38-jadval
BO‘SMga tanlov o‘tkazishga mo‘ljallangan me’yoriy test talablari
(9-10 yosh)
T/r
Testlar
A’lo
Yaxshi Qoniqarli
Jismoniy rivojlanish
Qiz bolalar
1.
Tana uzunligi (
sm
)
156
va
yuqori
155-151 150-141
2.
Tana vazni (
kg
)
O‘rtacha
37-40
3.
O‘ng bilak kuchi (
kg
)
20 va yuqori 19-16
15-13
4.
Ko‘krak aylanasi (
sm
)
O‘rtacha
66-68
O‘g‘il bolalar
1.
Tana uzunligi (
sm
)
153
va
yuqori
152-148 147-143
2.
Tana vazni (
kg
)
O‘rtacha
38-42
3.
O‘ng bilak kuchi (
kg
)
65 va yuqori 64-59
58-52
4.
Ko‘krak aylanasi (
sm
)
O‘rtacha
65-67
Jismoniy tayyorgarlik
Qiz bolalar
1.
30
m
yugurish (
sek
)
5,6 va kam
5,7-6,1
6,2-6,6
2.
5x6
m
yugurish (
sek
)
12,4 va kam 12,5-
12,8
12,9-13,3
3.
Archasimon yugurish (
sek
)
32,0 va kam 32,1-
32,6
32,7-33,2
4.
Joydan vertikal sakrash (
sm
) 37 va yuqori 36-31
30-25
5.
To‘ldirma to‘pni (1
kg
) otish
(
m
)
9,0 va ko‘p
8,9-7,0
6,9-5,0
O‘g‘il bolalar
1.
30
m
yugurish (
sek
)
5,3 va kam
5,4-5,7
5,8-6,2
2.
5x6
m
yugurish (
sek
)
12,0 va kam 12,2-
12,4
12,5-12,8
3.
Archasimon yugurish (
sek
)
31,0 va kam 31,1-
31,6
31,7-32,2
4.
Joydan vertikal sakrash (
sm
) 40 va yuqori 39-33
32-26
5.
To‘ldirma to‘pni (1
kg
) otish
(
m
)
11 va ko‘p
10,9-9,0 8,9-6,0
352
Sport to‘garaklari va BO‘SMlarga tanlov o‘tkazishda bolalar yoshi,
shug‘ullanuvchilar soni va boshqa ko‘rsatkichlarga standart va bir
tartibda yondashilmasa, qo‘llaniladigan yuklamalar me’yorini aniqlash,
ularning hajmini jismoniy va funksional imkoniyatlar dinamikasiga
muvofiq “to‘lqinsimon” prinsipda oshirishda jiddiy bio-pedagogik
xatolarga duch kelish mumkin. Binobarin, ko‘p yillik sport trenirovkasi
jarayonida bunday salbiy holatlar yuzaga kelmasligi uchun sport
to‘garaklari va BO‘SMlarga qabul qilishda bolalar guruhlarini A.G.
Xripkova (1978) tomonidan tabaqalashtirilgan quyidagi yosh guruhlari
asosida tuzish maqsadga muvofiq:
1-guruh – 5-6 yosh;
2-guruh – 7-8 yosh;
3-guruh – 9-10 yosh;
4-guruh – 11-12 yosh;
5-guruh – 13-14 yosh;
6-guruh – 15-16 yosh;
7-guruh – 17-18 yosh.
Mamlakatimizda joriy etilgan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus
test sinovlari ham aynan shu tabaqalashtirilgan tizimga asoslangan.
Sport to‘garaklari, BO‘SMlarga tanlov o‘tkazish, qabul qilish hamda
tayyorgarlik guruhlarini tuzishda biojismoniy jihatdan progressiv
shakllangan kichik yoshdagi bola (shug‘ullanuvchi) katta yosh guruhiga
o‘tkazilishi mumkin. Tanlov o‘tkazishning tartibi, uslublari, me’yoriy
testlari va vositalari
39-jadvalda keltirilgan.
Saralashning har bir bosqichida o‘smirlarni asab tizimi xususiyatlari
va shaxsiy jihatlarini inobatga olish zarur; o‘smirning istaklari darajasi
va sport bilan shug‘ullanish sabablarini tushunishga harakat qilish;
ta’limda individual yondashuvni izlash va ushbu jarayon samaradorligini
inobatga olish zarur. Jismoniy sifatlarni sinashda uning rivojlanish
darajasini aniqlash bilan cheklanmaslik kerak, chunki u har doim ham
rivojlanish potensialiga mos kelmaydi. Jismoniy sifatlarni yuqori
boshlang‘ich darajasi va rivojlanishini yuqori templari yosh sportchining
istiqbolliligidan darak beradi. Jismoniy sifatlar boshlang‘ich rivojlanish
darajalari saralanishi uchun ishonchli mezoni bo‘lmasa-da, ularning ba’zi
belgilari hanuzgacha o‘zgarmas bo‘lib, yosh sportchi istiqobilini
belgilashda undan foydalanish mumkin.
353
Do'stlaringiz bilan baham: |