O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Tayyorgarlikni  ta’minlash  bosqichining  asosiy  vazifalariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1-vazifa
.  Tashkilotchilikni  ta’minlash,  tartiblilik,  harakatchanlik, 
mehnatsevarlikni  tarbiyalash,  mashg‘ulotlarda  ko‘p  mashqlarni  bajarish 
qobiliyatini  rivojlantirish,  voleybol  mashg‘ulotlariga  qiziqish  va 
o‘rganishga xohishni oshirish, muntazam o‘z ustida ishlash. 
2-vazifa.
  Chidamlilik  hamda  organizmning  kuch  va  tezlik  tasnifini 
oshirish,  tayanch-harakat  apparatining  asosiy  elementlari  –  bo‘g‘imlar, 
paylar va mushaklarni “ishlatish”. 
3-vazifa
.  Umumiy  o‘yin  qobiliyatlari  –  bolalar  turli  harakatli  va 
sport 
o‘yinlari,  shuningdek,  o‘yinli  mashqlarda  egallaydigan 
ko‘nikmalarni takomillashtirish. 
1-vazifani  bajarishda  har  bir  mashg‘ulotda  har  bir  o‘yinchi 
muvaffaqiyatini  ta’minlash  tamoyili  asosiy  o‘rinni  egallashi  shart.  Har 
bir  darsga  ko‘plab  vazifalar  qo‘yish  va  o‘quvchilar  yutuqlarini  ijobiy 
baholash  ushbu  tamoyilning  mohiyati  hisoblanadi.  Murabbiy  rag‘bati  – 
bu  yangi  o‘quvchining  yutug‘idir.  Lekin  u  o‘yinchining  maqsadiga 
aylanmasligi  kerak,  chunki  uni  tashqi  rag‘batga  tobe  qilib  qo‘yadi, 
kelgusida o‘ziga ishonch imkoniyatini cheklaydi. 
Birinchi  vazifani har bir  mashg‘ulotda  va  undan tashqaridagi  ijodiy 
va axloqiy muhit ijobiy hal etadi. U o‘quv-tayyorgarlik mashg‘ulotining 


170 
professional  olib  borishi  natijasi  bo‘lib,  unga  har  bir  murabbiy  intilishi 
zarur. 
2-vazifa
 
o‘yinchi  organizmi  tezlik-kuch  tasnifini  oshirish,  tayanch-
harakat  apparati  asosiy  elementlarini  ishlab  chiqishdir.  U  ilk  voleybol 
mashg‘ulotlaridan  boshlanib,  o‘yinchilarning  butun  sport    karyerasining 
u  yoki  bu  ko‘rinishida  davom  etadi.  Voleybolchilar  qanchalik  yosh 
bo‘lsa,  ularning  jismoniy  holatini  takomillashtirish,  energetik  potensial 
(kuch  qudrat)ni  oshirish  va  o‘yin  vazifalarini  samarali  bajarishda 
shartlarni amalga oshirish uchun qo‘llab olishga ko‘proq vaqt va  e’tibor 
qaratish  lozim.  Ushbu  vazifani  muvaffaqiyatli  bajarish  yosh  voleybol-
chilarga o‘yin uslublari texnikasini o‘rgatish sifati va tezligini belgilaydi. 
3-vazifa  yosh  voleybolchilarning  umumiy  o‘yin  qobiliyatlarini 
takomillashtirish  ham  muhim  vazifa  hisoblanadi.  Ko‘plab  sport  va 
harakatli  o‘yinlar  mavjud  bo‘lib,  darslarda  ulardan  foydalanish  yosh 
sportchilar  o‘yin  qobiliyatlarini  rivojlantiradi.  Har  bir  yosh  kategoriyasi 
uchun  mos  qiziqarli  va  fayzli  o‘yinchilarni  tanlash  mumkin.  Faqatgina 
zakovat, 
tezlik 
va 
tezkor 
to‘g‘ri 
qarorlar 
qabul 
qilishni 
mustahkamlaydigan  ko‘p  harakatli  va  o‘yin  vaziyatlari  mavjud 
o‘yinchilarni  tanlab  olish  kerak.  O‘yinlar  o‘yinchilarning  vazifalarini 
bajarishda hamkorlik qobiliyatini rivojlantirishi va har tomonlama yaxshi 
jismoniy mashqalarni ta’minlashi kerak. 
Birinchi  darslardanoq,  yangi  sportchilarga  g‘alaba  qozonish  va 
mag‘lubiyatlarni  munosib  qabul  qilish,  o‘zlari  uchun  foydali  xulosa 
chiqarishni  o‘rgatish  kerak.  O‘rgatishning  ushbu  aspektlari,  ayniqsa, 
qizlarni  o‘qitishda  qo‘l  keladi,  chunki  hozirgi    vaqtda  ular  uyda  ham, 
maktabda  ham  harakatli  o‘yinlarni  deyarli  o‘ynashmaydi.  Bu  ayniqsa, 
baland bo‘yli o‘smirlarga tegishli. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish