O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Sport mashg‘uloti davriyligining mohiyati



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

 
9.4. Sport mashg‘uloti davriyligining mohiyati 
 
“Sport formasi” termini tajribaga asoslangan holda paydo bo‘ldi va 
keyinchalik  sport  mashg‘uloti  to‘g‘risidagi  ilmiy  g‘oyalarning 
rivojlanishi bilan turli mualliflar uni ilmiy ta’riflashga harakat qildilar va 
yaqin vaqtlargacha sport formasi mohiyati to‘g‘risida yagona tushuncha 
yo‘q  edi.  Sport  formasi  qo‘zg‘alish-tormozlanish  jarayonlarining  katta 
konsentratsiyalangan holati sifatida ta’riflana boshlandi, bunda murakkab 
morfologik,  bioximik,  fiziologik  funksiyalar  takomillashadi.  “Sport 
formasi”  deb,  sportchining  eng  yuqori  natijaga  erishishga  imkon 
beradigan  holatiga  aytiladi.  Bu  holat  jismoniy,  texnik,  taktik  va  psixo-
funksional tayyorgarlikning eng yuqori darajada shakllangan “cho‘qqi”si 
bilan belgilanadi.  
Sport  formasining  mezoni  tariqasida  eng  avvalo  yuksak  sport 
natijalarining  mavjudligi,  ularning  mustahkamligi  va  o‘sib  borishini 
hisoblash  zarur.  Sog‘liq  holati,  jismoniy  rivojlanganlik,  jismoniy  va 
psixologik  tayyorgarlik  sport  formasini  tashkil  qiluvchi  qismlari 
hisoblanadi.  Sport  formasi  kishidan  yaxshi  sog‘liqni,  funksiya 
sistemalarining  yuqori  darajada  takomillashganligi,  katta  yuklamalarga 
organizmning  bardosh  bera  olishi,  tabiat  omillariga  yuqori  darajada 
ko‘nikish,  psixik  jarayonlarining  yuqori  darajada  salmoqliligi, 
shuningdek, 
hayotiy 
aktivligi 
(tetikligi, 
xushchaqchaqligi, 
harakatchanligi)ning yuqori darajada bo‘lishini talab qiladi. 
Jismoniy  rivojlanishdan  muskul  sistemasining  rivojlanganligi 
(ma’lum me’yorgacha, har tomonlama, optimal), tana og‘irligi va uning 
qismlari  (tayangan  va  tayanmagan  holatlarda)  harakatlarini  boshqara 
bilish,  tayanch  harakat  apparatining  mexanik  mustahkamlanishi,  tashqi 
nafasning yaxshi rivojlanishi zarur. Jismoniy tayyorgarlikdan u sportning 
xususiyatiga  qarab  harakat  fazilatlarining  o‘zaro  munosabati,  eng  katta 
yuklamalarga  bardosh  berish,  texnik  tayyorgarlik  darajasi,  katta 


344 
musobaqalarda  qatnashish  tajribasi  mavjudligi  talab  qilinadi.  Sport 
formasida  bo‘lgan  sportchining  psixik  tayyorgarligidan  esa,  nerv 
jarayonlarini  muvozanatlashtirish  qobiliyati,  o‘zini  yaxshi  jalb  qila 
olishi,  juda  yaxshi  his  qilish  xususiyatiga  ega  bo‘lishi  talab  etiladi. 
Albatta,  sport  formasining  bu  komponentlariga  xususiy  ko‘rsatkichlar 
tarzida  qarash  lozim,  ularning  har  birini  batafsil  aniqlashtirish  uslubiy 
imkoniyatlarga  va  bu  murakkab  masalalarni  yoritishda  ilmiy 
yondashishning darajasiga bog‘liq bo‘ladi.  
Yillik tayyorgarlik siklining davrlar va bosqichlarga bo‘linishi ko‘p 
yillik  sport  trenirovkasi  jarayonida  yuqori  malakali  sportchilar 
tayyorlash,  ish  qobiliyati  va  “sport  formasi”ni  muayyan  tartibda 
shakllantirish,  ushbu  faollikni  ma’lum  muddat  ichida  (musobaqa  sikli 
davomida) saqlab turish, uni tiklab borish, “vaqtincha yo‘qotish” va yana 
qayta shakllantirish bilan bog‘liq vazifalarni yechishga qaratilgan. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish