O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

 
3.12. Himoya texnikasi 
3.12.1. Zamonaviy voleybolda himoyada o‘ynash tasnifi 
 
Bugungi  kunda  voleybol  o‘yinchilarining  himoya  harakatlari 
o‘yinning  shunday  elementi  hisoblanadiki,  ayniqsa,  bu  sohada  orqada 
qolish  sezilarli  bo‘lib,  hujum  himoyadan  ustunlik  qiladi.  Buni  isbotlash 
va  muammoni  hal  etishdagi  birinchi  qadam  sifatida  o‘yin  qoidalaridagi 
o‘zgarishlarni  ko‘rsatish  mumkin.  Ularga  ko‘ra,  jamoaning  o‘yinini 
kuchaytirish  uchun  keyingi  qatorda  libero  voleybolchilar  paydo 
bo‘lishdi. 
Ta’kidlash joizki, libero deyarli butun o‘yin davomida maydonchada 
bo‘ladi  va  jamoaning  himoya  tarkiblarini  kuchaytiradi,  bu  bilan  bir 
vaqtning  o‘zida,  maydonda  samarali  himoyalanishni  bilmaydigan  bir 
yoki  ikkita  kuchli  hujumchiga  faqat  hujum  zonasida  o‘ynash 
imkoniyatini  yaratib  beradi.  Bu  jamoaning  hujum  salohiyatini  oshiradi. 
Shu  tarzda,  xulosa  qilish  mumkinki,  hujumkorlikning  himoyalanishdan 
ustun qo‘yilishi muammosini bunday usul bilan to‘liq hal etib bo‘lmaydi. 
Hujumning  himoyadan  ustunligi  quyidagi  vaziyatlar  bilan  yuzaga 
chiqqan.  Himoyada  o‘ynashda  texnik-taktik  vazifalarni  samarali  hal 


136 
etishning  asosiy  shartlaridan  muhumligi  mohiyatiga  ko‘ra  qaralganda, 
himoyachilar  tomonidan  to‘liq  darajada  faqat  bittasi  –  hujumchining 
zarbasini qaytarish uchun joy tanlashda foydalaniladi. Himoyachilarning 
bir  qismi  qo‘llarning  bo‘shashuvchi  harakati  bilan  to‘pning  uchish 
tezligini biroz “aniq” zarbasidagina uning yetib borishini ta’minlaydi. 
Odatda,  hujumning  ehtimoliy  yo‘nalishini  hisoblab  va  to‘p  bilan 
uchrashish  joyiga  oldindan  joylashgan  holda,  himoyachi  zarbadan  oldin 
turish  holatiga  o‘tadi,  qo‘llarni  hujumni  qaytarish  uchun  tayyorlaydi  va 
“siqilgan” holatda turadi. Hujumchining zarbasi qanchalik kuchli bo‘lsa, 
himoyachi  ham  shunchalik  tayyorlanadi;  kuchsizroq  hujum  zarbasi 
bajarilgan hollarida yengil harakatlar bilan “tashlanadi”, himoyalanuvchi 
o‘yinchi  ham  ba’zida  uchib  borayotgan  to‘p  ostida  ayrim  siljishlarga 
qodir bo‘ladi. 
Zarba oldidan himoyachilarning “sakrashlari” kuchli zarbadan so‘ng 
uchayotgan  to‘p  ostidan  harakatlanishlarini  mutlaqo  to‘sib  qo‘yadi.  Bu 
to‘p  yo‘nalishini  hujumchining  harakatlariga  aniq  baho  berish  bilan 
birgalikda  himoyadagi  o‘yinni  qandaydir  lotoreyaga  aylantirib  qo‘yadi. 
Himoyada  faqat  joy  tanlash  hisobidan  himoyachilarni  muvaffaqiyati 
o‘ynash  usuli  asosan  aksariyat  hujumlarni  himoyachi  egallagan  joyga 
urulishi  yoki  urulmasligiga  bo‘g‘liq.  Agarda  to‘p  zarbadan  keyin  yon 
tomondan  uchib  o‘tib  ketsa,  barqaror  va  “siqilgan”  holda  turgan 
himoyachi,  faqat  unga  qo‘lini  cho‘zishga  ulguradi,  zarba  bo‘lgan  joyga 
ko‘krak  bilan  buriladi,  bu  bilan  himoyachi  platformaning  mo‘ljal  olishi 
ham  o‘zgaradi.  Bunday  variantda  to‘pning  o‘zaro  harakati  platformaga 
salgina tegib, tashqariga  uchib  ketadi.  Ushbu aytilgan  xatolik  mamlakat 
terma jamoalari o‘yinchilariga ham taalluqlidir. 
Himoyada    o‘ynash  kamchiliklariga,  shuningdek,  himoyachilar 
qo‘llayotgan  turish  holatining  ma’qul  emasligi  va  qaytaruvchi 
platformaning joylashuvidagi mo‘ljalini o‘zgartirmasdan samarali va tez 
siljita olmaslik kabilarni ko‘rsatish mumkin. 
Negadir  keyingi  vaqtlarda  bukchayib  turish  va  tirsakdan  bukilgan 
qo‘llarni  pastda  tutish  ko‘paymoqda.  Bunday  turish  holatida  qaytarish 
uchun qo‘lning har qanday to‘g‘ri holati to‘p bilan platformaning o‘zaro 
to‘qnashuv  zarbasiga  qo‘shilib  ketadi,  bu  kuchli  zarbalarni  qabul  qilish 
aniqligini sezilarli darajada pasaytiradi. 
Himoyachi  platformani  o‘zgartira  olmaslik,  avvalo,  erkaklar 
jamoalarida  uchraydi,  biroq  ayollar  jamoalaridagi  himoyachilarda  ham 
tezlik  bilan  uchib  kelayotgan  to‘pni  qabul  qilishda  anchagina 
muammolar  mavjud.  Ular  himoyachi  platformani  tashkil  etuvchi 


137 
qo‘llarni,  kuchli  zarbalar  vaqtida  faqatgina  “tizzadan  tizzagacha” 
silkitishlari  va  bunda  ularga  tomon  ancha  ishonch  bilan  qabul  qilishlari 
mumkin. 
Erkak  himoyachilar  tomonidan  unchalik  murakkab  bo‘lmagan 
to‘plarni  olish  uchun  ham,  oldinga  yiqilib  ko‘krak  bilan  sirpanishdan 
keng foydalanish holatlari ham vaziyatni chuqurlashtiradi. Bunday qabul 
qilish  usulida,  amalda  himoyachi  platformani  “yuqotadi”,    chunki 
himoyachi  to‘pga  faqat  qo‘li  bilan  intiladi,  uni  tayanch  maydoni 
tashqarisiga  chiqaradi.  To‘p  kichik  maydon  –  barmoqlarning  tashqari 
tomoni 
bilangina 
qaytariladi, 
bu 
ikki 
qo‘llab 
to‘pni 
qabul 
qilingandagidan  ko‘ra  uning  yetkazilishi  aniqligini  pasaytiradi.  Shu 
tarzda, himoyada o‘ynashning eng samarasiz usuli qo‘llanilgan bo‘ladi.  
Erkaklar  jamoasi  a’zolari  yiqilishning  bunday  turini  qolgan  barcha 
usullar  jumladan:  tizzada  sirpanish  bilan  to‘pni  qabul  qilish,  yonboshga 
yiqilib, 
umbaloq 
oshib 
qabul 
qilishdan 
ustun 
qo‘yishadi. 
Voleybolchilarning 
kamchiligi 
tizzani 
himoyalovchi 
vositadan 
foydalanadilar,  usiz  esa  tizzada  sirpanishni  bajarish  imkonsiz  va 
yonboshga  harakatsiz  yiqilish qiyin bo‘ladi, ko‘krak bilan  yiqilishni  esa 
tizzalarni himoyalovchi vositalarisiz ham bajarish mumkin. 
 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish