O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


bosqich o‘yin va musobaqalarda harakatli ko‘nikmalar tatbig‘i



Download 3,65 Mb.
bet81/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

bosqich o‘yin va musobaqalarda harakatli ko‘nikmalar tatbig‘i, turli taktik shakllar doirasida ularni qo‘llash ishonchliligi va samaradorligini oshirish bosqichidir. Tahlilning ushbu bosqichi bir nechta turli xil va o‘xshash vazifalarni yechish uslublaridan iborat bo‘ladi:

  1. mavjud texnik-taktik elementlarni ikki tomonlama mashg‘ulot o‘yinlarida qo‘llashni o‘rganish;

  2. musobaqaning asabiy vaziyatlarida texnik-taktik ko‘nikmalar va malaka-larni tatbiq qilish.

1-vazifa. Barcha o‘yin vaziyatlarida guruhli mashqlarda murabbiyning urunishlariga qaramay, o‘rganilgan texnik-taktik uslublarni oddiy qo‘llash muammosi (keyin esa samarali qo‘llash) ikki tomonli o‘yinlarda saqlanib qoladi. Odatda yosh voleybolchilar o‘yinda odatiy, yaxshi o‘zlashtirilgan uslublarni, tabiiyki, o‘sha vaqtda eng samarali qo‘llashadi. Lekin kelajakka qarab, jamoaning murakkab va turfa xil o‘yinini tuzganda, samaradorlikning oshishi keyinchalik kuzatilishini unutmaslik kerak. Shu sababli, ushbu bosqichning vazifasini hal etish uchun ikki tomonlama o‘yinlarda o‘rganilgan uslublarni qo‘llash chastotasini, maxsus qo‘zg‘atish uslublarini qo‘llash kerak. Misol uchun, ikki tomonlama o‘yinda ular qo‘llanganda jamoaga qo‘shimcha ochko hisoblanadi. Yoki yangi vazifalar o‘yinda endi o‘rganilgan, yangi element (sakrab tuzatish deb taxmin qilamiz)ni qo‘llash ikki tomonlama o‘yinlarda bir-ikki partiyada maxsus vazifali tayyorgarlik mashg‘ulotlari oxirida o‘yinchilar tomonidan yangi uslublarni qo‘llash – o‘rganilgan elementlar ko‘nikmasini takomillashtirish uchun yaxshi asosdir.
O‘yinning yangi texnik-taktik metodlari asta-sekin odatiy, ularni bajarish ko‘nikmalari barqaror bo‘lib boradi. O‘yinchilar uchun birinchi o‘ringa yangi o‘yin uslublarini qo‘llash taktik maqsadga muvofiqligi vazifasi chiqadi. Umuman olganda, o‘rgatish ham vaziyatli maqsadga muvofiqlikda (texnik uslublarni to‘g‘ri bajarishni unutmay) e’tibor qaratib, ikki tomonlama tayyorgarlik o‘yinlarida guruhli mashqlar orqali olib boriladi. Lekin bu bilan unga nuqta qo‘yib bo‘lmaydi, o‘yinchilarga rasmiy musobaqalar o‘yinlarida ularning barcha texnik-taktik elememtlaridan samarali foydalanishni o‘rgatish kerak.
Bu bosqichning 2-vazifasi. Bu vaziyatda ko‘nikmani shakllantirish va uni maqsadli qo‘llash (u umuman olganda, hal etilgan) muammosi emas, balki musobaqalarda voleybolchilarning o‘yin potensiali tatbig‘ini ta’minlash uchun psixologik barqarorlik muammosi muhimroq hisoblanadi.
O‘yinchilarda psixologik barqarorlikni rivojlantirish uchun jamoaning turli shaharlararo turnirlardagi ishtiroki juda foydali bo‘ladi (rasmiy musobaqalardan tashqari, “jangovar” sharoitlar yaxshiroq o‘qitadi). Turnirlardagi sharoit va vaziyat rasmiy musobaqalardan deyarli
farq qilmaydi. Murabbiy mahorati va o‘yinchilarning bor kuchi sarflanishi turnir musobaqalarida ularning kurashchi qobiliyatlarini rivojlantirishda qo‘l keladi.
Musobaqaviy o‘yinlarning asabiy sharoitlari ulkan tayyorlovchi samaraga ega. Turnir qatnashchilaridan olingan foyda murabbiy mahoratiga bog‘liq. Bu bosqichda bolalar jarimaga emas, hamkorlik va rag‘batga muhtoj bo‘lishadi.
Musobaqalarning mas’uliyatli o‘yinlari ishtirokchilarining irodaviy darajasi, ularning psixologik barqarorligi, bor kuchini berishiga yuqori talablar qo‘yadi, ularsiz na talaba, na jiddiy o‘yin, na sport mahorati o‘sishi kuzatiladi. Ko‘p o‘yinchilar asta-sekin sanab o‘tilgan sifatlarni egallashadi, bu esa musobaqalarda o‘z o‘yin potensialini tatbiq etish va jamoa asosiy tarkibida qolish imkonini beradi. Musobaqa faoliyati sharoitlariga o‘rganish omili asabiy yoki jizzaki o‘yinchilar, shuningdek, nobarqaror ruhiyatli o‘yinchilarda yuzaga keladigan bir qator muammolarni hal etadi.
Vaziyatli tamoyilni ta’minlash jarayonida ko‘nikmalarni tatbiq etish sharoitlarini kengaytirish, ularning tuzilmasi moslashishini oshirish vazifasi qo‘yilgan takomillashtirish bosqichida boshqa maxsus mashqlar qo‘llaniladi. Ular, aksincha, mashqlarni bajarish sharoitlarini murakkablashtiradi, misol uchun, ularning intensivligi, zarur o‘yin vaziyatlari yuzaga kelish chastotasini oshiradi. Odatda bular sheriklar yoki trenajyorlar bilan turli o‘yinli mashqlardir. Aksariyat guruhli mashqlarda u yoki bu o‘yin vaziyatlari qoliplanadi, u muayyan darajada o‘yinchilarga turli taktik tuzilmalar doirasida samarali harakatlanishni o‘rgatib, jamoa o‘yinini “chizadi”. Shu tarzda, eng muhimi harakatlarning to‘g‘ri tuzilmasini shakllantirish, keyin esa vaziyatli maqsadga muvofiqlik tamoyilini amalga oshirib, o‘yinda uni qo‘llashni o‘rgatadi.
Maxsus tanlangan mashqlar texnik uslublarni bajarishda harakat ko‘nikma-larini dinamik tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘ri bajarilgandagina foyda keltirishini yana bir bor ta’kidlash joiz. “To‘g‘ri” degani harakatli vazifalarni samarali hal etish va o‘zgaradigan o‘yin vaziyatlari – aniq sharoitlarida tatbiq etishni anglatadi.
Dasturlashtirilgan ta’lim g‘oyasidan foydalanish. U ta’lim mashqlarini tanlash va maqsadli ketma-ketlikda tuzatish muammosini hal etadi, bu esa boshqa omillar bilan bir qatorda harakatli vazifalarni samarali hal etadigan to‘g‘ri dinamik mexanizmlar shakllanishini ta’minlaydi. O‘qitishning boshlanishida qo‘llash mumkin bo‘lgan
dasturlashtirilgan ta’lim mohiyatini soddalashtirib, uni quyi-dagicha izohlash mumkin.
Barcha o‘rganiladigan material “soddadan murakkabga” qoidasi bo‘yicha ketma-ket va parallel tuzilgan mazmunli “qadamlar” – qismlarga bo‘linadi. O‘quvchilar maxsus tanlangan mashqlarni bajarishda har bir navbatdagi “qadam” vazifalarini yechishi kerak. Qiyinchiliklar tug‘ilganda ular qanday elementni bajara olmasa, ilgarigi “qadamlar”ga, albatta, qaytishadi. Ta’limning ichki qadam-baqadam mantig‘i o‘yinchilar harakatida o‘yin uslublari samarali, to‘g‘ri tuzilmalarini shakllantirish va o‘qitishda xatolarning oldini olishga olib kelishi kerak.
Keyingi qadamni o‘rganishga kirishgan jamoaning aksariyat a’zolariga “yaxshi” va “a’lo” darajali va qolgan qismi “qoniqarli” darajadagi ko‘nikmani egallashi uchun zarur vaqt ajratiladi. Aslida barcha ishtirokchilar bahosi “5” bo‘ladigan sifatga emas, balki ko‘nikmalarni bajarish barqarorligi baholanishi zarur.
Voleybolda o‘yin uslublarini o‘rganish metodikasi mazmunan birinchi tanishuvdayoq dasturlashgan g‘oyalarni tatbiq etishni anglatadi. Boshqa sport turlari bo‘yicha ishlanmalar ustida olimlar anchadan buyon ishlashmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida uni rivojlantirish – o‘z ustida ishlovchi murabbiyning vazifasidir.
Shuni ta’kidlash joizki, uzluksiz qadamba-qadam variantda materialni egallash g‘oyasi “sof” holda ba’zi qiyinchiliklarga duch keladi. Murakkab texnik uslublarni taqsimlab o‘rgatishda vazifalarning bir necha bosqichlarini parallel kelgusi ta’limda bir bosqich sifatida hal etishga to‘g‘ri keladi. Masalan, hujumchiga qarshi turishni o‘rgatishda bir vaqtning o‘zida yugurib sakrash, sakramay hujum qilish va yugurib sakrab kichik to‘plarni uloqtirish o‘rgatiladi. So‘ngra egallangan ko‘nikmalarni bir butun qilish uchun yugurib sakrash va to‘pga hujum qilishga bevosita o‘rganishga o‘tiladi.
Murakkab vaziyatlarda yetarlicha o‘rganilgan qadamlarga qaytish qoidalarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi, buni dasturlashtirilgan ta’lim metodikasi talab qiladi. Yengil atletika ustalari mashg‘ulotlarda musobaqa harakatlari u yoki bu ko‘nikmalarni “o‘rganib”, hatto musobaqaoldi mashg‘ulotlar jarayonida ham qo‘llab umumlashtiruvchi mashqlar bajarishi sir emas. Bunday yondashuv voleybolchilarga ularning sport mahoratini oshiruvchi harakat vazifalarini samarali hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish va saqlab qolishda foydali bo‘ladi.
O‘yinning harakatli ko‘nikmalarini o‘rgatishda texnik uslublar “tayanch modellari”dan foyadalanish talab etiladi. Bunda murabbiyga bolalar tafakkuri va aqlidroki xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliy faoliyat jarayonida ishlab chiqilgan texnik uslublar “tayanch modeli” qo‘l kelishi mumkin. Ular quyida o‘rgatuvchi mashqlar bilan birgalikda berilib, harakat vazifalarini samarali hal etish nuqtai nazaridan muhim vaziyat va harakatlar tuzilmasiga talablar qo‘yilgan voleybolchilarning “faoliyat o‘rinlari” sxemasini taqdim etadi.
Texnik uslublarning tayanch modeli o‘rganish obyekti (ularda nimani o‘rgatish kerakligini aytiladi) va dinamik mexanizmlarni shakllantiruvchi harakat tuzilmasi samaradorligini baholash tizimi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Ular o‘yin texnikasi “maktabi” deb hisoblanishi mumkin. Yosh o‘yinchilarni o‘rgatish samaradorligini oshirish uchun mashqlardagi modellarni bajarishni talab qilish emas, balki hech qanday bosimsiz ularni yodlashga o‘rgatishdir.
Faoliyat o‘rni – o‘yinchi to‘p bilan olib borilayotgan xatti-harakat yoki asosiy harakat yuzaga keladigan vaziyatda o‘yinchining tana holati barcha texnik uslublarning “tayanch modellari” nusxalari har bir o‘yinchining sport kundaligi yoki shaxsiy istiqbol rejasida mavjud bo‘lishi kerak. Harakatlar texnikasiga bo‘lgan talablarni yaxshi bilish o‘yinchilarga o‘yin uslublarini bajarish “maktabini” shakllantirish bo‘yicha oddiy yoki umumlashtiruvchi mashqlarga qaytib, xatolarni aniqlash va ularni mustaqil to‘g‘rilashda yordam beradi. Bu esa sport mahoratining muntazam taraqqiyoti garovidir.
Voleybolda o‘yin uslublari samaradorligini belgilovchi dinamik mexanizmlarni tushunish va ularning hosil bo‘lishini belgilash qobiliyati murabbiyga mashqlarni tanlash va ularning hajmini belgilash, shuningdek, o‘qitishda to‘g‘ri urg‘ularni belgilashda yordam beradi.
Ko‘nikmalar shakllanish texnikasi va metodikasi asoslarini jamoa murabbiylari ham bilishlari kerak. Mavjud amaliyotda jamoaning barcha o‘yinchilari, ayniqsa, yoshlar odatda texnikada nuqson va xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Murabbiy sport ustalarini o‘rgatishda ularning ko‘nikmalarini qayta shakllantirish (bir mavsum davomida) yoki harakatlar tuzilmasida kamchiliklar tufayli mag‘lubiyatlarga avvaldan ko‘nikib, mavjud mushak sinergiyasi asosida uslublar barqarorligiga erishish vazifasi oldinga chiqadi. Uslublar texnikasini to‘g‘rilashda metodik xarakterdagi bilimlar qo‘l keladi. Ko‘nikmalarni to‘g‘rilash va qayta tuzish uchun ta’limning boshlang‘ich bosqichlaridagi mashqlarga qaytishdan boshqa yo‘l yo‘q. Ularni ham o‘rgatishdan ko‘ra ko‘proq va
batafsil bajarish kerak, qayta o‘rganish qiyin, chunki mustahkam-langan noto‘g‘ri ko‘nikmani o‘zgartirish talab etiladi.
Murabbiylarda o‘yin samarali uslublarini belgilovchi dinamik mexanizmlarni tushunish va ularning hosil bo‘lishini kuzatish ko‘nikmasi o‘rgatish jarayonini to‘g‘ri tanlash va hajmni belgilashda yordam beradi. Bu esa tayyorgarlik jarayoni samaradorligini ancha oshiradi. Yosh o‘yinchilarni tayyorlashda murabbiylar o‘zi o‘rgatmoqchi bo‘lgan ko‘nikmalarni amalda o‘zi bajarib ko‘rsatishi katta yordam beradi. Chunki o‘yinning taqdim etilayotgan texnik uslublari talqini umumqabul qilingan uslublardan biroz farq qiladi, o‘yinchilarga uslublarni samarali o‘rgatish uchun murabbiyning o‘zi ularni bajarishda yangi variantlarini bilishi kerak. Bu eng avvalo, yuqoridan uzatish, sakrash, to‘siq qo‘yish uslublariga tegishli. Yonboshga yiqilib to‘pni qaytarish uslubini hamma ham bajara olmaydi. Tizzada sirpanish esa umuman yangi o‘yin uslubi hisoblanishi mumkin.
Shaxsiy hissiyotlarga tayanish murabbiyga texnik uslublarni bajarish usullari va variantlarini o‘yinchilarga o‘rgatish, shuningdek, o‘yin uslubida nuqson va xatolarni aniqlashda qo‘l keladi. O‘yinchilar, ayniqsa, yangi o‘yinchilar o‘yin uslublarini bajarishda “o‘n marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi” qabilida ish yuritishsa yaxshi bo‘ladi.
Murabbiyning didaktik ko‘nikmalari baholansa, o‘quvchilari texnikani bajarish mezonlari bo‘yicha texnik elementlarni bir xil bajarganda voleybolda o‘yin texnikasini o‘rgata oladi degan xulosa berish mumkin. Agar ushbu mezonlar o‘yin vazifalarini bajarishda harakatlar samaradorligi asosiy shartlari bilan mos kelsa, murabbiy nafaqat o‘rgata oladi, balki to‘g‘ri texnikani o‘quvchilarga singdira oladi.



    1. Download 3,65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish