O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

5-bosqich vazifasi. Sakrab kuch bilan to‘pni o‘yinga kiritishni 
o‘rganish. (23-jadval) 
Sherik  bilan  to‘r  orqali  turib 
baland uloqtirilgan to‘pni sakrab 
o‘yinga kiritish 
Hujumkor 
zarba 
tayanch 
modelining 
barcha 
talablarini 
bajarish 
Sakrab devorga hujumkor zarba  Asosiy  e’tiborni  to‘pning  to‘g‘ri 
yo‘nalishiga qaratish 
Aynan  shu,  faqat  to‘pni  polga 
parallel holda yo‘naltirish 
Aynan shu harakatni bajarish 
Zal 
bo‘ylab 
ko‘ngdalang 
o‘rnatilgan 
to‘rga 
qisqa 
masofalarda 
sakrab 
to‘pni 
o‘yinga kiritish 
Variantda maydonchaga tushish 
To‘rdan  asta  sekin  9  m  ga 
uzoqlashib sakrab to‘pni o‘yinga 
kiritish 
Hujumkor 
zarba 
tayanch 
modelining 
barcha 
talablarini 
bajarish 


207 
Ko‘p uchraydigan xatolar 
A) rejali to‘pni o‘yinga kiritish. 
B) sakrab kuch bilan to‘pni o‘yinga kiritish. 
  
Tayanch 
modeli 
 
 
 
 
2. to‘pni ulotirish 
-o‘rtacha 
balandlikda 
-oldiga 
-vertikal holatda 
1. 
Dastlabki 
holat 

chap 
oyoq 
oldinda, 
tana 
og‘irligi 
chap 
oyoqda 
-tana 
burilib 
quloch yozish 
-qo‘llar 
tirsagi 
baland 
ko‘tarilgan 
holatda 
quloch 
yozish 
 
Rejali to‘pni 
o‘yinga kiritish 
 3. Zarba berish 
-qat’iy 
sxema 
bo‘yicha 
zarbali 
harakat 
-to‘pga  kaft  bilan 
tegib  tik  qo‘l  bilan 
zarba berish 
-harakat 
vaqtida 
chap qo‘l va yelkani 
tushirish 
-tosni orqaga olish 
-orqaga 
kichik 
qadam  tashlab  tana 
vaznini og‘dirish 
-yuqori 
nuqtaga 
sakrab  to‘pga  zarba 
berish 
-zarbadan 
so‘ng 
qo‘lni to‘xtatish 
Eng  muhimi:  to‘p 
aylanmasdan 
uchishi kerak. 
  
34-rasm 


208 
4.11. Hujum texnikasini o‘rgatish metodikasi 
 
Hujumkor zarbalar – o‘yinining texnik uslublari orasidagi o‘rganilishi 
va  bajarilishi  eng  murakkab  qismi  bo‘lib,  voleybolchilardan  yaxshi 
jismoniy  tayyorgarlikni  talab  qiladi.  Ayniqsa,  qizlarga  hujum  qilishni 
o‘rgatish  juda  qiyin.  Buning  sababini  genetika  bilan  bog‘lash  mumkin. 
Qadim  zamonlardan  erkaklar  ovchilik  bilan  shug‘ullangan,  uzoq 
evolyutsiya 
jarayoni 
davomida 
tosh, 
nayza, 
o‘q,  uloqtirishni 
takomillashtirishgan,  bu  esa  ovda  omad  va  yashab  qolish  imkoniyatini 
oshirgan. 
Genetik 
dastur 
avlodlarga 
harakatlar 
samaradorligini 
ta’minlaydigan  ba’zi  mexanizmlarni  saqlab  qolgan.  Hujumkor  zarbalar 
ham  shu  tamoyil  asosida  amalga  oshiriladi  –  aksariyat  o‘g‘il  bolalarda 
hujum mexanizmining “ijobiy aksi” yaqqol ko‘rinadi. 
Deyarli  barcha  qizlarda  tana  burilishi  va  yelka  suyagi  o‘qi  atrofida 
yarim 
bukilgan 
qo‘lda 
ishtirok 
etadigan 
mushaklar 
yetarlicha 
rivojlanmagan  bo‘ladi.  Shu  sababli,  ular  bir  qo‘l  bilan  yuqoridan  kichik 
to‘p uzatish va hujum zarbalarini bajarishda tananing  bukilishi va tirsakni 
oldinga  chiqargan  holda  (ya’ni,  “erkin”  sxemani)  qo‘llashadi.  Aynan  shu 
uslubda  futbolchilar  to‘pni  yon  tomondan  ikki  qo‘llab  o‘yinga  kiritishadi. 
Voleybolchilar  esa  bo‘g‘inlarda  “burish”  harakatlarini  (qat’iy  sxema 
bo‘yicha) bajarishlari kerak. 
Voleybol  mashg‘ulotlarining  boshida  asosiy  e’tiborni  qat’iy  sxema 
bo‘yicha  burilish  harakatlarini  amalga  oshiradigan  bo‘g‘inlarni  tayyorlash 
va  mushaklar  guruhini  rivojlantirishga  qaratish  zarur.  Quyida  tasnifi 
keltiriladigan maxsus va tayyorlov, jumladan, “qamchi” va “to‘p uzatuvchi 
jihoz”  bilan  mashqlarni  taklif  qilish  mumkin.  Ushbu  mashqlar 
qo‘llanilgach, nafaqat hujum uslubini o‘rgatish, balki, uzoq vaqt davomida 
turli muddatlarda tayyorgarlik jarayonini davom ettirish zarur.  
Hujum  harakatlariga  o‘rgatish  vazifalari  va  ularning  ketma-ketligi 
quyidagi  24-jadvalda  berilgan.  U  o‘zgarmas  qonuniyat  emas,  ijodkor 
murabbiy  uni  takomillashtirishi  mumkin,  lekin  sxemani  to‘liq 
o‘zgartirishga  hojat  yo‘q.  Hujum  uslublarini  o‘rgatish  mashg‘ulotlarida 
o‘yinchilar  quyidagi  mexanizmlarini  o‘rganishda  qiyinchiliklarga  duch 
kelishi mumkin: 
1.
 
Qo‘llarni  keng  ochib  qat’iy  sxemada  zarba  harakatlarini 
shakllantirish. 
2.
 
O‘z vaqtida va mos joyga to‘p ostiga chiqishning vaqtini topish. 
Hujum  harakatlarini  bir  vaqtda  hujum  zarbalari  mexanizmlari  va 
elementlarini  o‘rganishdan  boshlash  joiz:  bir  joyda  sakrash,  ikki  oyoqni 


209 
orqaga qayirib yugurish, qo‘llarni keng ochib tana burilganda qaytarish va 
sakramasdan hujum zarbalarini berish.  
(24-jadval) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bir vaqtning o‘zida turli zarbalar texnikasini: oddiy, zarbadan so‘ng 
qo‘lni  to‘xtatib  va  ikki  tomonga  to‘p  uzatish  (tanani  harakatlantirib, 


210 
tanani harakatlantirmay,  qo‘lni  to‘xtatib  va  to‘xtatmay)  o‘rgatish  hujum 
uslublarini  o‘rgatish  jarayonini  yanada  samarali  bo‘lishini  ta’minlaydi. 
Sanab  o‘tilgan  zarbalar  bilan  birgalikda  to‘ldirma  to‘plarni  uloqtirish 
bilan  boshlash  lozim.  Hujum  zarbalari  ko‘nikmalarini  o‘rganib  olish 
jarayonidan  so‘ng  murabbiy  va  o‘yinchilarda  taktik  mahoratni 
shakllantirish  uchun  vaqt  ancha  yetarli  bo‘ladi.  Haftasiga  uch  marotaba 
mashg‘ulotlarning  bir-bir  yarim  yilidan  so‘ng  yosh  sportchilar  yuqorida 
sanab  o‘tilgan  mashqlarni  o‘rganib,  2,3  va  4  bosqichlarni  egallagach, 
hujum  zarbalarini  bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan  harakatlar  tizimidan 
iborat keyingi bosqichlarga o‘tishi mumkin. 
5-bosqich. Bir va ikki oyoqda orqaga qaytib kichik to‘plarni sakrab 
uloqtirish,  6-bosqich.  Yugurib  sakraganda  yuqoridan  zarba  berish,  7-
bosqich. Bir va ikki oyoqda orqaga qaytib, yugurib sakrab, to‘pni aldab 
harakatlantirish.  
  5-bosqich  vazifalarini  amalga  oshirish  jarayonida  o‘yinchilar 
voleybol to‘pisiz hujumchi harakatlarini havoda bajarishni o‘rganishadi. 
  6-bosqichda o‘yinchilar uchib o‘tayotgan to‘pga hujumchi sakrashi 
va  yugurishini  o‘rganishadi.  Bu  esa  havodagi  to‘pga  sakrab  zarba 
berishning boshlanishidir. 
  7-bosqich  maksimal  balandlikda  va  ro‘parasidagi  to‘p  bilan 
ishlashni ta’minlaydi, bu harakatlarsiz zarba samaradorligi pasayadi.  
Ushbu muammolarning qiyinchiliklarini yengib hujum texnikasining 
o‘rganilgan  elementlarini  yagona  texnik  uslubga  umumlashtirish 
mumkin.  Avvaliga  o‘rnatilgan  to‘pga  yugurib  kelib  zarba  berishni 
o‘rganish kerak.  Bu  mashqda uzoq  vaqt    to‘xtatmaslik tavsiya  qilinadi. 
Ushbu ko‘nikma egallangach, oddiy sharoitda hujumchi zarbasiga  o‘tish 
mumkin.  O‘rnatilgan  to‘pga  sakrab  zarba  berish  mashqiga  (va  boshqa 
bosqichlarga)  o‘yinchilar  keyingi  vazifalarni  bajarishda  qiyinchilikka 
duch kelishganda qayta takrorlash mumkin.  Bu  borada  to‘pga  nisbatan 
aniq vaqt va joyda yugurishni o‘rgatish ushbu bosqichining  eng muhim 
qismi  hisoblanadi.  Muayyan  vaqt  davomida  to‘r  orqali  hujum  zarbasini 
bajarmaslik kerak, chunki  o‘yinchilar to‘rni emas, balki havodagi to‘pni 
mo‘ljalga  olishni  o‘rganishlari  kerak.  Buning  uchun  boshqa  mo‘ljal: 
shift, chiziq va boshqalardan foydalanmaslik uchun hujumni bajarish va 
yugurish  yo‘nalishini  tez-tez  o‘zgartirish  zarur  bo‘ladi.  Bu  uslub 
o‘yinchilarga  to‘p  ortidan  yugurishdagi  xatolarning  olidin  olishda 
yordam beradi. Lekin to‘rsiz hujum zarbalarini bajarish mashqlari salbiy 
natija  ham  berishi  mumkin,  chunki  o‘yinchilar  to‘pni  to‘rga  qarab 
urishni,  shuningdek,  to‘pni  pastda  ishlashga  o‘rganib  qolishgan 


211 
bo‘lishadi.  Buning  oldini  olish  maqsadida  murabbiy  boshqa  turli 
mashqlar  bajarilishini  muntazam  kuzatib  borishi  kerak.  Masalan,  to‘p 
uloqtirilishi  kerak  bo‘lgan  burchak  traektoriyasini  belgilash  foydali 
bo‘ladi. To‘r orqali uzoqdan to‘p uloqtirish uning juda qiya traektoriyasi 
oldini  oladi.  To‘rdan  me’yoriy  uzoqlikda  to‘p  uloqtirishga  keyinchalik 
o‘tish  mumkin.  Uzoqroq  masofadan  to‘r  bilan  va  to‘rsiz  mashqlarni 
almashtirib bajarish mumkin. 
Boshqa  asosiy  vazifa  bir,  bir  yarim  yil  davomida  “takrorlangan” 
(qulochni  keng  yozib,  qat’iy  sxemada)  sakrashsiz  zarbalarni  xuddi  shu 
harakatli tuzilmada sakrab erishishidir va bu vaziyatda mashqlarni “faqat 
to‘gri bajarish” qoidasiga rioya qilish shart. Aksariyat o‘yinchilar uchun 
yuqoridan  ko‘ra  o‘rtacha  balandlikda  uzatishlarga  javob  qaytarish 
osonroq,  chunki  o‘rtacha  tezlikda  uchib  kelayotgan  to‘p  parametrlarini 
hisoblash  mumkin.  Bu  xususiyatni  o‘yinchilarga  hujum  harakatlarini 
o‘rgatishda foydalanish zarur. 
To‘rdan  uzoq  masofadan  to‘pga  zarba  berishni  o‘rganganish 
o‘yinchilar  oddiy  zarba  berishlarga,  avvaliga  to‘siqsiz,  keyinchilik  esa 
belgilangan  hududlarga  tushirishga  oson  moslashadi.  Undan  so‘nggina 
bir kishilik to‘siq va guruhli to‘siq qarshiligi bilan amalga oshirish lozim. 
Bu vaziyatda to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarga faqatgina maydon markazini 
yopish, keyin esa hujumni to‘sish, va nihoyat, “ushlovchi” to‘siq qo‘yish 
vazifasi  qo‘yiladi.  Hujum  harakatlarini  o‘rgatish  jarayonida  yana  bir 
muhim 
vaziyatni 
hisobga 
olish 
zarur. 
Harakat 
ko‘nikmasi 
barqarorlashmaguncha  (bu  esa  mashg‘ulotlarning  ilk  3-4  yilini  tashkil 
qiladi),  o‘yinchilar  o‘zi  uzatib  hujum  harakatlarini  o‘rganmasdan  turib, 
boshqalarga  sakrab  hujum  berishni  o‘rgatmasliklari  kerak.  Bu  mashqlar 
hatto  sport  ustalari  uchun  ham  murakkab  bo‘lib,  ularni  bajarish  yaxshi 
jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. 
Ko‘nikmalar  shakllanishi  jarayoni  odatda  to‘lqinsimon  kechadi: 
muvaffaqiyat chekinishlar bilan almashinadi, ular esa kutilmagan xatolar 
va harakatlar degradatsiyasi bilan izohlanadi. Ularning oldini olish uchun 
ta’limning  avvalgu  bosqichlari  mashqlarini  muntazam  takrorlab  turish 
zarur. 
Agar  murabbiy  o‘yinchi  harakatlarida  xatolarni  payqasa  va  o‘sha 
vaqtda  ularning  sabablarini  aniqlasa,  hujumkor  zarbalar  ko‘nikmalarini 
o‘rgatish shunchalik samarali bo‘ladi. Eng birinchi o‘rinda to‘pga to‘g‘ri 
“chiqish”,  qat’iy  sxema  bo‘yicha  quloch  yozishning  shakllanishi  va 
hujumda  egilgan  holatda  mo‘ljalga  tegishga  alohida  e’tibor  qaratish 
zarur.  O‘yinchi  to‘pni  yo‘qotib  qo‘ymasa,  bu  holatni  amalga  oshirish 


212 
mumkin.  O‘yinchining  yonida  turgan  murabbiy  uning  turish  holatini, 
to‘p ostiga chiqishini va zarba beruvchi qo‘l bilagining yetarlicha tezkor 
emasligini  nazorat  qilishi  mumkin.  Hujumchi  orqasida  turgan  holda 
qo‘llar  ko‘tarilganda  “bosh  orqasiga  o‘tkazish”  (hujumchi  tirsagi 
qoidadagidan  ko‘ra  yuqoriroq  bo‘lsa),  zarbada  yelkalarni  yetarlicha 
ko‘tarmaslik kabi xatolarni oson topish mumkin.  
O‘yinchilarning  charchoq  holatida  tezkorlik  yo‘qoladi,  harakatlar 
keskinligi  pasayadi.  Yosh  o‘yinchilar  tetik  va  e’tiborli  bo‘lganida 
o‘qitish  samaraliroq  bo‘ladi.  Ular  qiziqgandagina  e’tiborli  bo‘ladi. 
Muvaffaqiyatga  erishganida  esa  ular  mashg‘ulotga  yanada  kirishib 
ketishadi. 
Hujum  harakatlarini  o‘rgatish  bosqichlarida  amalga  oshirish  zarur 
bo‘lgan  mashqlarning  1-bosqich  vazifasi  o‘yinchining  tayanch-harakat 
apparatining hujum harakatlarini o‘rganishga tayyorligini ta’minlash.   

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish