To‘p bilan oddiy ishlash texnikasi
. Qo‘llar harakati xuddi bir
tomonlama yumshoq usulda ikki qo‘llab uzatishga o‘xshaydi. To‘p bir
qo‘lning yarim taranglashgan panjalari bilan, uzatish qanchalik qisqa
bo‘lsa, shunchalik yumshoq ishlanadi. Avvaliga to‘p barmoqlarning
uchiga tegadi, keyin u butun uzunligi bo‘yicha egiluvchan barmoqlarga
joylashadi, keyin esa qo‘ldan teskari tartibda uchib chiqadi. Qo‘l oldinga
chiqarilgan tirsaklar bilan keng diapazonda (to‘liq to‘g‘rilanguncha ham)
bukilishi va yuqoridan uzatishda to‘pga qancha katta tezlik talab etilsa,
shu darajada tezlik bilan yozilishi mumkin.
Gorizontal
va
pastlashuvchi
trayektoriyada
to‘pni
uzatish
barmoqlarning egiluvchan kuchlari va kaft bo‘g‘inlarining faol harakati
hisobidan, to‘g‘rilangan qo‘l bilan oson bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |