Darsni olib borishning metodik aspekti
. Mashg‘ulotlarni olib
borishda asosiy mahsuldor usullarni bilish va qo‘llay olish muhim bo‘lib,
uni nafaqat yosh murabbiylar, balki tajribali murabbiylar ham amalga
180
oshirolmasligi mumkin.Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratish
maqsadga muvofiqdir.
1. Har bir dars va har bir mashq uchun aniq vazifalar belgilash.
Uning ahamiyati sport mahorati va voleybolchilar o‘sishi bilan ortib
boradi. Vazifalar belgilanadigan, nuqson va kamchiliklar ko‘rsatiladigan
“Texnik tayyorgarlik” bo‘limida individual yillik va istiqbolli rejalar
mazmuni va batafsilligi ta’limda muvaffaqiyat keltiradi. Dars vazifasini
aniq tasavvur qilish – umumiy maqsadga erishish yo‘lini ko‘ra olishdir.
2. Darsga tayyorgarlik ko‘rishda har bir dars vazifalarini hal etish
uchun belgilangan vazifalarini samarali yechadigan bir qator foydali va
qiziqarli mashqlarni o‘ylash va tanlab olish juda muhim. Ularni o‘tkazish
metodikasini o‘ylab olish kerak. Boshlovchi murabbiy har bir darsni
o‘tkazish rejasini tuzib olishi zarur bo‘ladi. Ma’lumki, tajriba oshgani
sayin yozuvchizuv ishlari kamayadi, lekin darsni olib borish borasida
rejalar tuzib qo‘yish kerak. Bir tomondan, mashqlarni tanlash va ularni
qo‘llash metodikasi hisobiga o‘qitish samaradorligi oshadi. Boshqa
tomondan esa, o‘yinchilar murabbiyning darsga tayyorgarlik ko‘rgan-
ko‘rmaganligini his qilishadi. Bir-ikkita yangi mashqlar yoki ularni
bajarishning yangi uslubi (varianti) darsga yangilik bag‘ishlaydi va
tayyorgarlik
jarayonida
ijodiy
muhit
yaratadi.
Tabiiyki,
tarbiyalanuvchilar qiziqish bilan vazifalarni bajaradi yoki zerikarli
bo‘lganda xohishsiz harakatlanishadi. Darsga tayyorgarlik jarayonini
yangilashtirishda har bir murabbiyda bo‘ladigan va muntazam to‘ldirib
boradigan mashqlar katalogi qo‘l keladi.
3. Guruhlarni tashkil etish. Saflanish mashqlaridan foydalanish.
Darsda tayyorgarlik vazifalarini bajarish jarayonida guruh tartibi
tashkilotchilik va yaxshi boshqarilishini ta’minlash uchun murabbiy
tartib mashqlarini qo‘llash metodikasiga ega bo‘lishi kerak. Usluksiz,
frontal, aylana va boshqa tayyorgarlik mashqlarini bajarishda guruhlarni
tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ba’zi mashqlarni uzluksiz
uslub (masalan, yugurish mashqlari), boshqalarini frontal uslub, boshqa
mashqlarni aylana uslubda bajarish qulay.
Tuzilmaviy mashqlarning asosiy tarkibiy qismi guruhlarni qayta
tuzish uslublari hisoblanadi. Ular guruhlarni tez va tartibli bo‘lish,
tayyorgarlik vazifalarini bajarish uchun sport zaldagi qulay hududga
joylashtirish imkonini beradi.
Talabalar ko‘plab tuzilmaviy mashqlarni qo‘llash metodikasini
OTM o‘quv dasturiga muvofiq “Gimnastika” o‘quv fanini to‘liq
o‘zlashtirishadi, lekin ularni sport o‘yinlarida qo‘llashning o‘ziga xos
181
xususiyatlari mavjud. Ularni voleybolchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlari
jarayonida qo‘llash mumkin, lekin voleybol, avvalo, sportning o‘yin turi
bilan shug‘ullanish xususiyatini unutmaslik kerak. Odatda, tayyorlov
mashqlarini bajarish o‘zini oqlasa-da, o‘yinchilarga to‘g‘ri kelmaydi.
Murabbiy “Texnika”ga o‘rgatishda umuman har bir o‘yinchining asosiy
(ishchi) harakatlarini nazorat qilish uchun turli vaqtda mashqlarni
o‘zi
bajarishi yoki bajartirishi lozim. “Marsh!” yoki “Diqqat, bosh-ladik!”
buyruqlari o‘rniga “Navbat bilan boshlaymiz!” deyish ma’qul.
O‘z navbatida kutishdan ko‘ra ko‘plab usullarni frontal uslubda
qo‘llash, ya’ni qatorlashib, 1-2 o‘yinchi shug‘ullanib, qolganlari kutib
turib bajarishlari lozim. Estafeta uchun mashg‘ulotlar zichilgini
oshirishda guruhni bir nechta jamoalarga bo‘lish kerak. O‘yinchilar
yugurish va sakrash mashqlarini boshlang‘ich nuqtadan 4 ta chap
tomonga saflanib bajarishi foydali bo‘ladi. Agar mashq murakkabroq
bo‘lsa, o‘yinchilar biroz hordiq chiqarishadi, yengilroq bo‘lsa, harakatli
mashqlarni taklif qilish mumkin.
Guruhda mashqlarni barcha o‘yinchilarni navbatsiz, faqatgina ruxsat
etilgan hordiqli tanaffuslar bilan bajartirish kerak. Asosiy o‘yinchilarga
xalal bermaslik uchun ba’zi o‘yinchilarni faqat to‘r oldida qoldirish,
boshqalarini esa maydonchada uzatish yoki kiritish maqsadida qo‘shish
mumkin emas. Shu tarzda, “zahira” o‘yinchilarning o‘ziga ishonmasligi
va noroziligi shakllanib, ularning sport mahorati va shaxs sifatida
shakllanishida g‘ov bo‘ladi.
Yugurish mashqlarida, ayniqsa, estafetalarda o‘yinchilar devor
yaqinida yoki devorda harakatlanishi mumkin emas, chunki bunday
hollarda devorga urilish va jiddiy jarohatlar ehtimoli oshadi. Poldagi
chiziqlar
yoki
ustunlardan
foydalanish
lozim.
Voleybol
mashg‘ulotlaridagi odatiy tartiblanish juft bo‘lib, uch yoki to‘rt kishilab,
zal bo‘ylab (ba’zan yoqalab) va saflanib joylashtirish sifatida bo‘lishi
kerak. O‘yinchilarning bunday joylashishi ommaviy uslubda ishlashdan
ko‘ra samaraliroq bo‘ladi.
4. Darsda samarali psixologik iqlimni ta’minlash. Ishga ijodiy
yondashish, yangi mashqlar, ko‘tarinkilik, darslarda yumorning borligi,
o‘yinchilar bilan hamkorlik, ularning shaxsini hurmat qilish,
muvaffaqiyatni ta’minlash tayyorgarlik faoliyati jarayonida samarali
psixologik iqlimni shakllantiradi. Didaktik vazifalardan tashqari,
tarbiyaviy vazifalar ham hal etiladi – har bir murabbiy yaratilishi zarur
bo‘lgan ijodiy mehnat muhiti, jamoada hamkorlik va o‘zaro yordam ruhi
mustahkamlanadi.
182
Murabbiy mashg‘ulotlarni shunday tashkil etishi kerakki, har bir
o‘yinchi jamoa va murabbiy uchun o‘zini qadrliligini, hozir bo‘lmasa,
ertaga jamoaning asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lishini his qilishi kerak.
Samarali tayyorgarlik faoliyati uchun o‘yinchilar motivatsiyasi alohida
o‘rin egallaydi. Daniya terma jamoasining mashhur murabbiysi Mayk
Trollening fikricha, samarali motivatsiya o‘yinchi imkoniyatlari va unga
qo‘yiladigan talablarning to‘g‘ri nisbatini yaratadi, bu esa muvaffaqiyat
garovi hisoblanadi. Past darajali talablar takomillashish jarayonini
rag‘batlantirmaydi. Juda yuqori talablar esa o‘yinchining o‘z kuchiga
ishonmasligi va ishonchsizligiga zamin yaratadi.
5. Joy tanlash. Mashg‘ulotlar vaqtida murabbiy sport zalida shunday
o‘rinni egallashi kerakki, toki barcha o‘yinchilarning harakatini
kuzatishining imkoni bo‘lsin. Hatto bir o‘yinchiga ham ters orqa o‘girib
turish mumkin emas. Bundan murabbiyning o‘zi o‘yinchilarga o‘yin
uslubini namoyish etish yoki guruh o‘rtasida turib mashqda ishtirok etish
holati istisno hisoblanadi. Oxirgi holatda murabbiy nazorat uchun
boshini burishi mumkin. Bu qoidalar sport zalida barcha ishtirokchilarni
muntazam kuzatish, yosh o‘yinchilarni jarohatlardan ogohlantirish,
ko‘nikmalar jarayonini nazorat etib, hammaga uslubiy yordam ko‘rsatish
imkonini beradi. Bu qoidalar murabbiyning zalda zaruriy siljishlari
vaqtida ham buzilmasligi kerak.
Bir yoki bir nechta o‘yinchilarga uslubiy yordam ko‘rsatib,
murabbiy
guruhga
yuzlanishi,
periferik
nigohi
bilan
barcha
ishtirokchilarni kuzatib turishi lozim. Bu tayyorgarlik faoliyati
samaradorligini oshiradi va ehtimoliy jarohatlar oldini oladi.
6. Beriladigan buyruqlar. Tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish
vaqtida guruhni yaxshi tashkil etish uchun, ayniqsa, yangi va yosh
o‘yinchilar bilan ishlaganda murabbiy barcha buyruqlarni bilishi va
undan to‘g‘ri foydalana olishi shart. Safdagi buyruqlarni aniq va baland
tovushda, urg‘uni zarur so‘zga qo‘yib va biroz tik holatda turib berishi
kerak. Aksariyat buyruqlar va saflanish uslublari “Gimnastika” o‘quv
fanida berilgan.
O‘sib kelayotgan o‘yinchilar bilan ishlashda erkinroq tartibda,
hisobsiz o‘tkaziladi. “To‘xta!” buyrug‘i yoki mashqni to‘xtatuvchi
hushtak ovozidan keyin murabbiy uni hamma ko‘radigan joyda bo‘lishi
kerak. Kichik tanaffus vaqtida murabbiy aytayotgan fikrlarni barcha
o‘yinchilar eshitadigan jimlik yaratish kerak. Agar murabbiy tovushi
zalda taralib, yomon eshitilsa, u uslubiy ko‘rsatmalar uchun xatti-harakat
yoki buyruq bilan o‘yinchilarni yoniga chaqirishi mumkin.
183
Mashqlar tushuntirilgach, ularning aksariyatini bir vaqtda emas,
balki turli vaqtda bajarish kerak. “Har kim har xil bajaradi!” buyrug‘i
oxirgi bo‘g‘inga urg‘u bermay aytiladi. Shunday qilinganda, murabbiy
turli voleybolchilarning o‘rganilayotgan uslubni ko‘p marotaba
bajarilishini ko‘ra oladi va ularga yordam beradi.
7. Ko‘rgazmalilik asosiy tamoyili tatbig‘i sifatida o‘yin uslublari
taqdimoti. Yosh sportchilarga eng katta uslubiy yordamni murabbiy va
o‘yinchilar tomonidan bajarilgan mashqlar ko‘rgazmasi ko‘rsatiladi.
Tayyorgarlik mashg‘ulotlarining bunday tashkil etilishi tartibga
chaqiradi va o‘qishga qiziqishini oshiradi. Buning ustiga, istalgan
o‘yinchi xatti-harakatlarini tez yozib, ko‘rsata oladigan zamonaviy
videotexnika
harakat
va holatlarning
samarali
mexanizmlarini
mustahkamlash, o‘z vaqtida xatolarni tuzatish, uning sonini kamaytirish
imkonini beradi.
8. Yangi kelgan o‘yinchilar e’tiborini va qiziqishini faollashtirish
uslublari o‘qitish jarayonini tezlashtiradi. O‘qitishda muvaffaqiyat
ta’minlanib, mashg‘ulotlarda o‘yin va musobaqa elementlari mavjud
bo‘lsa, unga qiziqish oshadi. Agar bolalarga darslar qiziqarli bo‘lsa,
o‘rganishni istashsa, yangilik, ko‘rgazmalilik elementlari mavjud bo‘lsa
va ular oldinga siljiyayotganini sezishsa, darslarga e’tiborli bo‘lishadi.
Mashg‘ulotlarda murabbiy nutqi qisqa, mazmunli, ko‘rgazmali va
ishontiradigan bo‘lishi kerak. Uzoq vaqt zerikarli tarzda gapirish shart
emas, axir bu ma’ruza emas, amaliy mashg‘ulot. Uslubiy
ko‘rsatmalarning
asosiylarini
mashqlar
bajarilib
bo‘lguncha
shakllantirish kerak. Nutq va xatti-harakatning his-tuyg‘uli bo‘lishiga
e’tibor qaratish lozim, so‘zlarning emotsionalligi, to‘g‘ri tuzilgan
jumlalar mantiqan ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
9. Guruhdagi umumiy tartib talabchanlik va qat’iy talab hisobiga
emas, balki mashg‘ulotlarning to‘g‘ri tashkil etilganligi hamda qiziqarli
shakllantirilganligiga, shuningdek, ishni tushunib borish natijasida yosh
sportchilar muvaffaqiyati uchun qulay sharoitlar yaratish, murabbiyning
har bir ishtirokchini mohirlikni oshirishga unday olish, diqqatini torta
bilish qobiliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar bolalar mashg‘ulotlarga
bayramga borgandek borishsa, o‘rgatishda muvaffaqiyat ta’minlangan
hisoblanadi.
Agar mashqlar qiziqish, yangilik, musobaqa va o‘yinlar elementlari
bilan boyitilsa, bu kabi mashg‘ulotlarning samarasi oshadi. Bunday
yondashuv doirasida murakkab yuklamalar va yuqori intensivlik
osonlashadi.
184
10. Bolalar bilan ishlashda tez-tez boshqa mashg‘ulotlar va
mashqlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Murabbiyning artistlik
qobiliyati, uning yuqori, shuningdek, ko‘tarinki muloqot bilan qorilgan,
mashqlarning oddiy va tushunarli logik talqini, nutqning emotsional
bo‘yog‘i voleybol o‘yini uslublarini samarali o‘rganish va o‘yinchilar
sport mahoratining oshishiga olib keladi. Bunday dars o‘tkazishda
mashg‘ulot natijasi ancha yuqori bo‘ladi.
11. Yuklamalarni taqsimlash. O‘yinchilar charchaganlarida diqqatni
jamlash
qobiliyati
pasayadi,
shu
sababli
murakkab
uslublar
mashg‘ulotning
boshida
o‘rgatilishi
kerak.
Shuningdek,
mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichida emotsional “soflik” darajasi
pasayishini hisobga olib, o‘ta intensiv va davomiy mashqlarni
bajarishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Mashg‘ulotlarning asosiy qismida
o‘yinchilarga ko‘pincha jismoniy va emotsional kuch, shuningdek,
mashqlarni bajarish uchun diqqatni jamlash yetishmaydi, u qanchalik
ko‘p miqdorda bo‘lsa, qizib olish vaqti shunchalik uzunroq va
intensivroq bo‘ladi.
Inventar. Turli qo‘shimcha odatiy zaruriy inventarlar (to‘plardan
tashqari) jamoaning barcha ishtirokchilari turli mashqlarni bajarishi
uchun yetarli bo‘lishi kerak. Turli qo‘shimcha jihozlardan foydalanish
guruhni yaxshiroq tashkil etish, yangiligi va murakkabligi hisobiga
mashqlarga qiziqishni oshirish, o‘rganish sifatiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |