O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Himoyalovchi  platformani  tizzada  sirpanish  bilan  tashlanish



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Himoyalovchi  platformani  tizzada  sirpanish  bilan  tashlanish 
holatiga  o‘zgartirish. 
Harakatlanish  uchun  qadam  qo‘yish  va  qadam 
tashlash  yetishmagan  hollarda  himoyalovchi  platformani  tizzadan 
tashqariga  chiqarmaslik  uchun  to‘p  ostida  tizzada  sirpanishdan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir (23-rasm).
 


143 
 
Tizzada  sirpanish  bilan  tashlanib  to‘pni  qabul  qilish  –  ancha  oddiy 
texnik  harakat  bo‘lib,  ancha  qobiliyatli  himoyachilar  ba’zida  murabbiy 
yordamisiz ham uni o‘rganib oladilar. Tashlanish uch tomonga: oldinga, 
o‘ngga, chapga bo‘lishi mumkin. Zarur yo‘nalishni belgilab va harakatni 
boshlagan  holda,  himoyachi  oyoqlar  harakati  yo‘nalishi  bo‘yicha 
yaqinroqdagi  tovonni  zich  holatida,  harakatlanish  chizig‘iga,  to‘g‘ri 
burchak  ostida  polga  qo‘yadi  va  uning  tashqi  tomoniga  egiladi.  Keyin 
sekingina  tizzani  tayanchning  tashqi  tomoniga  qo‘yadi  va  uning  turish 
holatini  yo‘qotmagan  holda,  uning  ustida  sirpanadi.  Tizzaning  tashqi 
tomonidan  muskullar  va  tizzani  himoyalovchi  vositalar  ushbu 
sirpanishning mutlaqo og‘riqsiz bo‘lishiga imkon beradi. 
Platforma  bilan  to‘pni  qaytarib,  himoyachi  qo‘llarini  bir-biridan 
ajratadi  va  ularni,  albatta,  egilgan  oyoq  tizzalarining  oldida  polga 
qo‘yadi.  Aks  holda,  yon  tomonga  tashlanishda  tizza  barmoqlarni  “ezib” 
yuborishi  mumkin.  Butun  gavdani qo‘lga  qo‘yib,  o‘zini  biroz  ko‘targan 
holda o‘yinchi sirpanishni turish holatiga o‘tish bilan yakunlaydi, poldan 
qo‘llarni  olib  yana  o‘yinga  qo‘shiladi.  Har  qanday  holatda  ham 
himoyachi panjalarini shunday qo‘yishi kerakki, ular xalaqit bermasdan, 
o‘yinchiga sirpanishga yordamlashmasin. 
To‘pga  tashlanishda  himoyachining  tezligi  qanchalik  yuqori  bo‘lsa, 
uning  boldirda  yerga  tushish  trayektoriyasi  ham  (hujum  burchagining 
kamayishi  hisobidan)  shunchalik  qiya  holda  bo‘ladi,  qabul  qilish  esa 
shunchalik  xavfsiz  bo‘ladi.  Yuqori  tezlikda  harakatlanganda  himoyachi 
qo‘llar  yordamisiz  ham  sirpanishi  mumkin.  Bunda  zaruriy  talab 
turishning  yuqori  qismini  gavdaning  egilish  burchagini  saqlab  turish  va 
qaytaruvchi  platformani  old  tomonga  burilishi  hisoblanadi  (uning 
burchagini  himoyachi  oldindan  tanlashga  intiladi).  Himoyachi 
qaytaruvchi  platformani  to‘p  ostiga  shunday  joylashtirishi  kerakki,  u 
to‘pni  qaytarishda  u  gavdaning  old  tomoniga  (o‘zining  oldiga)  bo‘lsin. 
Sirpanishdagi  tashlanishlarda  to‘pni  qabul  qilish  holatlari  bundan 


144 
mustasnodir,  bunda  himoyachi  gavdani  bukkan  holda  to‘pga  qo‘llari 
bilan intiladi. 
Sirpanish  jarayonida  ancha  uzoqdagi  to‘pga  yetib  borish  uchun 
platformani xuddi shu tekislikka gavdani yon tomonga burish hisobidan 
o‘tkazishga  ham  yo‘l  qo‘yiladi,  ya’ni  joylashishda  uning  mo‘ljalini 
o‘zgartirmasdan,  biroq  qo‘llarni  tizzadan  tashqariga  chiqarishni  odatga 
aylantirmaslik  kerak  –  bu  himoyachining  harakatlanganligini  to‘sib 
qo‘yadi  va  to‘pni  yetkazish  aniqligini  pasaytiradi.  Bu  ayniqsa,  yosh 
bolalar  uchun  zararlidir.  Yiqilish  tomonga  gavdaning  egilishi  ham 
platformani  harakat  yo‘lini  oshiradi  va  himoyachi  imkonyatini 
kengaytiradi.  Biroq,  muvozanatni  yo‘qotgan  holda,  himoyachi  tabiiy 
holatda  yonboshga  yiqilishga  o‘tishga  majbur  bo‘ladi.  Ammo  bu  endi 
boshqa texnik usul hisoblanadi. 
Qaytaruvchi platformani boldirga sirpanish bilan siltanish hisobidan 
olib o‘tganda himoyachining yon tomonlaridan 2-2,5 
m
 masofada uchib 
o‘tayotgan to‘pni qaytarish mumkin. Biroq, o‘yinda yanada uzoqroqdagi 
to‘pga  ham  “yetib  borishga”  imkon  beruvchi  boshqa  himoya  usullari 
ham  bor  bo‘lib,  bunda  yon  tomonga  yiqilish,  yelka  yoki  orqa  bilan 
umbaloq  oshib  to‘pni  qabul  qilish  nazarda  tutiladi.  Ular  o‘z  xatosini 
(joyni noto‘g‘ri tanlash, zarba yo‘nalishini noto‘g‘ri aniqlash va b.) yoki 
sherikning  xatosini  to‘g‘rilashda,  to‘p  to‘siq  qo‘yuvchilar  yoki 
himoyachilarga tegib o‘z yo‘nalishini birdaniga o‘zgartirganda to‘p bilan 
ishlash vaziyatlarida qo‘llaniladi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish