O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


To‘pni  o‘yinga  rejali  kiritish



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

To‘pni  o‘yinga  rejali  kiritish.
  To‘pni  o‘yinga  rejali  kiritishni 
bajarishda  o‘yin  vazifalarini  samarali  hal  etish  shartlarini  aniqlashdan 
oldin predmetlar harakat trayektoriyasining sakrashsimon to‘pni o‘yinga 
kiritishlarini  keltirib  chiqaruvchi,  mutaxassislarga  ilgaridan  ma’lum 
bo‘lgan,  turbulentlik  mexanizmini  izohlash  zarur.  U  voleybolda 
“rejalashtirish” deb ataladi, rejalashtiruvchi uzatishlar nomi ham shundan 
kelib chiqqan. 
Ta’kidlash  kerakki,  foydalanilayotgan  atama  unchalik  ommabop 
emas, chunki u aerodinamikada mutlaqo boshqacha ma’noga ega. Unda 
rejalashtirish  deyilganda  havoda  uning  oqimlari  ko‘tarilish  kuchidan 
foydalangan  holda  biror-bir  jismning  (har  qanday  shakldagi  emas) 
harakati tushuniladi. U rejalashtirilayotgan predmetning yuqori va pastki 
tomonlaridagi  havoning  har  xil  bosimlari  oqibatida  vujudga  keladi. 
Bundan  uchish  masofasi  ko‘payadi.  Sharsimon  shaklga  ega  bo‘lgan 
jismni  rejalashtirib  bo‘lmaydi.  Uning  uchish  trayektoriyasi  oldindan 
barqaror,  yerning  tortish  maydonidan  uzoqlashuvchan  va  shamolning 
borligi,  shuningdek,  uloqtirish  yoki  zarba bilan berilgan dastlabki tezlik 
bilan aniqlanadi. Trayektoriyaning aniq o‘zgarishlari uchuvchi sharsimon 


115 
jismning  aylanishida  ham  mumkin  –  ushbu  burchak  tezligi  qancha 
yuqori bo‘lsa, u aylanish tomoniga shuncha ko‘proq og‘adi. 
Og‘ish,  shuningdek,  aylanish  hisobidan  havo  oqimining  bir  qismi 
to‘p ortidan “ergashishi” oqibatida vujudga keluvchi bosim farqlari bilan 
ham  paydo  bo‘ladi.  To‘p  aylanayotgan  tomonga  havo  oqimlari 
tartiblanadi,  bu  ularning  bosimi  kamayishiga  olib  keladi.  Teskari 
tomonda  esa,  aksincha,  to‘pga  ergashayotgan  havo  oqimi  qarshi  havo 
oqimi  bilan  to‘qnashadi  (to‘pning  uchish  yo‘nalishiga  nisbatan)  va 
yuqori  bosim  zonasi  hosil  bo‘ladi.  Bunda  to‘pga  uning  uchish 
trayektoriyasiga  perpendikular  ta’sir  etuvchi  kuch  vujudga  keladi.  U 
snaryadni aylanish tomoniga og‘diradi. 
Aylanmasdan  uchayotgan  jismda  esa  bu  holat  mutlaqo  boshqacha 
bo‘ladi.  Buni  voleybol  to‘pi  misolida  ko‘rib  chiqamiz.  Aylanmayotgan 
to‘p,  odatda,  aerodinamika  nazaryasida  laminar  deb  ataluvchi  havo 
oqimida  harakatlanadi.  Havoning  laminar  oqimlari  to‘pni  har  tomonga 
aylanib  o‘tadi,  to‘pning  oldida,  itarilishi  asosidagi  havo  zarbalari 
hisobidan  yuqori  havo  bosimi  sohasi  paydo  bo‘ladi,  orqada  esa, 
aksincha,  past  bosimli  zona  yaraladi.  Bosimlardagi  ushbu  farq  (yerning 
tortishish kuchi bilan birgalikda) to‘pning uchish trayektoriyasi tezligi va 
uzunligi kamayishiga yordam beradi. 
Bu  manzara  doimo  kuzatilmaydi.  Ma’lum  bir  tezlik  oralig‘ida 
(voleybol  to‘pi  uchun  17-19 
ms
)  aerodinamikadagi  turbulentlik 
boshlanadi,  uning  kuchi  bilan  to‘p  uchish  trayektoriyasini  keskin  va 
oldindan  bilib  bo‘lmas  darajada  o‘zgartirishga,  yuqoriga  va  pastga  yoki 
o‘ngga-chapga sakrashlarga  o‘tish mumkin. Aynan ushbu holat  o‘yinga 
kiritilgan  to‘pni  qabul  qilishni  qiyinlashtiradi,  uning  sifatini  texnik 
xatolik  darajasigacha  olib  boradi.  Aylanishsiz  uchayotgan  to‘p 
trayektoriyasining  bunday  sakrashsimon  o‘zgarishlarini  voleybolda  xato 
rejalashtirish deb ataladi. 
Turbulentlik oqibatida trayektoriyaning keskin o‘zgarishlari vujudga 
kelish  mexanizmlari  quyidagicha:  to‘pning  aylanishsiz  uchish  tezligini 
pasaytiruvchi sabab ko‘rib chiqilgan edi – bu havoning qarshiligi. To‘pni 
o‘yinga  kirituvchining  zarbasidan  so‘ng  birdaniga  to‘p  25-30 
m/s
 
tezlikka  ega  bo‘ladi  va  havoning  laminar  oqimida  uchadi.  Tezlik  kritik 
qiymatgacha  (17-19 
m/s
)  pasayganda  to‘pni  aylanib  o‘tuvchi  havo 
oqimlari  girdob  holatiga  o‘ta  boshlaydi.  Ushbu  girdob  havo  oqimlari 
to‘pning  orqasida  yuqori  bosim  sohasini  yaratadi.  To‘p,  shu  tarzda 
oldinda ham, orqada ham (to‘pning uchish yo‘nalishiga nisbatan) yuqori 
havo  bosimida  bo‘ladi  va  muayyan  bir  vaqtda  havo  oqimi  girdobi 


116 
ta’sirida bosim ham siqib chiqariladi. Uning harakat trayektoriyasi, shu 
tarzda, oldindan bilib bo‘lmaydigan sakrashsimon harakatlar qiladi, buni 
samolyotda  parvoz  qilganlar  yaxshi  bilishadi.  Samolyotlar  tez-tez 
turbulentlik holatiga tushib qoladi va havo kemasi “chayqala” boshlaydi. 
Tezlik  17 
m/s
  dan  kam  darajagacha  pasayganda  havo  oqimi  yana 
laminarlashadi  va  to‘p  yana  barqaror  bo‘lib,  uchish  trayektoriyasini 
aniqlab  bo‘lmadigan  holatga  o‘tadi.  Eng  yuqori  natijaga  erishish  uchun 
to‘pni  o‘yinga  kirituvchi  zarba  kuchini  shunday  hisoblash  kerakki, 
turbulentlik hodisasi, to‘p raqibning qabul qilish zonasiga yetib borganda 
namoyon bo‘lib, uni bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazib berish qiyinlashsin. 
Ta’kidlash  mumkinki,  uzoqdan  uzatishlarda  (tashqi  chiziqdan  4-6 
metr 
masofadan) 
uchib 
borayotgan 
to‘p 
trayektoriyasining 
sakrashsimonligi  oshadi  –  sakrashlar  ancha  keskin  va  uzunroq  bo‘ladi. 
Ehtimol,  bu  shunga  bog‘liqki,  ancha  yuqori  boshlang‘ich  tezlikda  to‘p 
o‘z  uchish  trayektoriyasini  19 
m/s
  tezlik  chegarasigacha  sakrashsimon 
o‘zgartira  boshlaydi,  bunda  bosim  o‘zgarishlari  17 
m/s
  chegarasidan 
ko‘ra  yuqoriroq  bo‘ladi.  Shunday  qilib,  rejalashtiruvchi  uzatishni 
bajarishdagi  asosiy  vazifa  –  to‘pga  aylanmay  uchish  zarbasini  berish 
kerak – bu uning uchish trayektoriyasi sakrashsimon bo‘lishining asosiy 
shartidir.  Uruvchi  qo‘l  va  to‘pning  o‘zaro  birgalikdagi  zarbasi  muhim 
xususiyatga  ega:  zarba  beruvchi  qo‘l  o‘z  o‘qi  atrofida  harakatlanadi  va 
shu  tarzda  zarba  yonga  beriladi,  to‘pga  esa  uzluksiz  va  o‘z  markazi 
atrofida  aylanmaydigan  harakat  berish  lozim.  Buning  uchun  zarba 
kuchining  ta’siri  uchish  trayektoriyasi  chizig‘i  bo‘ylab  yo‘nalgan  va 
to‘pning markazi orqali o‘tgan bo‘lishi lozim. 
Vektor kuchining trayektoriya bilan ishonchli mos kelishini oshirish 
va  to‘p  markaziga  “urish”  uruvchining  radius  uzunligini  oshirish  bilan 
amalga  oshiriladi.  Bunda  yo‘lning  katta  qismida  uruvchi  kaftning 
chiziqli  tezlik  vektori  va  to‘pning  talab  etilayotgan  uchish  yo‘nalishi 
o‘zaro mos kelishi sharti ta’minlanadi. 
Zarba  beruvchining  aylanish  radiusi  quyidagi  shartlar  bajarilganda 
oshadi:  zarba  oldidan  qo‘lning  to‘liq  to‘g‘ri  holatdaligi,  uruvchi  qo‘l 
yelkasining  ko‘tarilishi,  gavdaning  zarba  tomon  burilishi  va  zarba 
harakati  vaqtida  gavda  og‘irligini  bir  oyoqdan  ikkinchisiga  o‘tkazishda 
oshadi – bularning barchasi zarba beruvchining aylanish  o‘qini tananing 
umumiy  og‘irlik  markazigacha  va  hatto  pastroqqacha  ham  siljitishni 
ta’minlaydi. Bunda  zarba beruvchining  og‘irlik  xarakteristikasi  – uning 
inersiya  soniyasi  oshadi,  bu  zarba  beruvchi  bo‘g‘inlarning  kinetik 
energiyasini ko‘paytiradi. 


117 
Zarba  jarayonida  tezlik  vektorining  ishonchi  moslashuvini  amalga 
oshirishning boshqa bir yo‘li – qo‘l va to‘pning o‘zaro zarba harakatlari 
vaqtini  kamaytirishdir.  Bunga  qo‘yiluvchi  kuch,  zarba  beruvchi 
qattiqligini  (to‘pga  energiya  uzatish  koeffitsienti  oshadi)  oshirish  va 
birgalikdagi zarbadan so‘ng erishiladi. Shu tarzda, zaruriy tezlikda qattiq 
richag bilan qisqa (to‘p zaruriy tezlanishni olishi va raqib maydonchasiga 
tushishi  uchun)  zarba  berish  kerak.  Uruvchi  richagning  tezligi  va 
qattiqligi, shuningdek, tananing zarba beruvchi bo‘g‘inlarini tezlashtirish 
jarayonida aloqaning “qattiq” sxemasidan foydalanishi mumkin. 
Ishonchni ta’minlashning boshqa uchinchi uslubi harakatlanayotgan 
to‘pga  zarba  berishdir,  buning  uchun  to‘pni  shunday  tashlash  joizki,  u 
zarba  berish  vaqtida  yuqoriga  ko‘tarilgan  qo‘l  masofasida  to‘xtashi 
kerak.  To‘p  tashlangandan  so‘ng  u  to‘xtagan  va  hali  pastga 
tushayotganida zarba berilishi kerak. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish