O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Sakrash  va  tushishda  to‘pni  yuqoridan  uzatishlar



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Sakrash  va  tushishda  to‘pni  yuqoridan  uzatishlar
.  O‘yinda 
ba’zan  shunday  vaziyatlar  vujudga  keladiki,  bunda  yuqoridan 
uzatishlarni  faqat  sakrashda  yoki  tushganda  bajarish  mumkin  bo‘ladi. 
Sakrashdagi  uzatish  to‘p  raqib  tomonga  uchib  o‘tganda,  uzatuvchining 
boshi  ustidan  o‘tib  chetga  chiqib  ketayotganda  yoki  muddatidan  oldin 
birinchi 
tempdagi 
hujumchining 
to‘pga 
sakrashi 
hollaridagina 
foydalaniladi. 
Tushishda  (qoida  tariqasida  orqaga  o‘girilish  bilan)  yuqoridan 
uzatishlarda  birinchi  tempdagi  hujumchining  to‘pga  ertaroq  chiqish  va 
sakrash holatlarida musht holatida to‘pga zarba beriladi. 
Sakrash  joyida  turib,  shuningdek,  harakatlangandan  keyin  ham 
uzatish  bajariladi.  Masalan,  to‘pni  sherikka  “uzatishda”  yoki  balandroq 
sakrash  uchun  bajariladi.  Uzatish  uchun  sakrashlarni  bir  yoki  ikki 
oyoqda siltanib bajarish mumkin, ko‘pincha ikkinchisi afzal hisoblanadi. 
To‘pga  sakrashning  yuqori  nuqtasida  ishlov  berish  qulay  va 
foydaliroqdir.  Bunda  himoyachining  gavdasi  go‘yoki  havoda  “to‘xtab 
qolgandek”  bo‘ladi.  Yuqoridan  sakrash  bilan  uzatilganda  to‘p  faqat 
qo‘llar  yordamida  tezlashtiriladi,  chunki  himoyachi  havoda  turgan 
bo‘ladi  va  oyoqlari  bilan  yordam  bera  olmaydi.  Bunda  to‘pga  ishlov 
berish vaqti va yo‘lining ko‘paytirilishi uzatishning aniqligi uchun ham, 
uzoqligi  uchun  ham  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bu  to‘pga  ikki 
tomonlama  yumshoq  usulda  tirsakdan  bukilgan  qo‘llar  bilan  ishlov 
berilganda osonroq ta’minlanadi. 
To‘pni  tezlantirish  ishida  oyoqlarning  ishtirok  etmasligi, uzoqqa  va 
yuqoridan  uzatishlarda,  qo‘llarga  tayanch  holatidan  ko‘ra  ko‘proq  kuch 
qo‘yilishni talab etadi. Bu aniqlikka salbiy ta’sir etadi: yaqin masofalarga 
to‘pni  uzatish  esa,  uzoqdagilarga  qaraganda  ancha  aniqroq  bo‘ladi. 


110 
Uzatuvchilar  oyoqlarini  ishlatmay  turish  va  qo‘shimcha  kuchdan 
foydalanish  uchun  butun  gavdaning  yuqoriga  harakatlanishi  vaqtida, 
(harakat  trayektoriyasining  yuqori  qismida)  to‘pga  qancha  katta  tezlik 
berish zarur bo‘lsa, shuncha ertaroq uzatishni bajarishlari mumkin. 
Sakrab  uzatishlarda  to‘pning  zarba  nuqtasigacha  uchib  borish  yo‘li 
qisqaradi  va  bu  ayniqsa,  qisqa  uzatishlarda  sezilarli  bo‘ladi.  Ko‘pchilik 
murabbiylar, bog‘lovchi o‘yinchilarni to‘pni qabul qilish trayektoriyasini 
pasaytirishga majburlab,  doimiy  ravishda,  sakrab uzatishga  o‘rgatadilar. 
Biroq  bunda  ikkinchi  tempdagi  hujumchilarning  baland  va  uzoqqa 
uzatishlari  aniqligi  pasayadi.  Bundan  tashqari,  bog‘lovchi  o‘yinchilar 
ko‘pincha  to‘pga  yetib  bora  olmaydi,  ayniqsa,  sifatsiz  qabulda  –  to‘p 
pastlashgan  trayektoriyada  o‘yinchiga  tegishi  bilan  sakrab,  raqib 
tomonga uchib ketadi. Shunday qilib, agarda taktik maqsadga muvofiqlik 
va  o‘yin  shartlari  yo‘l  qo‘ysa,  uzatishni  tayanch  holatda,  ikki  qo‘llab 
yuqoridan uzatish lozim. 
Ta’kidlash  joizki,  sakragan  holatda  yuqoridan  uzatishlarda  to‘pni 
uzatish  o‘yinchiga  salgina  tegib  raqib  tomonga  o‘tkazib  yuborishlarni 
ham  yengilgina  qo‘llash  mumkin.  To‘pni  ikki  qo‘llab  yuqoridan 
uzatishda  yuqori  aniqlikni  ta’minlash  uchun  aniq  harakatlarni  amalga 
oshirish  lozim.  To‘pning harakat  vaqti  va  yo‘lini ko‘paytirish  hisobidan 
to‘pga ta’sir etuvchi kuchning miqdorini kamaytirish kerak.  
Bu quyidagi shartlar bilan ta’minlanadi:  
-
 
to‘pga  tezlik  berishda  oyoqlarning  (asosan  tizza-tovon  bo‘g‘inlari 
harakati hisobidan) ishtirok etishi; 
-
 
to‘pga “ikki tomonlama yumshoq” usulda ishlov berish;  
-
 
qo‘lni  tirsak  bo‘g‘inlaridan  to‘g‘rilamagan  holda,  to‘pni  “jonli 
devor” orqali uzatish; 
-
 
to‘p ostiga kirish uzatish aniqligini oshiradi; 
-
 
sakrashda  to‘pni  uzatish  texnikasini  xuddi  avvaldagidek,  biroq 
oyoqlar unda qatnashmaydi; 
-
 
bir  qo‘llab  yuqoridan  to‘pni  uzatish  ishlov  berishning  “bir 
tomonlama yumshoq” usuli mexanizmi asosida bajariladi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish