O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Birinchi faza
 – sport formasini shakllanishiga poydevor yaratish va 
uni  eng  takomil  darajasiga  ko‘tarilishini  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  faza  ikki 
pog‘onadan iborat: sport formasining rivojlanishi uchun sharoit yaratish 
va  uning  bevosita  shakllanishi.  Birinchi  pog‘ona  organizm  funksional 
imkoniyatlarining  umumiy  darajasini  oshirish,  sportchining  jismoniy  va 
irodaviy  fazilatlarini  har  tomonlama  rivojlantirish,  turli-tuman  harakat, 
ko‘nikma  va  malakalarini,  shu  jumladan,  tanlab  olingan  sport  turi 
texnikasining  yangi  elementlarini  va  taktikasini  shakllantirish  bilan 
xarakterlanadi.  Bu  bosqich  anchagina  biologik  qayta  tiklanishlar, 
jismoniy  sifatlar  va  harakat  koordinatsiyasidagi  katta  o‘zgarishlarni 
yuzaga  keltiradi.  Bunda  turli  jismoniy  sifatlarning  rivojlanishi  orasida 
moslik bo‘lmasligi mumkin. 
Ikkinchi  bosqichda  o‘zgarish  jarayonlari  ixtisoslashgan  xarakterda 
bo‘ladi.  Sportchi  organizmida  sodir  bo‘ladigan  barcha  o‘zgarishlarga 
maxsus  mashq  qilganlik  va  ixtisoslashgan  fazilatlarning  rivojlanishi 
hukmronlik qiladi. 
Ikkinchi  faza
  –  takomillashgan  sport  formasini  turg‘un  holatda 
saqlashdan  iborat.  Bu  faza  sport  natijalariga  optimal  tayyorlikni  ushlab 
turishi  bilan  xarakterlanadi.  Biologik  qayta  o‘zgarishlar  darajasi 
kamayadi.  Tubdan  o‘zgarishlar  bu  davrga  xos  emasdir.  Muvaffaqiyatli 
rivojlanish  nimaga  bog‘liq  bo‘lsa,  faqatgina  shularni  takomillashtirish 
mumkin. Mashg‘ulot tuzilishining xususiyatlariga qarab sport formasini 
saqlab  turuvchi turli  usullarni  aks  ettirish ko‘p  yillik  sport  tayyorgarligi 
bosqichida kuzatiladi.  


345 
Uchinchi  faza
  –  sport  formasining  vaqtincha  susayishi  bilan 
farqlanadi. 
Nima uchun yuqori darajada shakllangan sport formasini muttasil uzoq 
vaqt  saqlab  turish  imkoni  yo‘q  degan  savol  tug‘iladi.  Bu  savolga 
quyidagicha izoh berish mumkin: 
Birinchidan,    takomillashtirish  jarayonining  muayyan  bosqichida 
shakllangan sport formasi navbatdagi bosqich uchun mahorat darajasidagi 
sport formasi bo‘la olmaydi. 
Ikkinchidan, 
shug‘ullanuvchi 
organizmining 
harakatlarga 
moslashishida  ish  qobiliyati  doimo  yuqoriga  qarab  uzluksiz  o‘sib 
boravermaydi. Mashg‘ulotlarning yalpi  yuklamalaridan so‘ng organizmda 
charchoq asoratlari vujudga keladi. Ularni bartaraf etish, “yo‘qotish” uchun 
ish  qobiliyatini  tiklash  zarur.  Buning  uchun  esa  ma’lum  muddat  kerak. 
Aynan  ana  shu  tiklanish  davri  tugagandan  so‘ng  ish  qobiliyatini  taraqqiy 
ettirish  va  sport  formasini  yanada  yuqori  darajaga  ko‘tarishga  imkon 
yaratiladi. 
Uchinchidan,  sportchining  har  tomonlama  tayyorgarlik  darajasini 
muntazam oshira borish to‘lqinsimon yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak. 
Bu  organizmni  harakat  yuklamalariga  biologik  qonuniyatlar  asosida 
moslanib borishi bilan izohlanadi. Binobarin, sport trenirovkasi jarayoni 3 
davrga – tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish davrlariga bo‘linadi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish