “fano”ga erishiladi. Tasavvufda musiqa orqali poklanish, genetik jihatdan juda qadim zamonlarga borib taqaladi (Avestoning dunyoqarashlar tizimi). Tasavvuf estetika nazariyasida qo‘rquv, g‘ayrioddiy ritmik harakatlar (tana), baqiriq, g‘am, ko‘z yosh, o‘lim va qiyinchilikda inson qalbi poklanadi, deb hisoblab undan so‘ng odam Ollohga yetishadi, deyiladi.

qiyinchilik, o‘zlikni yo‘qotishdan so‘ng so‘fiy qayta tug‘iladi. Har bir donishmand o‘limdan so‘ng yangi hayot boshlanishini bilgan. Masalan, Abu Saidning hayotiy yo‘li uning (xudo yo‘lidagi) qiynnchiliklari – bu hayotiy fojea, xissiyot va ongni

yo‘qotishdir.

Tasavvuf, musiqadan yuqorida aytib o‘tilganidek poklanishga erishish uchun vosita sifatida foydalangan. Tasavvufdagi poklanish g‘ayritabiiy harakterga ega. So‘fiylik estetikasi raqsni keng yo‘lga qo‘ygan yagona ta’limot bo‘ldi. Bu holat ko‘plab so‘fiy nazariyotchilar va amaliyotchilarni o‘ylantirgan. Ular raqsni badiiy-estetik kuchini chuqur tafakkur etganlar va raqs hayotiy tonusni ko‘taradi, deb bilganlar.

Raqs san’atnga so‘fiy Ansoriy Abdullo ko‘plab hikoyalarini bag‘ishlagan.

Tasavvuf tarixida raqs san’ati estetik ta’sir, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi.

So‘fiylikda musiqa va raqs estetik zavq bag‘ishlashi haqida fikr yuritiladi. G‘azzoliy zavqning turlari haqida gapirib o‘tgan. Chiroyli ovoz, suvning jildirlab oqishi, yashil maysalar quloqqa, ko‘zga, burunga zavq bag‘ishlaydi.

X-asrdan boshlab Markaziy Osiyoda tasavvuf g‘oyalari ayniqsa keng tarqala boshladi. Tasavvuf asoschilari hisoblanmish Boyazib Bistomiy, Junayd al-Bag‘dodiy, Mansur Halloj, Shahobiddin Suxravardiy, kabi mutafakkirlarning ta’limotlari musiqiy-estetik mohiyat kasb etgan «samo’» tushunchasiga katta e’tibor beradi. Musiqaning iloxiy ta’sir kuchi, uning yuksak estetik imkoniyatlari tasavvuf nazariyotchilari tomonidan chuqur o‘zlashtirilgan va musiqa san’ati ilohiy haqiqatga erishishning, Olloh bilan birlashishning yagona vosita sifatida ta’riflangan. Shu bois X-asrdan boshlab yozilgan tasavvuf risolalarining deyarli barchasida musiqaga, ya’ani «samo’»ga maxsus bag‘ishlangan fasl yoki boblar keltirilgan. Samo’ga oid risolalarning eng qadimiysi Buxorolik tasavvuf ma’rifatchisi Abu Bakr bin Abu Ishoq al Buxoriy al-Kalobodiyning (vafoti 994 y.) «Kitab ut-taarruf» asaridagi «qavluhum fis-samo’» bobi sanaladi (muallif buxorolik to‘rt buyuk, Chorbakrlarning biridir. Uning qabri Buxorodagi Kalobod mavzesida hozirgacha saqlanadi).

Buxoriy-Kalobodiy o‘z asaridagi «samo’» bo‘limida qur’on, Hadis va boshqa diniy manbalarga asoslanib, musiqaning halol va harom jihatlari xususida rIVoyatlar keltiradi. Kalobodiy birinchi bo‘lib, musiqiy-estetik «Vajd» tushunchasini falsafiy jihatdan asoslab beradi; uning ma’rifat va ilohiy muhabbat jarayonida tutgan yuksak al oilada tug‘ilgan. U musiqa asbobida chalishni va ashula aytashni

vazifasini e’tirof qiladi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish