O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

6-bosqich o‘yin  va musobaqalarda  harakatli  ko‘nikmalar  tatbig‘i, 
turli  taktik  shakllar  doirasida  ularni  qo‘llash  ishonchliligi  va 
samaradorligini  oshirish  bosqichidir. 
Tahlilning  ushbu  bosqichi  bir 
nechta  turli  xil  va  o‘xshash  vazifalarni  yechish  uslublaridan  iborat 
bo‘ladi: 


174 
1)
 
mavjud  texnik-taktik  elementlarni  ikki  tomonlama  mashg‘ulot 
o‘yinlarida qo‘llashni o‘rganish; 
2)
 
musobaqaning  asabiy  vaziyatlarida  texnik-taktik  ko‘nikmalar  va 
malaka-larni tatbiq qilish. 
1-vazifa

Barcha 
o‘yin  vaziyatlarida  guruhli  mashqlarda 
murabbiyning 
urunishlariga 
qaramay, 
o‘rganilgan  texnik-taktik 
uslublarni  oddiy  qo‘llash  muammosi  (keyin  esa  samarali  qo‘llash)  ikki 
tomonli  o‘yinlarda  saqlanib  qoladi.  Odatda  yosh  voleybolchilar  o‘yinda 
odatiy,  yaxshi  o‘zlashtirilgan  uslublarni,  tabiiyki,  o‘sha  vaqtda  eng 
samarali  qo‘llashadi.  Lekin  kelajakka  qarab,  jamoaning  murakkab  va 
turfa  xil  o‘yinini  tuzganda,  samaradorlikning  oshishi  keyinchalik 
kuzatilishini  unutmaslik  kerak.  Shu  sababli,  ushbu  bosqichning 
vazifasini  hal  etish  uchun  ikki  tomonlama  o‘yinlarda  o‘rganilgan 
uslublarni  qo‘llash  chastotasini,  maxsus  qo‘zg‘atish  uslublarini  qo‘llash 
kerak. Misol uchun, ikki tomonlama o‘yinda ular qo‘llanganda jamoaga 
qo‘shimcha  ochko  hisoblanadi.  Yoki  yangi  vazifalar  o‘yinda  endi 
o‘rganilgan,  yangi  element  (sakrab  tuzatish  deb  taxmin  qilamiz)ni 
qo‘llash  ikki  tomonlama  o‘yinlarda  bir-ikki  partiyada  maxsus  vazifali 
tayyorgarlik  mashg‘ulotlari  oxirida  o‘yinchilar  tomonidan  yangi 
uslublarni 
qo‘llash 
– 
o‘rganilgan 
elementlar 
ko‘nikmasini 
takomillashtirish uchun yaxshi asosdir. 
O‘yinning  yangi  texnik-taktik  metodlari  asta-sekin  odatiy,  ularni 
bajarish ko‘nikmalari barqaror bo‘lib boradi. O‘yinchilar uchun birinchi 
o‘ringa  yangi  o‘yin  uslublarini  qo‘llash  taktik  maqsadga  muvofiqligi 
vazifasi  chiqadi.  Umuman  olganda,  o‘rgatish  ham  vaziyatli  maqsadga 
muvofiqlikda  (texnik  uslublarni  to‘g‘ri  bajarishni  unutmay)  e’tibor 
qaratib, ikki tomonlama tayyorgarlik o‘yinlarida guruhli mashqlar orqali 
olib boriladi. Lekin bu bilan unga nuqta qo‘yib bo‘lmaydi, o‘yinchilarga 
rasmiy 
musobaqalar 
o‘yinlarida  ularning  barcha  texnik-taktik 
elememtlaridan samarali foydalanishni o‘rgatish kerak. 
Bu  bosqichning  2-vazifasi.  Bu  vaziyatda  ko‘nikmani  shakllantirish 
va  uni  maqsadli  qo‘llash  (u  umuman  olganda,  hal  etilgan)  muammosi 
emas, balki musobaqalarda voleybolchilarning o‘yin potensiali tatbig‘ini 
ta’minlash  uchun  psixologik  barqarorlik  muammosi  muhimroq 
hisoblanadi. 
O‘yinchilarda  psixologik  barqarorlikni  rivojlantirish  uchun 
jamoaning  turli  shaharlararo  turnirlardagi  ishtiroki  juda  foydali  bo‘ladi 
(rasmiy  musobaqalardan  tashqari,  “jangovar”  sharoitlar  yaxshiroq 
o‘qitadi). Turnirlardagi sharoit va vaziyat rasmiy musobaqalardan deyarli 


175 
farq  qilmaydi.  Murabbiy  mahorati  va  o‘yinchilarning  bor  kuchi 
sarflanishi  turnir  musobaqalarida  ularning  kurashchi  qobiliyatlarini 
rivojlantirishda qo‘l keladi. 
Musobaqaviy  o‘yinlarning  asabiy  sharoitlari  ulkan  tayyorlovchi 
samaraga  ega.  Turnir  qatnashchilaridan  olingan  foyda  murabbiy 
mahoratiga  bog‘liq.  Bu  bosqichda  bolalar  jarimaga  emas,  hamkorlik  va 
rag‘batga muhtoj bo‘lishadi. 
Musobaqalarning  mas’uliyatli  o‘yinlari  ishtirokchilarining  irodaviy 
darajasi,  ularning  psixologik  barqarorligi,  bor  kuchini  berishiga  yuqori 
talablar  qo‘yadi,  ularsiz  na  talaba,  na  jiddiy  o‘yin,  na  sport  mahorati 
o‘sishi  kuzatiladi.  Ko‘p  o‘yinchilar  asta-sekin  sanab  o‘tilgan  sifatlarni 
egallashadi,  bu  esa  musobaqalarda  o‘z  o‘yin  potensialini  tatbiq  etish  va 
jamoa  asosiy  tarkibida  qolish  imkonini  beradi.  Musobaqa  faoliyati 
sharoitlariga o‘rganish omili asabiy yoki jizzaki o‘yinchilar, shuningdek, 
nobarqaror  ruhiyatli  o‘yinchilarda  yuzaga  keladigan  bir  qator 
muammolarni hal etadi. 
Vaziyatli tamoyilni ta’minlash jarayonida ko‘nikmalarni tatbiq etish 
sharoitlarini  kengaytirish,  ularning  tuzilmasi  moslashishini  oshirish 
vazifasi qo‘yilgan takomillashtirish bosqichida boshqa maxsus mashqlar 
qo‘llaniladi. 
Ular, 
aksincha, 
mashqlarni 
bajarish 
sharoitlarini 
murakkablashtiradi,  misol  uchun,  ularning  intensivligi,  zarur  o‘yin 
vaziyatlari  yuzaga  kelish  chastotasini  oshiradi.  Odatda  bular  sheriklar 
yoki  trenajyorlar  bilan  turli  o‘yinli  mashqlardir.  Aksariyat  guruhli 
mashqlarda u yoki bu o‘yin vaziyatlari qoliplanadi, u muayyan darajada 
o‘yinchilarga  turli  taktik  tuzilmalar  doirasida  samarali  harakatlanishni 
o‘rgatib,  jamoa  o‘yinini  “chizadi”.  Shu  tarzda,  eng  muhimi 
harakatlarning  to‘g‘ri  tuzilmasini  shakllantirish,  keyin  esa  vaziyatli 
maqsadga  muvofiqlik  tamoyilini  amalga  oshirib,  o‘yinda  uni  qo‘llashni 
o‘rgatadi. 
Maxsus  tanlangan  mashqlar  texnik  uslublarni  bajarishda  harakat 
ko‘nikma-larini 
dinamik 
tuzilmasini 
takomillashtirish 
to‘g‘ri 
bajarilgandagina foyda keltirishini yana bir bor ta’kidlash joiz. “To‘g‘ri” 
degani  harakatli  vazifalarni  samarali  hal  etish  va  o‘zgaradigan  o‘yin 
vaziyatlari – aniq sharoitlarida tatbiq etishni anglatadi. 
Dasturlashtirilgan  ta’lim  g‘oyasidan  foydalanish.  U  ta’lim 
mashqlarini  tanlash  va  maqsadli  ketma-ketlikda  tuzatish  muammosini 
hal  etadi,  bu  esa  boshqa  omillar  bilan  bir  qatorda  harakatli  vazifalarni 
samarali  hal  etadigan  to‘g‘ri  dinamik  mexanizmlar  shakllanishini 
ta’minlaydi.  O‘qitishning  boshlanishida  qo‘llash  mumkin  bo‘lgan 


176 
dasturlashtirilgan  ta’lim  mohiyatini  soddalashtirib,  uni  quyi-dagicha 
izohlash mumkin. 
Barcha  o‘rganiladigan  material  “soddadan  murakkabga”  qoidasi 
bo‘yicha  ketma-ket  va  parallel  tuzilgan  mazmunli  “qadamlar”  – 
qismlarga  bo‘linadi.  O‘quvchilar  maxsus  tanlangan  mashqlarni 
bajarishda  har  bir  navbatdagi  “qadam”  vazifalarini  yechishi  kerak. 
Qiyinchiliklar  tug‘ilganda ular  qanday  elementni  bajara  olmasa,  ilgarigi 
“qadamlar”ga,  albatta,  qaytishadi.  Ta’limning  ichki  qadam-baqadam 
mantig‘i  o‘yinchilar  harakatida  o‘yin  uslublari  samarali,  to‘g‘ri 
tuzilmalarini  shakllantirish  va  o‘qitishda  xatolarning  oldini  olishga  olib 
kelishi kerak. 
Keyingi  qadamni  o‘rganishga  kirishgan  jamoaning  aksariyat 
a’zolariga  “yaxshi”  va  “a’lo”  darajali  va  qolgan  qismi  “qoniqarli” 
darajadagi  ko‘nikmani  egallashi  uchun  zarur  vaqt  ajratiladi.  Aslida 
barcha  ishtirokchilar  bahosi  “5”  bo‘ladigan  sifatga  emas,  balki 
ko‘nikmalarni bajarish barqarorligi baholanishi zarur. 
Voleybolda  o‘yin  uslublarini  o‘rganish  metodikasi  mazmunan 
birinchi tanishuvdayoq dasturlashgan g‘oyalarni tatbiq etishni anglatadi. 
Boshqa sport turlari bo‘yicha ishlanmalar ustida olimlar anchadan buyon 
ishlashmoqda.  Amaliy  mashg‘ulotlar  jarayonida  uni  rivojlantirish  –  o‘z 
ustida ishlovchi murabbiyning vazifasidir. 
Shuni  ta’kidlash  joizki,  uzluksiz  qadamba-qadam  variantda 
materialni  egallash  g‘oyasi  “sof”  holda  ba’zi  qiyinchiliklarga  duch 
keladi.  Murakkab  texnik  uslublarni  taqsimlab  o‘rgatishda  vazifalarning 
bir  necha bosqichlarini  parallel  kelgusi  ta’limda bir  bosqich  sifatida  hal 
etishga  to‘g‘ri  keladi.  Masalan,  hujumchiga  qarshi  turishni  o‘rgatishda 
bir  vaqtning  o‘zida  yugurib  sakrash,  sakramay  hujum  qilish  va  yugurib 
sakrab  kichik  to‘plarni  uloqtirish  o‘rgatiladi.  So‘ngra  egallangan 
ko‘nikmalarni  bir  butun  qilish  uchun  yugurib  sakrash  va  to‘pga  hujum 
qilishga bevosita o‘rganishga o‘tiladi. 
Murakkab  vaziyatlarda  yetarlicha  o‘rganilgan  qadamlarga  qaytish 
qoidalarini  qo‘llash  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi,  buni  dasturlashtirilgan 
ta’lim  metodikasi  talab  qiladi.  Yengil  atletika  ustalari  mashg‘ulotlarda 
musobaqa  harakatlari  u  yoki  bu  ko‘nikmalarni  “o‘rganib”,  hatto 
musobaqaoldi  mashg‘ulotlar  jarayonida  ham  qo‘llab  umumlashtiruvchi 
mashqlar  bajarishi  sir  emas.  Bunday  yondashuv  voleybolchilarga 
ularning  sport  mahoratini  oshiruvchi  harakat  vazifalarini  samarali  hal 
qilish  mexanizmlarini  takomillashtirish  va  saqlab  qolishda  foydali 
bo‘ladi. 


177 
O‘yinning  harakatli  ko‘nikmalarini  o‘rgatishda  texnik  uslublar 
“tayanch  modellari”dan  foyadalanish  talab  etiladi.  Bunda  murabbiyga 
bolalar tafakkuri va aqlidroki xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliy 
faoliyat  jarayonida  ishlab  chiqilgan  texnik  uslublar  “tayanch  modeli” 
qo‘l  kelishi  mumkin.  Ular quyida  o‘rgatuvchi  mashqlar  bilan birgalikda 
berilib,  harakat  vazifalarini  samarali  hal  etish  nuqtai  nazaridan  muhim 
vaziyat  va  harakatlar  tuzilmasiga  talablar  qo‘yilgan  voleybolchilarning 
“faoliyat o‘rinlari” sxemasini taqdim etadi.  
Texnik  uslublarning  tayanch  modeli  o‘rganish  obyekti  (ularda 
nimani  o‘rgatish  kerakligini  aytiladi)  va  dinamik  mexanizmlarni 
shakllantiruvchi  harakat  tuzilmasi  samaradorligini  baholash  tizimi 
sifatida  qo‘llanilishi  mumkin.  Ular  o‘yin  texnikasi  “maktabi”  deb 
hisoblanishi  mumkin.  Yosh  o‘yinchilarni  o‘rgatish  samaradorligini 
oshirish  uchun  mashqlardagi  modellarni  bajarishni  talab  qilish  emas, 
balki hech qanday bosimsiz ularni yodlashga o‘rgatishdir.  
Faoliyat  o‘rni  –  o‘yinchi  to‘p  bilan  olib  borilayotgan  xatti-harakat 
yoki asosiy harakat yuzaga keladigan vaziyatda  o‘yinchining tana holati 
barcha  texnik  uslublarning  “tayanch  modellari”  nusxalari  har  bir 
o‘yinchining  sport  kundaligi  yoki  shaxsiy  istiqbol  rejasida  mavjud 
bo‘lishi  kerak.  Harakatlar  texnikasiga  bo‘lgan  talablarni  yaxshi  bilish 
o‘yinchilarga  o‘yin  uslublarini  bajarish  “maktabini”  shakllantirish 
bo‘yicha  oddiy  yoki  umumlashtiruvchi  mashqlarga  qaytib,  xatolarni 
aniqlash  va  ularni  mustaqil  to‘g‘rilashda  yordam  beradi.  Bu  esa  sport 
mahoratining muntazam taraqqiyoti garovidir. 
Voleybolda  o‘yin  uslublari  samaradorligini  belgilovchi  dinamik 
mexanizmlarni tushunish va ularning hosil bo‘lishini belgilash qobiliyati 
murabbiyga  mashqlarni  tanlash  va  ularning  hajmini  belgilash, 
shuningdek, o‘qitishda to‘g‘ri urg‘ularni belgilashda yordam beradi. 
Ko‘nikmalar  shakllanish  texnikasi  va  metodikasi  asoslarini  jamoa 
murabbiylari ham bilishlari kerak. Mavjud amaliyotda jamoaning barcha 
o‘yinchilari, ayniqsa, yoshlar odatda texnikada nuqson va xatolarga yo‘l 
qo‘yishadi. 
Murabbiy 
sport 
ustalarini 
o‘rgatishda 
ularning 
ko‘nikmalarini  qayta  shakllantirish  (bir  mavsum  davomida)  yoki 
harakatlar  tuzilmasida  kamchiliklar  tufayli  mag‘lubiyatlarga  avvaldan 
ko‘nikib,  mavjud  mushak  sinergiyasi  asosida  uslublar  barqarorligiga 
erishish  vazifasi  oldinga  chiqadi.  Uslublar  texnikasini  to‘g‘rilashda 
metodik  xarakterdagi  bilimlar  qo‘l  keladi.  Ko‘nikmalarni  to‘g‘rilash  va 
qayta  tuzish  uchun  ta’limning  boshlang‘ich  bosqichlaridagi  mashqlarga 
qaytishdan boshqa yo‘l  yo‘q. Ularni ham o‘rgatishdan ko‘ra ko‘proq va 


178 
batafsil bajarish kerak, qayta o‘rganish qiyin, chunki mustahkam-langan 
noto‘g‘ri ko‘nikmani o‘zgartirish talab etiladi. 
Murabbiylarda  o‘yin  samarali  uslublarini  belgilovchi  dinamik 
mexanizmlarni  tushunish  va  ularning  hosil  bo‘lishini  kuzatish 
ko‘nikmasi  o‘rgatish  jarayonini  to‘g‘ri  tanlash  va  hajmni  belgilashda 
yordam  beradi.  Bu  esa  tayyorgarlik  jarayoni  samaradorligini  ancha 
oshiradi. Yosh o‘yinchilarni tayyorlashda murabbiylar o‘zi o‘rgatmoqchi 
bo‘lgan  ko‘nikmalarni  amalda  o‘zi  bajarib  ko‘rsatishi  katta  yordam 
beradi.  Chunki  o‘yinning  taqdim  etilayotgan  texnik  uslublari  talqini 
umumqabul  qilingan  uslublardan  biroz  farq  qiladi,  o‘yinchilarga 
uslublarni  samarali  o‘rgatish  uchun murabbiyning  o‘zi  ularni bajarishda 
yangi  variantlarini  bilishi  kerak.  Bu  eng  avvalo,  yuqoridan  uzatish, 
sakrash,  to‘siq  qo‘yish  uslublariga  tegishli.  Yonboshga  yiqilib  to‘pni 
qaytarish  uslubini  hamma  ham  bajara  olmaydi.  Tizzada  sirpanish  esa 
umuman yangi o‘yin uslubi hisoblanishi mumkin. 
Shaxsiy hissiyotlarga tayanish murabbiyga texnik uslublarni bajarish 
usullari  va  variantlarini  o‘yinchilarga  o‘rgatish,  shuningdek,  o‘yin 
uslubida  nuqson  va  xatolarni  aniqlashda  qo‘l  keladi.  O‘yinchilar, 
ayniqsa,  yangi  o‘yinchilar  o‘yin  uslublarini  bajarishda    “o‘n  marta  
eshitgandan,  bir  marta  ko‘rgan  yaxshi”  qabilida  ish  yuritishsa  yaxshi 
bo‘ladi. 
     Murabbiyning  didaktik  ko‘nikmalari  baholansa,  o‘quvchilari 
texnikani  bajarish  mezonlari  bo‘yicha  texnik  elementlarni  bir  xil 
bajarganda  voleybolda  o‘yin  texnikasini  o‘rgata  oladi  degan  xulosa 
berish  mumkin.  Agar  ushbu  mezonlar  o‘yin  vazifalarini  bajarishda 
harakatlar  samaradorligi  asosiy  shartlari  bilan  mos  kelsa,  murabbiy 
nafaqat o‘rgata oladi, balki to‘g‘ri texnikani o‘quvchilarga singdira oladi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish