Ko‘krak bilan yiqilishda to‘pni qabul qilish.
Himoyada to‘pni
qaytarishning bunday usuli asosan erkaklar voleybolida qo‘llaniladi. U
himoyada o‘ynashning bir butun usullar majmuasidan chetda turadi,
chunki bajarilishi bo‘yicha mustaqil bajarishga ham, rivojlanishga ham
ega. Odatda uni ancha uzoqlikdagi to‘pni qabul qilish uchun yugurishdan
keyin qo‘llaniladi, biroq undan yuqorida bayon etilgan usullar o‘rniga
ham, voleybolchilar ularni bilmagan hollarda foydalanadi. To‘pning
yo‘nalishi aniqlangach, himoyachi yuguradi (yugurishi to‘pgacha
bo‘lgan masofaga bog‘liq holda, har xil uzunlikda bo‘lishi mumkin) va
oldinga yiqilish tashlanishini bajaradi. O‘yinchi to‘pni qoida tariqasida,
kuchli qo‘li panjalarining orqa tomoni bilan qaytaradi, ikkala qo‘li
barmoqlarini o‘z oldiga polga qo‘yadi, ko‘krak bilan sirpanishga
yordamlashadi. Sirpanish o‘yinchini jarohat olishdan saqlaydi. To‘p
147
tayanch holatda turilganda ham qaytarilishi mumkin, bu asossizdir –
bunday to‘pni o‘yinchi boshqa texnik usullar yordamida qabul qilsa
yaxshiroq bo‘ladi (26-rasm).
Ba’zan jasur o‘yinchilar oldinga uzatilgan qo‘l bilan yiqilishni
bajara oladilar, gavdaning sirpanishiga boshqa qo‘l bilan yordam
beradilar. Bu himoyachidan yanada uzoqroqda o‘tayotgan to‘pni qabul
qilishga imkon beradi va u o‘z vaqtida harakatlanish uchun zarur tezlikka
erisha olmagan vaziyatlarda qo‘l keladi.
Hozircha, ta’kidlashimiz mumkinki, erkak himoyachilar platformani
boldirga sirpanish va yon tomonga yiqilib tashlanish hisobidan qaytarish
texnikasini hali yaxshi egallamaganliklari tufayli ko‘krak bilan yiqilishni
yaqindan o‘tayotgan to‘pni qaytarishda majburan qo‘llaydilar. Bundan
tashqari, tashlanish va qadam qo‘yish bilan ishlanadigan to‘plar ham
ko‘krak bilan yiqilish usulida bajariladi.
Yaxshi himoyada o‘yinning ushbu usullarini maqsadga muvofiq
ketma-ketlikda qo‘llanilishini buzmasligi va faqat bittasini, olaylik, eng
yaxshi o‘zlashtirgan voleybolchigina qo‘llashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Bu o‘yinchining himoya harakatlari turlarini chegaralab qo‘yish
hisobidan to‘pni samarali yetkazib berilishini jiddiy pasaytiradi. Buning
ustiga bu himoyachiga ancha zarar yetkazadi, platformani “gavda bilan
olib yurish” imkoniyatidan mahrum etadi, ba’zida qadam qo‘yish va
sirpanish o‘rniga oyoqlar ostiga qorin bilan yiqilishga o‘rganib qoladi.
Yana bir bora himoyada to‘pni qabul qilish usullarini bajarishning
boshlanishi bir xil, to‘pni qaytarish usullarining har biri esa ushbu
boshlanishni rivojlantirish yo‘li bilan amalga oshirilishini ta’kidlab
o‘tamiz. Bu ularning bir harakatda maqsadga muvofiq qo‘llanilishini
sezilarli yengillashtiradi: harakatning boshlanishi standart holda, to‘p
ustida platforma bo‘lishi start harakatlarini maqsadga muvofiq
rivojlantirish jarayonida bajariladi – uni olib o‘tish usuli himoyachining
yonidan uchib o‘tayotgan to‘pgacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi.
Shu tarzda, barcha bayon etilgan o‘yin usullari (ko‘krak bilan yiqilishdan
tashqari) ushbu holda himoyada to‘pni qaytarish usullarining yagona
majmuasiga
organik
ravishda
birlashadi
va
himoyalanuvchi
148
o‘yinchilarning vazifasini yengillashtiradi, ularga qadam qo‘yish, egilish,
boldirda sirpanish, yonga yiqilish, umbaloq oshib tashlanish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |