Tayyorgarlik darslarini o‘tkazish tuzilmasi va metodikasi
Turli yo‘nalishlarda tayyorgarlik dars mashg‘ulotlari o‘yinchilar tayyorgarligining asosiy shakli hisoblanadi. Ular odatda, jadval asosida murabbiy boshchiligida olib boriladi. Lekin individual darslar ham bo‘lishi mumkin. Dars mashg‘ulotlari o‘yinchilar tayyorgarligini hal qilinishiga bog‘liq, o‘quv tayyorgarlik rejalari mavjud vaziyatlarga binoan turli tuzilma va yo‘nalishlarga ega bo‘lishi mumkin. Yo‘nalishi bo‘yicha ular odatda o‘quv, tayyorgarlik, nazorat va tiklanish mashg‘ulotlariga bo‘linadi.
Darslarda vazifalarning uch turi hal etiladi:
- yuklamali: o‘yinchilarning mehnatga layoqatliligini oshirish yoki pasaytirish;
- didaktik: texnik-taktik harakatlar va nazariy umumiy maxsus fanlarni o‘qitish;
- tarbiyaviy vazifalar.
Dars uch qismga bo‘linadi: Tayyorgarlik, asosiy va yakuniy.
Tayyorgarlik qismining boshlanishida darsning vazifalari haqida ma’lumot beriladi, zaruriy tashkiliy savollar hal etiladi va mahsuldor tayyorgarlik ishiga o‘yinchilarni yo‘naltirish amalga oshiriladi. Darsni ushbu qismining maqsadi – organizmning barcha funksional tizimlari, o‘yinchilarning tayanch-harakat apparatini asosiy qismiga tayyorlashdir. Bu qizdiruvchi, boshqa jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi.
Darsning tayyorgarlik qismida boshqa vazifalar: o‘yinchilarning alohida jismoniy sifatlarini takomillashtirish, voleybol ko‘nikmalarining alohida elementlarini qayta ishlash, guruhni qayta tashkil etishdan iborat bo‘ladi.
Dars vazifalari va uslublarini tayyorgarlik qismini hal etishga umumiy vaqtning 10% dan 20% igacha vaqt ajratiladi.
Darsning asosiy qismida uning asosiy vazifalari hal etiladi. Uning yechimiga darsning 75% dan 85% gacha vaqti sarf etiladi. Hal etilgan vazifalarga binoan darsning tuzilmasi turlicha bo‘lishi mumkin. Energiya sarfi bo‘yicha eng murakkab mashqlar darsning asosiy vaqtining 1/3 qismida, o‘yinchilar maksimal harakatga layoqatli bo‘lganda bajariladi. Chidamlilikning barcha turlari, ayniqsa, kuchning rivojlanishi uchun bajariladigan mashqlar bundan istisno hisoblanadi. Ular darsning asosiy qismi yakunida va mikrotsikllar oxirida bajariladi.
Darsning asosiy qismlaridagi yuklamalar hal qilinadigan vazifalar va o‘yinchilarning funksional holatiga ko‘ra bir nechta bo‘lishi mumkin. Ular texnik-taktik yo‘nalishning sekinroq mashqlari bilan almashinadi. Darsda umumiy zichlik (pedagogik izohlangan harakatlar) va motor zichlik (mashqlarning bevosita bajarilishi) mashqlar farqlanadi.
Darsning yakuniy qismida o‘yinchining funksional faolligi asta- sekin kam intensiv mashqlar yoki “diqqatga qaratilgan” o‘yinlar bilan pasaytiriladi. Bunga odatda 2 dan 5 daqiqagacha vaqt ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |