O‘rgatishning dastlabki bosqichlari
Yuqori bosqichlar o‘z tayyorgarlik maqsadi, vazifasi va uslublariga ega, lekin ular dastlabki bosqichlardan boshlanadi. O‘yinning texnik- taktik uslublarini o‘rgatish jarayonini oltita dastlabki bosqichlarga
ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Barcha taxminiy bosqichlar vaqt borasida ketma-ket kelishi kerak. Ushbu bosqichlar raqamlanishi ularning yakuni emas, boshlanish ketma-ketligi bilan belgilaydi, ya’ni qo‘shni bosqichlar bir-birini almashtirmay, balki parallel tarzda birga bo‘lishi eng muhim jihatidir. Ularning nisbatigina o‘zgaradi. Bunday yondashuvda o‘yinchilar mahorati tez, va eng asosiysi, uzluksiz rivojlanishini ta’minlash, o‘yin uslublarini bajarish texnikasida ko‘plab xatolar va tanazzuldan qochish mumkin.
1-bosqich o‘yin uslublarini o‘rganishiga tayyorgarlikni ta’minlash bos-qichi. O‘rgatish jarayonida, ayniqsa, BO‘SMdagi yangi o‘quvchilarni o‘rgatishda eng muhim bosqich. Ular vazifalarini bajarmaslik natijasida faqatgina tabiatan iqtidorli o‘yinchilar o‘yin uslublarini samarali bajara olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu bosqichning muhimligi shundaki, jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlangan bolalar texnikani tezroq va samaraliroq egallashadi – voleybolni o‘rgatishda ularning yakuniy natijasi boshqa teng sharoitlarda yuqoriroq bo‘ladi.
Tayyorgarlikni ta’minlash bosqichining asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
vazifa. Tashkilotchilikni ta’minlash, tartiblilik, harakatchanlik, mehnatsevarlikni tarbiyalash, mashg‘ulotlarda ko‘p mashqlarni bajarish
qobiliyatini rivojlantirish, voleybol mashg‘ulotlariga qiziqish va o‘rganishga xohishni oshirish, muntazam o‘z ustida ishlash.
vazifa. Chidamlilik hamda organizmning kuch va tezlik tasnifini oshirish, tayanch-harakat apparatining asosiy elementlari – bo‘g‘imlar, paylar va mushaklarni “ishlatish”.
vazifa. Umumiy o‘yin qobiliyatlari – bolalar turli harakatli va sport o‘yinlari, shuningdek, o‘yinli mashqlarda egallaydigan ko‘nikmalarni takomillashtirish.
vazifani bajarishda har bir mashg‘ulotda har bir o‘yinchi muvaffaqiyatini ta’minlash tamoyili asosiy o‘rinni egallashi shart. Har bir darsga ko‘plab vazifalar qo‘yish va o‘quvchilar yutuqlarini ijobiy baholash ushbu tamoyilning mohiyati hisoblanadi. Murabbiy rag‘bati – bu yangi o‘quvchining yutug‘idir. Lekin u o‘yinchining maqsadiga aylanmasligi kerak, chunki uni tashqi rag‘batga tobe qilib qo‘yadi, kelgusida o‘ziga ishonch imkoniyatini cheklaydi.
Birinchi vazifani har bir mashg‘ulotda va undan tashqaridagi ijodiy va axloqiy muhit ijobiy hal etadi. U o‘quv-tayyorgarlik mashg‘ulotining
professional olib borishi natijasi bo‘lib, unga har bir murabbiy intilishi zarur.
2-vazifa o‘yinchi organizmi tezlik-kuch tasnifini oshirish, tayanch- harakat apparati asosiy elementlarini ishlab chiqishdir. U ilk voleybol mashg‘ulotlaridan boshlanib, o‘yinchilarning butun sport karyerasining u yoki bu ko‘rinishida davom etadi. Voleybolchilar qanchalik yosh bo‘lsa, ularning jismoniy holatini takomillashtirish, energetik potensial (kuch qudrat)ni oshirish va o‘yin vazifalarini samarali bajarishda shartlarni amalga oshirish uchun qo‘llab olishga ko‘proq vaqt va e’tibor qaratish lozim. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajarish yosh voleybol- chilarga o‘yin uslublari texnikasini o‘rgatish sifati va tezligini belgilaydi. 3-vazifa yosh voleybolchilarning umumiy o‘yin qobiliyatlarini takomillashtirish ham muhim vazifa hisoblanadi. Ko‘plab sport va harakatli o‘yinlar mavjud bo‘lib, darslarda ulardan foydalanish yosh sportchilar o‘yin qobiliyatlarini rivojlantiradi. Har bir yosh kategoriyasi uchun mos qiziqarli va fayzli o‘yinchilarni tanlash mumkin. Faqatgina zakovat, tezlik va tezkor to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni mustahkamlaydigan ko‘p harakatli va o‘yin vaziyatlari mavjud o‘yinchilarni tanlab olish kerak. O‘yinlar o‘yinchilarning vazifalarini bajarishda hamkorlik qobiliyatini rivojlantirishi va har tomonlama yaxshi
jismoniy mashqalarni ta’minlashi kerak.
Birinchi darslardanoq, yangi sportchilarga g‘alaba qozonish va mag‘lubiyatlarni munosib qabul qilish, o‘zlari uchun foydali xulosa chiqarishni o‘rgatish kerak. O‘rgatishning ushbu aspektlari, ayniqsa, qizlarni o‘qitishda qo‘l keladi, chunki hozirgi vaqtda ular uyda ham, maktabda ham harakatli o‘yinlarni deyarli o‘ynashmaydi. Bu ayniqsa, baland bo‘yli o‘smirlarga tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |