O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Himoyachilarning  tayyor  holatda  turishi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Himoyachilarning  tayyor  holatda  turishi.
  Har  qanday  himoya 
harakatlari  asosiy  turish  holatida  yoki  turish  holatidan  kelib  chiqib 
bajariladi,  ushbu  holatlarda  bu  himoyachining  start  holati  hisoblanadi 
(20-rasm).  
 
Tayyorlik  holatida  turish  himoyalanuvchi  o‘yinchining  vazifalari 
bilan belgilovchi xususiyatlarga ega. Avvalo, himoyachi o‘z vaqtida to‘p 
ostiga  o‘tish  uchun  tez  start  olishi  lozim.  Harakatlanishlar  haqidagi 
tegishli  bo‘limda  shunday  xulosaga  kelgan  edikki,  buni  yaxshisi 
bukilgan  oyoqlarda  pastroq  va  keng  turish  holatida  bajargan  ma’qul, 
bunda  birinchi  qadamdagi  gorizontal  tashkil  etuvchi  kuch  ancha  yuqori 
bo‘ladi.  Yengil  atletikada  ham  shunday  qonuniyat  mavjud:  masofa 
qanchalik  qisqa  va  harakatlanish  tezligi  yuqori  bo‘lsa,  yuguruvchilar 
shunchalik past start holatini egallaydilar. 
Harakatni tez boshlashning shartlaridan yana biri: tovonlar dastlabki 
holatga chizig‘ bo‘ylab joylashgan bo‘lishi lozim. Bunda perpendikulyar 
(ko‘ndalang)  yo‘nalishda tez  harakatlanish  g‘oyat  qiyin  bo‘ladi.  Shunga 
qaramasdan,  juda  ko‘pchilik  holatlarda  himoyachida  faqatgina  uchta 
oldinga,  o‘ngga  va  chap  yo‘nalishlarga  burilish  imkoni  bo‘ladi.  Agar 
dastlabki  holatda  himoyachining  tovonlari  frontal  tekislikda  joylashgan 
bo‘lsa,  unda  old  tomonga  start  qiyinlashadi,  saggital  (bir  oyoq  oldinda, 
boshqasi  orqada)  holatida  esa,  tomonlarga  harakat  boshlash  uchun, 
avvalo  old  tomonga  muvozanatni  yo‘qotish, keyin  to‘p  tomonga qadam 
tashlashni bajarish kerak. 
Harakatni boshlashda muvozanatni yo‘qotish holati himoyachini o‘z 
joyida  ancha  ushlab  qoladi.  To‘pni  qabul  qilishdagi  qiyinchiliklarga 
bog‘liq  holda,  frontal  turish  holatidagi  himoyachilarning  old  tomonga 
yiqilishlari  yuqori  bo‘ladi.  Asosiy  turish  holatidagi  ko‘pchilik 
himoyachilar  ichki  sezgi  asosida  tananing  umumiy  og‘irlik  markazi 


141 
proyeksiyasini tayanchning oldingi chegarasiga siljitadilar, biroq bu ham 
harakatni tez boshlash uchun yetarli bo‘lmaydi. 
Buning  yechimi  juda  oddiy.  Agar  start  harakatlarining  mumkin 
bo‘lgan  yo‘nalishlari  uchtagina  bo‘lsa,  bunda  himoyachining  old 
tomonga  muvozanatni  yo‘qotish  bevosita  bo‘ladi  (biroq  oldinga 
harakatlanish  bilan  emas),  bu  tananing  umumiy  og‘irlik  markazini 
muvozanatdan  chiqarishning  uzoq  davom  etuvchi  bosqichini  “bartaraf” 
etadi,  “zarbadan  qabulgacha”    vaqt  oralig‘ini  qisqartiradi.  Shu  tarzda, 
himoyachining  o‘z  joyida  ancha  ushlanib  qolishi  –  harakatlanish 
tomoniga  muvozanatni  yo‘qotish  zarba  berishga  qadar  bajariladi. 
Oldinga  haddan  tashqari  ko‘p  egilishdan  va  qadam  tashlab  qo‘yishdan 
saqlanish  zarur,  bu  yon  tomonlarga  harakatlanishni  qiyinlashtiradi  yoki 
cheklab qo‘yadi. 
To‘p  ostiga  o‘z  vaqtida  chiqishni  uzil-kesil  ta’minlashga  hujum 
yo‘nalishini  oldindan  ko‘ra  bilish  asosida  harakatlanishni  ertaroq 
(hujumchi to‘pga zarba bergungacha) boshlash yordam beradi. Oldindan 
ko‘ra  bilish  o‘yin  vaziyati  tahlili  natijalari  va  hujumchining  zarba 
harakatlari  bo‘yicha  aniqlanadi.  Bunda  muvaffaqiyatni  o‘yinchining 
individual taktikasi belgilaydi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish