O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

A
  holatdagiga  qaraganda, 
B
  holatda  to‘p  bilan  ishlash 
qulayroqdir: 
- zarba beruvchining tezlanish yo‘li 
A-B
 masofaga oshadi; 
-  bir  xil  hujum  burchagida,  to‘rning  yuqori  qismida,  ancha  katta 
balandlikdan to‘pni to‘r ustidan maydonchaga yo‘naltirish mumkin; 
-  hujumchida  to‘siqni  yaxshiroq  ko‘rish  imkoni  paydo  bo‘ladi, 
chunki  to‘p  oldinda  bo‘ladi,  shu  sababli, 
A
  holatdagi  kabi  boshni 
yuqoriga ko‘tarish kerak emas. 
Hujum  qilish  zarbasini  bajarishda,  ushbu  vazifa,  kamida,  uch 
yo‘nalishda hal etilishi mumkin: 
1)
 
harakatlarda  yelka  muskullari  kuchidan  foydalanish,  ularning 
harakat  birliklarini  parallel  birlashtirish  katta  fiziologik  quvvatga  olib 
keladi.  Bunday  birlashtirish  usulida  muskullardagi  dinamik  samara  har 
bir mikrodvigatel (muskul tolasi) samaradorligi yig‘indisiga teng bo‘ladi; 
2)
 
ishda  eng  ko‘p harakatli birliklarning  “birgalikda” qo‘shilishini 
ta’minlovchi  muskullarni  boshqarishning  samarali  tizimini  qo‘llash. 
Bunda  so‘z,  “avtogen  to‘xtash”  va  bo‘yin  tomir  refleksi  haqida  boradi. 
Keyingisining  mohiyati  shundan  iboratki,  boshni  birdaniga  oldinga 
engashtirish  qorinning  ishlayotgan  muskullari  harakatini  oshiradi  va  bu 
bilan ancha kuchli boshlang‘ich siltanishni ta’minlaydi; 
3)
 
mashq jarayonida o‘yinchining muskullari kuch xarakteristikasi 
darajasini  oshirish,  “kuch”  mashqlarini  bajarishda  organizmning  o‘z 
qobiliyatlaridan foydalanish.  
Quvvatlovchi  energiya  oqimini  kinematik  o‘zgartirishni  ikki  yo‘l 
bilan amalga oshirish mumkin: 
1.
 
O‘zgaruvchan  uzatish  munosabatlari  ta’siridan  foydalanish 
hisobidan. 
2.
 
Ketma-ket tarmoqlangan qon tomirlar ta’siri hisobidan. 


126 
 
14-rasm 
 
Agar  butun  uzunlik  davomida  arqonni  o‘zgarmas  tezlikda  tortishga 
muskulning  kuchi  yetsa,  unda  vertikaldan  o‘tish  vaqtida  (
b
  nuqtaga 
to‘g‘ri 
keladi) 
to‘pning 
tezligi 
(ideal 
sharoitlarda 
qarshilik 
bo‘lmasligidan)  cheksiz  o‘sib  boradi.  Bu  aloqadorlikning  yoki  kuch 
qo‘yishning  qat’iy  sxemasi  deb  ataladi.  Texnikada  uni  o‘sib  boruvchi 
qat’iylik tizimi deb ataladi. 
Bu  borada  tolalari  patsimon  joylashgan  muskullar  (15-rasm)  qulay 
tuzilishga ega. Katta fiziologik ko‘ndalanglikka ega bo‘lgan holda, katta 
miqdordagi  elementar  muskulni  –  qisqaruvchan  muskul  tolalarining 
parallel  birlashuvi  oqibatida,  patsimon  muskullar  yuqori  kuchlanishli 
qisqarishga  ega  bo‘ladi.  Bunday  muskullar  yuqori  tezliklar  tartibida 
kuchni  namoyon  qilish  qobiliyatiga  ega  bo‘ladi,  bu  muskul  tolalari 
dinamik ta’sirning “qat’iy” sxemasi bilan ta’minlanadi. 
 
15-rasm 
 
Alohida  ishlovchi  tolalarning  muskullar  qisqarishi  boshida  va 
oxiridagi  holatlari  15-rasmda 
A
  va 
B
  holatlar  bilan  belgilangan. 
Qiyaburchakli  yelka  muskullarining ushbu  g‘aroyib  xususiyatlari  tezlik-


127 
kuch  xarakteridagi  harakatlarda  ulardan  foydalanishning  maqsadga 
muvofiqligini belgilaydi. 
Tezkor  harakatlarning  mexanik  samarasi  ancha  yuqori  darajada, 
harakat  davomida  almashinib  turuvchi  bo‘g‘inlarga  qo‘yiladigan  kuch 
burchaklarining 
geometrik 
nisbati 
bilan 
aniqlanadi. 
Ushbu 
o‘zgarishlarning xarakteri kuch ta’siri sxemasini belgilovchi suyaklarga 
nisbatan  muskullarning  biriktirilgan  joyiga  bog‘liq  bo‘ladi  (16-rasmga 
qarang). 
Harakat  jarayonida,  bo‘g‘in  birikmalari  tizimida  muskullarning 
joylashuviga  bog‘liq  holda,  kuch  qo‘yilishi  yelkasining  noproporsional 
o‘zgarish  darajasi  mayatnikning  bir  xil  og‘ish  burchagida  turlicha 
bo‘ladi.  Masalan,  aloqadorlikning  “qat’iy”  sxemasi  bo‘yicha  muskullar 
biriktirilgan  mayatnik  uchun  (o‘sib  boruvchi  qat’iylik  bilan)  harakat 
jarayonida, amplitudaning bir xil kattalikda oshib borishi, kuch qo‘yilish 
yelkasining  noproporsional,  nisbatan  uzayib  boruvchi  o‘sishini  keltirib 
chiqaradi. 
 
 
16-rasm 
 
Bu  zarba  beruvchining  tezda  tezlanishi  va  o‘zaro  ta’sirlashuvchi 
elementlar  tezliklarining  yuqori  farqlarini  quvvatlash  imkoniyatini 
ta’minlaydi.  Shunga  muvofiq,  muskullardan  mayatnikka  uzatiluvchi 
energiya miqdori ham ko‘payadi. Aslida esa, agar muskullarning “tezkor 
kuchni”  (u  ham,  har  qanday  dvigatel  kabi  o‘zining 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish