V
max
va
F
max
lariga
ega) rivojlantirish qobiliyatlarining cheklanganligini hisobga olinsa,
unda jismni samarali tezlashtirish uchun hal qiluvchi kuch qo‘yish
yelkasining maqsadga muvofiq o‘zgartirilishi hisoblanadi. Masalan,
harakatning chekka nuqtasi
M
ga kuch qo‘yilishi yelkasi
L
m
eng katta,
128
mayatnikning joriy tezligi esa nolga teng bo‘ladi (
V
k
=0). Tezliklar
farqining o‘sib borishi (
V
max
-V
x
) oqibatida tezlantirilayotgan mayatnikka
ko‘proq kuch qo‘yish uchun sharoitlar paydo bo‘ladi. Boshqa tomondan
esa, tezlanishga bog‘liq holda muskullarning bir xildagi qisqarishi
mayatnikning o‘sib boruvchi burchak siljishlarini ta’minlaydi, bu uning
burchak harakat tezligining noproporsional ortib borishini keltirib
chiqaradi. Bu esa mushakning maksimal ta’sir kuchi oshishini anglatadi,
bu o‘z navbatida, o‘zaro ta’sirlashuvchi tizimlar tezligidagi farqlarni
oshiradi, bu bilan ishlab chiqarilayotgan energiya oqimining
“o‘zlashtirilishini” oshiradi.
Biroq, kuch qo‘yishning “mos” sxemasi, aniq harakatlar uchun juda
foydali. Muskullarning bir xilda qisqarishida oyoqlar yo‘lining kamayib
borishi harakatning yanada aniqroq farqlanishi uchun sharoit yaratadi.
Xato qilish kattaligi va ehtimoli pasayadi. Shu tarzda, “mos” model tizim
hisoblanib, unda mayatnikning burchak siljishi amplitudasi chekka
nuqtasidan muvozanat holati tomon harakatlanganda, harakatni uzatish
munosabatlari kamayishi tomoniga, “qat’iy” modelda esa ko‘payish
tomoniga o‘zgaradi. Obrazli qilib aytganda, “mos” sxemadagi
aloqadorlik modelida “uzatishlar qutisi” yuqoridan pastga o‘zgartiriladi,
“qat’iy” modelda esa, aksincha, pastdan yuqoriga darajaga o‘zgartiriladi.
Tabiiyki, obyektga mumkin qadar katta tezlik xabarini berishda
ikkinchi usul, ya’ni kuch qo‘yishning “qat’iy” sxemasi foydaliroq.
“Qat’iy” sxemadagi aloqadorlik bo‘yicha mayatnik tezlanishining
boshida, uning tezligi kichik bo‘lganda (bu tezliklarning katta farqini:
V
max
-V
x
ni belgilaydi), yuqori samara olish uchun muskul kuchini katta
yelka orqali qo‘yish foydaliroqdir.
Tezlanish oshishi bilan kuch yelka muskullarida kamayadi. Biroq
bunda, o‘zgaruvchan uzatish munosabatlari effekti hisobidan, maksimal
tezlik (
V
max
) oshadi. Bu o‘zaro ta’sirlashuvchi tizimlar tezliklaridagi
farqni quvvatlab turish imkonini beradi va kiritilayotgan energiyaning
foydalilik koeffitsientini pasaytirmaydi. “Mos” sxemadagi aloqadorlik
modelida teskari manzara kuzatiladi. Hujumda tezlanishning boshida,
kuch sifati yelka muskullarida namoyon bo‘layotgan paytda, bosh miya
katta yarimsharlariga jiddiy tezlanishni xabar qilish imkoni yo‘q.
Ma’lum bir tezlikka erishgandan so‘ng esa, yelka muskullarida kuch
oshib boradi, chunki yelka bilan aniqlanuvchi
V
max
kamayishi sababli,
miyacha kami 3-4 soniya mobaynida bosh miyaga xabarni yetkazadi.
Aloqadorlikning “mos” sxemasidagi muskullar esa mayatnikni
muvozanat holatidan osongina chiqarishga qodir bo‘ladi, zaruriyat
129
bo‘lganda ko‘proq kuch momentini qo‘ya oladi, “qat’iy” sxemadagi
muskullar esa mayatnikka, yoki umuman ta’sir ko‘rsata olmaydi (axir
kuch qo‘yish yelkasi nolga teng bo‘ladida), yoki ushbu vazifani katta
qiyinchilik bilan bajaradi. Muskullar kuch sifatini namoyon qilishda esa
“mos” sxemasi juda aniq harakatlar qilishda foydali, chunki sportchi
a’zolarining harakatlanishi muskullar qisqarishi hisobidan ta’minlanadi,
boshqa aloqadorlik tizimlarida bu mumkin emas.
17-rasm
Gavda muskullarini qarab chiqamiz.17-rasmda umurtqa ustunining
ayrim muskullarining birikish usullari keltirilgan. O‘qosti muskullari o‘z
paylari bilan ikki oraliq umurtqa disklarining orqa o‘qosti o‘simtalariga
bog‘langan. Rotator muskullar yuqori diskning yon o‘simtalarini quyi
qo‘shni diskning o‘qosti o‘simtalari bilan bog‘lab turadi. Umurtqa
ustunining gavdani burilish jarayonidagi aylanishida, eslab o‘tilgan
muskullar “qat’iy” sxema bo‘yicha ishlaydi. Qorinning to‘g‘ri va egri
muskullari ham, belning keng muskullari ham, shuningdek, umurtqa
bo‘ylab joylashgan muskullarning barcha to‘plamlari ham shu ish
tartibida faoliyat yuritadi. Shu tarzda, gavda harakati ham o‘rganilgan
aloqadorlik sxemalarining ikkalasida ishlashi mumkin. Agarda qo‘lning
siltanishi va zarba gavdaning qaytuvchi burilishi bilan bajarilsa,
aloqadorlik sxemasi “qat’iy” hisoblanib, bu zarba tezligini oshirish
uchun qulaydir. Agarda gavda bilan harakat orqaga, oldinga egilishlar
130
hisobidan bajarilsa, unda regressiv (pasayuvchi) qat’iylikdagi kuch
qo‘yishning “mos” sxemasi ishlaydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib shuni xulosa qilishimiz
mumkinki, zarba beruvchining tezlanish jarayonida eng yuqori tezlikka
erishish uchun zarba berish qismlari sonini ko‘paytirishga intilish va har
bir qismning tezlanishini shunday mo‘ljallash kerakki, zarba vaqtida
barcha qismlarning tezligi eng yuqori darajada bo‘lsin. Odamning skelet
muskullarida egiluvchan elementlar parallel va qat’iy ketma-ketlikda
qisqaruvchan tolalarga tarmoqlanadi. Muskullar fizik modelining
birmuncha soddalashtirilgan chizmasi 18-rasmda berilgan.
18-rasm
Muskullarning
qisqaruvchi
elementi
bo‘lgan,
ketma-ket
tarmoqlangan egiluvchan element – muskul paylarining kollagin
tolalaridir. Muskulning parallel tarmoqlangan egiluvchan elementi tola
ichida joylashgan elementlardan (sarxoplazmatik reticulum pufakchalari)
birlashtiruvchi ingichka tolalari va muskullarni o‘rab turgan yo‘g‘on
birlashtiruvchi sarkolemmateridan – o‘ziga xos muskul to‘qimasidan
tashkil topgan.
Voleybolchi zarba tugallanishida to‘xtaganidan so‘ng unga teskari
yo‘nalishda tezlanish berishning boshlanishi muskulning qisqaruvchi
elementi va parallel tarmoqlangan egiluvchan muskullar bilan birgalikda
amalga oshiriladi. Ketma-ket tarmoqlangan muskullar, ta’kidlab
o‘tilganidek, dastlab qo‘shimcha cho‘ziladi, so‘ng esa voleybolchini
tezlashtirib qisqaradi. Bu yerda samaradorlikning bir muhim shartini
ta’kidlash joiz. Real sharoitda hujum zarbasini bajarishda, siltanishda
zarba beruvchi bo‘g‘in, skelet muskullari faollik impulsi bo‘yicha
yaratilgan harakat inersiyasi kuchi bilan siljishi lozim. Ular, qo‘l-
oyoqlarning teskari yo‘nalishdagi tezlanishini amalga oshiruvchi skelet-
muskullarga keraksiz qarshilik qilmaslik uchun va suyak-muskul
birikmasidagi egiluvchan elementlar ishini to‘sib qo‘ymasligi uchun, o‘z
vaqtida bo‘shashi lozim. Biroq, qo‘l-oyoqlarni, muskul energiyasini
minimal yo‘qotgan holda, siltanishda to‘xtatish faqat parallel
tarmoqlangan egiluvchan mushak ishtiroki bo‘lishi mumkin. Siltanishda
131
qo‘l-oyoqlarni to‘xtatish bo‘yicha ishlarga parallel tarmoqlangan
egiluvchan muskullar ham qo‘shila olishi uchun, muskul tolalarini bo‘sh
holatda uning tinch holatda uzunligiga nisbatan 35% dan ortiqroq
cho‘zilishi zarur.
19-rasm
Bunda muskullarning yopishqoq ishqalanishi birdaniga kamayadi va
uning egiluvchanlik xarakteristikasi idealga yaqinlashadi. Biroq
odamning har qanday muskuli ham harakat jarayonida prujina kabi
foydalanilmaydi. Urchuqsimon muskullarda tolalarning va umuman
muskullarning nisbiy uzayishi unga mos tushadi. Bo‘g‘inlardagi
harakatning real amplitudasi ham urchuqsimon muskullar tolasini tinch
holatdagi uzunligining 35% dan ortig‘igacha cho‘zishga imkon
bermaydi.
Sport harakatlarining mumkin bo‘lgan maksimal amplitudasida faqat
patsimon muskullar tolalarigina har ikkala egiluvchan muskul ishlay
olishi mumkin bo‘lgan darajagacha cho‘zilishi mumkin. Patsimon
muskullarning bu xususiyati ularning geometrik xususiyatlari bilan
izohlanadi (19-rasm). Bunday muskullarda qisqaruvchan tolalar parallel
bog‘langanligi uchun umuman barcha muskullarning va uning ayrim
tolalarining cho‘zilish kattaligi jiddiy farqlanmaydi. Nisbiy deformatsiya
esa, patli muskullar biroz chuzilganda uning tolalari tinch holatdagidan
35-65% gacha diyapozonda defarmatsiyalanadi va qat’iy qayishqoq
elastamerga aylanadi. Siltanishda hujumchi qo‘lining “tashlanishi”
(albatta, “qat’iy’’ sxema bo‘yicha) va uning zarba tezlanishining
ilgarilash xarakteri tashqi jihatdan to‘xtalmasdan amalga oshirilishi va
siltanish amplitudasining chekka nuqtasidan “o‘q otish” kabi ko‘rinishi
lozim.
132
Energiyaning samarasiz yo‘nalishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun
quyidagi qoidaga amal qilish lozim: Siltanishda zarba beruvchining
tezligi bo‘g‘inlardagi egiluvchan muskullar tomonidan sekinlashtiriladi,
zarba tezlanishi esa ushbu egiluvchan muskullardagi qisqaruvchi tolalar
ishi bilan birgalikda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |