To‘pni bir qo‘lda yuqoridan uzatish.
Bunday uzatishlar o‘yinda
ancha kam qo‘llaniladi, kamdan-kam hollarda sakrash tayanch holatida
ham bajarilishi mumkin. Ba’zida ular trayektoriya bo‘yicha aldovchi
zarbalar bilan kuzatiladi, biroq boshqa vaziyatlarda zarba uzatishlari ham
shunday bajariladi. Odatda u to‘pning raqib tomonga uchib o‘tishida
sodir bo‘ladi. To‘pning yuqori to‘r ustidan balandga uchib o‘tayotganida
to‘pga ba’zida faqat bir qo‘llab yetish mumkin, shuning uchun bunday
texnik usul kam qo‘llaniladi.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |