Yuqoridan to‘p uzatishni o‘rgatish metodikasi
Yuqoridan to‘p uzatish texnikasi ba’zi elementlarini voleybol mashg‘ulotlarini boshlagan zahoti o‘rganish mumkin. Umuman olganda, o‘rganishning har bir bosqichiga mos keladigan texnik elementlar mavjudligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Inventar ham oddiy: 2 kg og‘irlikdagi to‘ldirilgan to‘plar (yoki yaxshisi mayda qipiqlar bilan to‘ldirilgan voleybol to‘plari). Kichik basketbol va oddiy mayda qipiqlar bilan to‘ldirilgan voleybol to‘plari o‘yinchilar ko‘ziga to‘kilmasligi uchun yaxshi yelimlangan bo‘lishi kerak. Ko‘krak ustida ilib qo‘yilgan “tebranuvchi tosh” bilan bajariladigan mashqni qayta o‘rganishda uni maxsus jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqorida to‘pni uzatish samaradorligi asosiy shartlari keltirilgan edi. Ular “tayanch modeli”ning yuqoridan uzatish qismida keltirilgan. Murabbiylar muvaffaqiyatli ta’lim berishlari uchun yuqoridan uzatish texnalogiyasi “tayanch model”ining barcha talablarini yodlab olishlari kerak bo‘ladi. Yuqoridan uzatish texnikasi talqini modelidan taklif qilgan modelning farqi qo‘l barmoqlar bilan to‘pni ushlash va ishlash, shuningdek, qo‘l va oyoq harakatlari xarakterini (tirsak bo‘g‘inlarini bukmay, oyoq uchida to‘pni “egiluvchan devor”ga irg‘itishlar) hisobga olish lozim.
Yuqoridan uzatishning ushbu uslubini o‘rgatish jarayoni samaraliroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida avval murabbiyning o‘zi shaxsan ko‘rsatib berishi, bu boradagi tajribasini qo‘llashi uchun yana qayta takrorlab olishi kerak. Texnik uslub jismoniy ko‘rinishlardan yuqori darajasini talab qilmagani bois, uni o‘rganib olish mumkin. Eng muhim qiyinchilik qayta o‘rganishda, eskini unutishda va yangi ko‘nikma shakllanishida uchraydi. Yuqoridan uzatishni bajarish uslubiga bo‘lgan asosiy talablar “tayanch modeli” (33-rasm)da keltirilgan. Yosh o‘yinchilar uni o‘rganib olishlari lozim. Alohida e’tiborni quyidagilarga qaratish zarur:
Yuqoridan uzatish texnikasini o‘rgatishda murabbiyning to‘p bilan ishlash mexanizmlari samaradorligini obyektiv baholay olish, xato va sabablarni ko‘rish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni ko‘ra bilish
qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu “tayanch modeli”dan bir yoki bir nechta talablarning buzilishi natijasidir.
O‘yinchilar va murabbiylar yuzma-yuz bo‘lganida to‘pni barmoqlar bilan to‘g‘ri ushlashga o‘rgatish qulayroqdir. Murabbiy o‘yinchining bilaklarini ushlab, barmoqlarini to‘p bo‘ylab to‘liq yozilishini o‘rgatadi. Bu to‘g‘ri ko‘nikmani o‘rgatishda eng muhim jihat hisoblanadi. Avvaliga to‘ldirilgan kichik basketbol, keyin esa voleybol to‘plari bilan o‘rgatish mashqlarini bajarishda har bir o‘yinchining barmoq holatlarini o‘zlashtirib olishmaguncha to‘g‘rilash kerak. Keyinchalik esa bu texnikani to‘g‘ri bajara olmaydigan o‘yinchilar bilangina bajarish zarur.
O‘rgatish vaqtida ikki tomonlama uzatishda “devor”da to‘pni yengil ushlash lozim. Yengil mashqlarda qo‘l bosh barmoqlari ishi katta ahamiyat kasb etadi. Quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim:
to‘p uzatilguncha va uzatilgach, bir-biriga qaratilgan qo‘l bosh barmoqlari bir chiziqda bo‘lishi;
to‘p bilan ishlashda bosh barmoqlar joyini o‘zgartirish va to‘p to‘xtaydigan vaqtda o‘yinchining burni balandligida, ya’ni ustida bo‘lishi;
to‘p bosh barmoqlarning butun uzunligida (barcha bo‘g‘inlari bilan) joylashgan bo‘lishi kerak.
Bir vaziyatda barmoqlar bilan to‘pni qattiq ushlash uni so‘nggi bo‘g‘in bilan teginish imkonini beradi va uzatish aniqligini pasaytiradigan to‘pni yengil ushlash holatini istisno qiladi.
To‘pni qabul qiluvchining yonida turib nazorat qilinsa, to‘p bilan ishlaganda va to‘p uzatilgach bosh barmoqlar oldinga chiqqanligini, shuningdek, ilgarilashda tovonlar ishtirok etayaptimi, qo‘l va bilak, bo‘ksa va tizza bo‘g‘inlari harakatlari amplitudasi qandayligini aniq kuzatish mumkin.
O‘rgatishning oldingi bosqichlari mashqlari keyingi o‘rgatish bosqichlarini egallashda asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Kelgusida aynan shu oddiy mashqlar texnikaning to‘g‘ri tuzilmasi va mexanizmlari saqlanishini ta’minlaydi. Vaqt o‘tishi bilan “tayanch modeli”da berilgan to‘p uzatishlarni bajarishda harakatlar tuzilmasiga qo‘yilgan talablarga binoan har bir o‘yinchini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish uslublarini o‘rganish lozim. Bu holat, ayniqsa, boshqa murabbiy qo‘l ostiga o‘tganida juda muhim hisoblanadi (terma jamoaga yoki boshqa usta sportchilar jamoasiga) – tajriba va o‘z-o‘zini nazorat qilishning bo‘lmasligi natijasida texnika asta-sekin buziladi, sport mahorati pasayadi, bu esa nafaqat yuqoridan uzatish, balki barcha texnik
elementlarga tegishlidir. Bunda yakunlovchi mashqlar bajarish muntazamligi va xatolarni aniqlay olish qobiliyati juda muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |