O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

3-bosqich  umumlashtiruvchi  mashqlar  orqali  texnik  uslubning 
dinamik mexanizmlarini shakllantirish bosqichi.
 Hujumchi zarbasi kabi 
murakkab  o‘yin  uslublarini  umumlashtiruvchi  mashqlar  yordamida 
“takomillashgan  uslub”  (harakat  elementlari  bo‘yicha)  o‘rganish  zarur. 
O‘yinning  murakkab  bo‘lmagan  uslublari  oddiy  sharoitlarda  bir  butun 
uslub sifatida o‘rganiladi. 
O‘yinchilarda  umumlashtiruvchi  mashqlar  seriyasini  bajarish 
hisobiga  “elementar”    harakatlar  –  alohida  dinamik  mexanizmlari 
shakllanadi,  natijada  o‘yin  uslublarini  bajarish  umumiy  ko‘nikmasi 
“quriladi”.  Shu  tarzda,  yangi  o‘yinchilar  murakkab,  lekin  qo‘ldan 
keladigan  mashqlarni  bajarish  jarayonida  asosiy  voleybol  harakati 
elementlarini egallashga “yetaklaydi”. 
O‘rgatuvchi  mashqlarni  tanlash  –  bosqichning  muhim  vazifasidir. 
Uni  texnik uslublar  tuzilmasi  o‘rgatuvchi  mashqlardan  kelib chiqadigan 


172 
qoidalarga binoan olib borish kerak. Tayyorlov va yetaklovchi mashqlar 
bajarilib,  uning  texnik  yoki  tarkibiy  qismi  sharoitlarini  soddalashtirish 
uchun  mo‘ljallanadi.  Takrorlashlar  natijasida  harakatlarni  boshqarish 
markazlarida barqaror neyron aloqalari osongina shakllanadi. Harakatlar 
strukturasi  dinamik  mexanizmlari  tezroq  shakllanadi,  ko‘nikma  ham 
tezroq barqarorlashadi. 
Maxsus  yaratilgan  sharoitlarda  ba’zi  tug‘ma  harakat  reflekslarini 
“harakatlantirish”  imkoni  tug‘iladi.  Ushbu  fikrlar  mantig‘i  maxsus 
moslamalar  (“tebranuvchi  tosh”,  kichik  to‘plar  va  b.),  shuningdek, 
maxsus  mashqlar  (“yuqori  tirgakda  yugurish”  va  b.)ni  yaratish  va 
qo‘llashga  olib  keladi.  Barcha  trenajyorlar  amaliy  ahamiyatidan  kelib 
chiqqan  holda  mashg‘ulotlar  uchun  tanlanadi.  Masalan,  plastmassa 
to‘plarni  uloqtirish,  qo‘l  silkib  to‘pni  uloqtirish  ko‘nikmasini  shakllan-
tiradi, rezina binti bilan mashqlar aksincha, qo‘llarni mustahkamlab, qo‘l 
silkib uloqtirishni charxlaydi. 
Ba’zi trenajyorlar erkinlik darajasini kamaytirib, elementlarni bir xil 
bajarishni  ta’minlaydi,  bu  esa  to‘g‘ri  ko‘nikmani  tezroq  o‘zlashtirishda 
qo‘l  keladi.  Mashqlarni  “faqat”  to‘g‘ri  bajarish”    tamoyili  tatbig‘i 
noto‘g‘ri  ko‘nikma  shakllanishi  va  qayta  o‘rganishning  oldini  oladi. 
Ularni  to‘g‘ri  tanlab  olish  muhim.  Texnik  uslubning  u  yoki  bu dinamik 
mexanizmi shakllanadigan umumlashtiruvchi va tayyorlov mashqlarigina 
(shu jumladan, trenajyorlar bilan) samarali bo‘lish mumkin. O‘rgatuvchi 
mashqlarning  tashqi  o‘xshashlik  emas,  balki  ichki  dinamik  mohiyat 
“asosiy”  harakatning  dinamik  tuzilmasiga  mos  kelishi  kerak.  Misol 
uchun,  yuqoridan  to‘p  uzatishda  eng  oddiy  mashqlarni  bajarish 
sharoitlarini soddalashtirish hisobiga to‘p bilan ishlash texnikasini to‘g‘ri 
shakllantirishda  qo‘l  keladi.  Pastdan  to‘p  uzatish  holati  bu  holatda 
nomuvofiq  bo‘lib,  o‘yinchilarni  to‘pni  qo‘l  bilan  urishiga  o‘rgatadi  va 
burish holatini o‘zgartiradi. 
O‘qitishning  uchinchi  bosqichining  boshlanishi  o‘yinchining  butun 
sport  karyerasida  davom  etadi.  Mashg‘ulotlar  jarayonida  o‘yinchi 
ko‘nikmaning  mos  elementini  o‘rganish,  yuzaga  kelgan  xatolarni 
to‘g‘rilash va mushaklar tezlik-kuch tasnifini oshirish maqsadida u yoki 
bu umumlashtiruvchi va tayyorlov mashqlariga qaytishi kerak. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish