Tirab qadam qo‘yish va to‘xtab harakatlanish texnikasida xatolar ham uchrab turadi:
- harakatlanish va to‘xtash jarayonida tik turish saqlanmaydi;
- kichik tezlikda harakatlanganda bir oyoq kaftini ikkinchi oyoq kaftiga yaqin qo‘yish;
- harakatlarning juda “siqiqligi”.
Odatiy yugurishda ko‘p uchraydigan xatolar:
- yugurish jarayonida qadam tashlash harakatlar “yaqinligi”da oyoqlarni to‘xtatadi;
- oyoqlar ko‘tarilmaydi, balki yugurishda sudraladi;
- zarur bo‘lganda to‘xtash qiyinligi.
Sakrash qanchalik oddiy va oson texnik element bo‘lib tuyulmasin, yuqori sakrashni o‘rganish uchun ko‘nikmani o‘rganish va takomillashtirishning uzoq yo‘lini bosib o‘tish lozim bo‘ladi. Mavjud amaliyotda murabbiylar mashg‘ulotlar yordamida sakrash balandligini oshirishdan ko‘ra, o‘yinchilar tabiiy sakrash qobiliyati va yosh afzalligiga umid qilishadi. Lekin sakrovchining harakat vazifa-larini
samarali hal etish imkonini beradigan o‘rgatish va takomillashtirish samarali metodikasi hisobiga voleybolchilar sakrash balandligini ancha oshirish mumkin.
Voleybolda yugurib kelib sakrash texnikasiga o‘rgatishga mashg‘ulotlar bilan shug‘ullana boshlagach darhol kirishish kerak. Undan oldin sakrashga o‘xshash maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlarni bajarish bosqichi bosib o‘tilishi zarur. Bunda asosiy e’tibor kuchni rivojlantirish, kuchli boshlang‘ich siltanishni shakllantirish va itarilishdan so‘ng oyoq mushaklari bo‘shashishiga qaratiladi.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichlaridan so‘ng siltanib sakrash texnikasini bolalar 3-4 mashg‘ulotlarda egallab olishadi; uni takomillashtirish jarayoni ko‘p yillar davom etadi. Sakrashning harakatli tuzilmasi toliqish, tushkunlik va asabiylik, shuningdek, o‘yinning boshqa texnik uslublariga qo‘shish tendensiyasiga ega. Shu sababli u bilan muntazam nazorat va harakatlar tuzilmasi o‘z-o‘zini nazorat qilishda, harakat ko‘nikmasi barqaror bo‘lmaguncha shug‘ullanish kerak.
Bir oyoqda itarilib sakrash ikki oyoqda itarilib sakrashdan ko‘ra bolalar uchun oson va odatiydir. Odatda yangi kelgan bolalar bir oyoqda itarilib sakray olishadi. Murabbiy harakat tuzilmasini to‘g‘rilashi, kerakli joyda urg‘u qo‘yish va muskullarning mashqlarga chidamliligini oshirish (tezlik-kuch xarakteristikasi) kerak bo‘ladi, xolos. Bir vaqtda bir va ikki oyoqda itarilib sakrash texnikasini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Itarilishning “siltanish” texnikasi bilan muntazam sakrash mashqlari voleybolchi qizlar qomatini shakllantiradi va qisqa masofalarga yugurish tezligini oshiradi.
Sakrovchi harakatlari tuzilmasini o‘rganishda asosiy maqsad va asosiy qiyinchilik kuchli itarilishni shakllantirishdir. Unga ikkala oyoq kaftidan bir vaqtda itarilish ko‘nikmasiga o‘rgatish yordam beradi. Jismlar ustidan sakrab o‘tish sakrash mashqlarini bajarish yaxshi natija beradi. Buning uchun to‘ldirilgan to‘plar, kursilar va matlardan foydalanish mumkin. Sakraganda jismlarga oyoq tekkizmaslik ikki oyoq kaftida uzun va baland sakrash qobiliyatini shakllantiradi, ularning qat’iy belgilanishi kuchli itarilish uchun yaxshi sharoitlarni ta’minlaydi.
Sakrab itarilish texnikasi o‘z oddiyligi va hammabopligi bilan, shu jumladan, sport ustalari orasida ham eng katta xato hisoblanadi. Deyarli barcha voleybolchilar sakrashmaydi, balki oyoq kaftiga tayanib, bir oyoqni oldinga chiqarib (basketbolchilar kabi) qadam tashlashadi. Unda qanday qilib tajribaviy mashg‘ulotlarda ko‘rsatilganidek itarilib sakrashlar yuqori bo‘lishi mumkin. Bunda itarilish texnikasini
takomillashtirish hisobiga o‘yinchilar sakrash balandligini oshirish mumkin.
Itarilib sakrash texnikasini (ko‘pchilikni BO‘SMda o‘rgatishganidek) qadamlab sakrash texnikasiga almashtirish tayyorgarlik jarayoni sharoitlarini rivojlantiradi va harakatlar tuzilmasining muntazam nazorati yo‘qolishiga olib keladi. Ulkan jismoniy zo‘riqishlar harakatlar texnikasi ratsionalizatsiyasi hisobiga o‘yinchilar energiyani tejashga majbur qiladi. Sakrash texnikasi ratsionalizatsiyasi bu vaziyatda sakrash balandligi mezoni bo‘yicha emas, energiya sarfini kamaytirish mezoni bo‘yicha olib boriladi. Charchoq har doim ballistik harakatlar “oltin qoida”lari buzilishiga olib keladi. Ular harakatlantiruvchi kuch kattaligi o‘zgarishi bilan belgilanadi. Ushbu omil itarilish texnikasiga murabbiy e’tibori va maxsus mashqlarsiz harakatlarning oddiylashishiga olib keladi. To‘g‘ri o‘rgatilgan o‘yinchilar asta-sekin qadam tashlashga o‘tishadi. Sakrashlar texnikasiga qo‘yilgan talablar 31-rasmda “tayanch modeli”da keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |