O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

 
 
Tirsaklar  shunday  yozilgan  bo‘lishi  kerakki,  tashqariga  ochilgan 
bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoqlar uchlari  o‘rtasidagi masofa to‘pni 
uzatishgacha,  uzatish  vaqtida  va  keyin  ham  bir  xilda  bo‘lishi  lozim. 
To‘pni  jipsroq  va  ishonchliroq  egallash  shunday  ta’minlanadi  va 
bo‘shashuvchan  harakatning  (barmoq  suyaklari  tomonga)  mumkin 
bo‘lgan  eng  katta  amplitudasida,  barmoq  kaft  bo‘g‘inlari  yo‘nalishida 
to‘pni faol amortizatsiyalash amalga oshiriladi. To‘p pasayuvchi, bartaraf 
etuvchi,  qisman  barmoq  va  qo‘llar  tegishli  elementlarining  passiv 
egiluvchan kuchlari hisobidan sekinlashtiriladi va tezlashtiriladi.  
Agar  tirsaklar  keraklik  darajasidan  ko‘proq  yozilgan  bo‘lsa,  unda 
ko‘rsatkich barmoqlar o‘rtasidagi masofa biroz kamayib, bosh barmoqlar 
o‘rtasidagi  masofa  ko‘payadi.  Agar  tirsaklar  zarur  bo‘lganidan  kamroq 
yozilsa,  unda  bosh  barmoqlar  orasidagi  masofa  qisqarib,  ba’zi  hollarda 
nolgacha yetadi, ko‘rsatkich barmoqlar o‘rtasidagi masofa esa birmuncha 
oshadi.  Shu  tarzda,  ikkala  qo‘lning  bosh  va  ko‘rsatkich  barmoqlaridan 
tashkil  topgan  tarqoq  “uchburchak”ka  mo‘ljal  olmasdan,  balki,  bosh 
barmoq  va  ko‘rsatkich  barmoqlarning  uchlaridan  tashkil  topgan  to‘g‘ri 
burchakka  e’tibor  qaratish  lozim,  bu  boshqa  talablar  bilan  birgalikda 
to‘liq mazmun kasb etadi. 
To‘p  bilan  ishlash  ishonchli  ikki  tomonlama  yumshoq  usul  bilan 
to‘pni uzatishni aniqroq amalga oshirish uchun, yana bir qator shartlarni 
bajarish kerak. 


106 
To‘p  bosh  va  ko‘rsatkich  barmoqlarning  butun  uzunligiga  tegib 
turishdan  tashqari,  bir-biriga  ma’lum  bir  burchak  ostida  kaftlarning 
chekkasiga ham tegib  turishi mumkin. Buning uchun, qo‘l barmoqlarini 
to‘pni  uzatishdan  oldin  shunday  tutish  lozimki,  kaftlarning  eng  yaqin 
qismlari o‘rtasidagi masofa to‘pning diametriga teng yoki biroz kattaroq 
bo‘lishi lozim. Agar to‘p faqat eng chekka barmoq bilan (ko‘pincha bosh 
barmoqlarda shunday bo‘ladi) ushlansa, uzatish noaniqroq bo‘ladi. 
Qo‘lning bosh barmoqlari bevosita to‘pga tegishidan oldin dastlabki 
holatida  bir-biriga  qaratilgan  bo‘lishi  va  ularning  amortizatsiyasi  bosh 
barmoqlarning  boshqalariga  qarama-qarshi  qo‘yilishi  tomonga  emas, 
balki  yo‘nalish  tomonga  mo‘ljal  olgan  bo‘lishi  kerak.  To‘pning 
amortizatsiyasida  barmoqlar  harakati  barmoq  suyaklari  tomonidan 
amalga  oshiriladi.  Bunday  holatda  barmoq  bo‘g‘inlarining  anatomik 
tuzilishi to‘pning amortizatsiyasi va tezlanishini eng yuqori amplitudada 
boshqarishga imkon beradi, bu uzatish aniqligini oshiradi. 
To‘p  bilan  o‘zaro  ta’sirlashuv  jarayonida qo‘lni  tirsak  bo‘g‘inlarida 
unchalik katta bo‘lmagan burchak siljishlari bilan, yarim bukilgan holda 
ushlab  turish  lozim.  Bunday  holatda  to‘p  bilan  ishlashda  kuch  qo‘yish 
natijasida  yelkadagi  muskullarning  tortish  kuchi  ko‘payadi  –  bu 
aloqaning  yumshoq  ko‘rinishi  uchun  qulaydir.  O‘yinchida  muskul 
kuchlanishlarini ancha yaxshi tartibga solish imkonyati paydo bo‘ladi, bu 
uzatishning aniqligini oshiradi. Shu tarzda, qo‘llar odatdagi uzatishlarda 
to‘g‘rilanmasligi  kerak.  Aks  holda,  harakatni  tashkil  etishda 
shakllantirilgan  talablarni  bajarish  qiyinlashadi  yoki  umuman  bajarib 
bo‘lmaydi.  To‘p  bilan  ishlashda  tirsak  bo‘g‘inlarida  qo‘lni  bukish  eng 
kichik amplitudada uzatishni ko‘proq amalga oshirish kerak. 
Qo‘l  to‘liq  to‘grilanganidan  barmoqlarning  mo‘ljal  olishlari 
o‘zgaradi,  ular  “qattiq”  va  ikki  tomonlama  ushlashsiz,  faqat  bir 
tomondangina  ishlov  berishga  qodir  bo‘ladi.  Natijada  to‘pga 
harakatlantiruvchi  kuch  yo‘li  ham,  vaqti  ham  kamayadi,  bu  uzatishning 
ishonchliligini va aniqligini pasaytiradi. 
Uzatishda qo‘lning to‘g‘rilanishi – qo‘l va to‘pning vaqt va masofa 
ortishidek  tuyiladi.  Haqiqatda  esa  to‘g‘rilangan  holatda  o‘yinchi  to‘pni 
qanchalik  qattiq  usuldan  foydalanish  va  to‘pni  uzatish  trayektoriyasi 
qanchalik  uzunligiga  mos  holda  balandroqda  uchratadi.  Qo‘lni 
to‘g‘rilash  faqat  uzun,  juda  yuqoridan  yoki  katta  tezlikdagi 
uzatishlardagina  mumkin,  bunda  to‘p  qo‘ldan  yuqori  tezlikda  uchib 
ketadi.  Uni  himoyalovchi  o‘yinchi  to‘pni  tezlashtirishga  intiladi,  biroq 


107 
o‘zidan  xuddi  odatdagi  uzatishdagi  standart  sharoitlarda  qo‘llar  tirsak 
bo‘ginlarida yarim egilgan holda bo‘ladi, qo‘llar keng yozilmaydi. 
Qisqa  vaqtda  katta  kuch  bilan  to‘pning  yuqori  uchish  tezligini 
ta’minlash  uzatish  aniqligining  pasayishiga  olib  keladi,  chunki,  qayd 
etilganidek, katta muskul kuchlanishlari yomonroq darajada farqlanadi. 
Yuqoridan  uzatishlar  aniqligini  ta’minlanishning  yuqorida 
belgilangan  barcha  shartlari  “jonli  devor”  ta’moyili  bo‘yicha  to‘p  bilan 
ishlashning  “ikki  tomonlama  yumshoq”  usulida  eng  to‘liq  darajada 
ro‘yobga chiqariladi.  
To‘p ikki tomondan, asosan har ikkala qo‘lning bosh va ko‘rsatkich 
barmoqlari  bilan,  qisqa  muddatda,  jips  ushlash  (fotosurat  yordamida 
qayd  etish  mumkin)  orqali  sekinlashtiriladi  va  teskari  yo‘nalishda 
tezlashtiriladi. Bosh barmoqlar to‘xtash jarayonida to‘pga butun uzunligi 
bo‘yicha  tegib  turishi  va  himoyalanuvchining  bo‘yiga  mo‘ljal  olgan 
bo‘lishi  lozim.  Ular  to‘p  bilan  o‘zaro  ta’sirlashuvni  tugatgach, 
amortizatsiya holatidan (bosh barmoqlarni oldinga chiqarmagan holatda) 
dastlabgi  holatga  qaytadi.  Tashqi  tomondan  bu  to‘pni  egiluvchan 
devorga otishni eslatadi va shu sababli tegishlicha nomlanadi. 
“Jonli devor” bir tekislikka mo‘ljal olgan, qo‘l barmoqlari va kaftlar 
yarim  kuchlangan,  to‘g‘rilangan,  keng  yozilgan  holatida  yasaladi. 
Barmoqlar  o‘yinchiga  uchib  kelayotgan  to‘pni  sekinlatishni  amalga 
oshirib, qisqagina jips ushlashga bo‘shashuvchi harakatni bajarib, to‘pni 
butun  uzunligi  bo‘yicha  ushlaydi,  uning  tezlashtiruvi  esa  barmoqlar  va 
qo‘llarning  dastlabki  holat  –  “jonli  devor”  o‘tishdagi  teskari  harakati 
yo‘lida  amalga  oshiriladi.  Shu  tarzda,  qo‘l  barmoqlarning  holati 
uzatishgacha  va  undan  keyin  ham  bir  xilda  va  bir  tekislikda  bo‘ladi. 
Tizza-tovon  bo‘g‘unlaridagi  faol  ishlash  bilan  biriktirilganda  “jonli 
devorga”  to‘pni  tezlashtirish  uzatishning  eng  yuqori  aniqligini 
ta’minlaydi.  Shunday  qilib,  to‘pni  yuqoridan  uzatishda,  oyoq  uchida 
biroz  ko‘tarilib,  oyoqlarni tizza bo‘g‘inida,  qo‘llarni  tirsak bo‘g‘inlarida 
biroz egish hisobidan “jonli devor” bilan to‘pga ishlov berish zarur. 
“Ikki  tomonlama  yumshoq”  usulda  uzatishdan  foydalanish 
bog‘lovchi  o‘yinchining  taktik  zahirasini  ancha  oshiradi.  Bu  uzatishda 
to‘pni  ikki  tomondan  jips  holda  qisqa  vaqt  ushlash  hisobidan 
ta’minlanadi, bu himoyachi  o‘yinchiga tezlashtirish jarayonida to‘pning 
uchish burchagini ancha keng chegaralarda o‘zgartirish imkonini beradi. 
To‘pga  ikki  tomonlama  yumshoq  ishlov  berilishi,  barmoq 
bo‘g‘inlari,  harakati  hisobidan  deyarli  har  qanday  holatda  ham  orqaga 
yoki  oldinga  uzatishga  imkon  beradi,  bo‘g‘lovchi  o‘yinchilar  o‘z 


108 
san’atkorlik  qobilyatlarini  keng  namoyon  etishlari,  uzatish  yo‘lini 
yashirishlari  va  raqib  to‘siq  qo‘yuvchilarini  adashtirishlari  mumkin 
bo‘ladi. To‘pga bir tomonlama (to‘liq ushlanmasdan) ishlov berishda bu 
qiyin  bo‘ladi  –  o‘yinchi  orqaga  uzatishda  to‘pni  quvib  o‘tishi  yoki 
oldinga  uzatishda  to‘pgacha  yetib  bormasligi  mumkin.  Shu  tarzda, 
tasdiqlash  mumkinki,  aynan  ikki  qo‘llab  yuqoridan  “ikki  tomonlama 
yumshoq”  usulda  to‘pni  uzatish  texnikasida  samaradorlik  aniqlangan 
shartlar to‘laroq amalga oshiriladi. 
Biroq,  voleybolchilar  orasida  bunday  uzatish  usuli  juda  kam 
uchraydi, 
buni 
egallaganlarning 
deyarli 
barchasi 
bog‘lovchi 
o‘yinchilarga  aylanadilar.    O‘z  vaqtida  to‘pga  “ikki  tomonlama 
yumshoq” usulda ishlov berish usulidan R.Hamidullayev, A.Teshaboyev, 
M.Karpov va boshqa o‘yinchilarimiz foydalanganlar. 
Ma’lumki,  harakat  vazifalarini  samarali  hal  etishning  barcha 
talablari  bo‘yicha  to‘pni  uzatishni  bajarish,  faqat  o‘yinchi  o‘z  vaqtida 
to‘p  ostida  qulay  turish  holatiga  o‘ta  olsa  yoki  vaqt  va  joyida  aniq 
sakrashni  bajarsa  (agarda  uzatish  sakrashda  amalga  oshirilsa)  imkonli 
bo‘ladi.  Eng  oqilona  harakatlanish  quyidagicha  bajariladi.  Qisqa 
masofalarni  yaxshisi  “tiralgan  qadamlar  bilan  turish  holatida,” 
“maqsadga  ko‘krak  bilan,  ba’zida  orqa  bilan”  mo‘ljal  olishni  saqlagan 
holda  bajarish  yaxshiroq.  Bu  to‘pga  ishlov    berishda  maqsadga  tomon 
burilishlarni  boshqarishdagi  xatoliklarni  bartaraf  etadi  va  bog‘lovchi 
o‘yinchiga,  raqibning  to‘siq  qo‘yuvchilarini  ko‘rish  imkonini 
ta’minlaydi. 
Kattaroq masofalarni yugurish qadamlarida bajarish, oxirgi to‘xtash 
qadamlarida  mo‘ljalga  burilishni  bajarishga  intilish,  buni  katta  tezlikda 
yaxshisi  sakrab  amalga  oshirish  ma’qul  va  faqat,  yugurib  bajarayotgan 
o‘yinchi to‘xtash va burilishga ulgurmay qolgandagina, harakatlanib bir 
qo‘l  bilan uzatishni  bajarishga  yo‘l  qo‘yiladi, bunda harakat  tezligi  to‘p 
bilan  ishlashda  doimiy  bo‘lib  qolishi  lozim.  Bunday  holatda  uzatish 
aniqligi biroz pasayadi, lekin bu vaziyatdan chiqish uslubi emas. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish