davr harakatlarni mukammallashtiradigan qo‘zg‘alish konsentratsiya va farqlanishni tasniflaydi.
davr ko‘nikmani avtomatlashtiruvchi davr.
davr ko‘nikmani shakllantirishda moslashish-kengaytirish davri.
Mazmuniy vazifalarni hal etish qobliyati egallanadi.
Ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmini avtomatizatsiya holatigacha batafsil izohlashni N.A. Bernshteyn taklif qildi. Uning konsepsiyasiga muvofiq, inson beixtiyor harakatlarini boshqarish bosh miya qobig‘idan orqa miya segmentar apparatigacha bo‘lgan ko‘p bosqichli tuzilmaga ega. Yuqorida ko‘rib chiqilgan avtogen tormozlanish refleksi orqa miya darajasidagi harakatlarni boshqarishning ideal misolidir.
Bosh miya qobig‘idan boshqarib, ongli ravishda nazorat qilib, inson notanish xatti-harakatni bajarishga urinadi. Uni o‘rganishning boshqa tomoni yo‘q. Avvaliga bosh miya bo‘lmalari o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifani – mushak faoliyatini bevosita boshqarishni bajargani uchun harakatlar mukammal bo‘lmaydi. Ko‘nikmani o‘rganib borib, boshqaruv
bosh miyaning quyi bo‘lmalariga va nihoyat, orqa miya darajasiga o‘tadi. Ko‘nikma qanchalik avtomatlashsa, harakatlarni boshqarish ko‘proq (markaziy asab tizimi) quyi bosqichlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu vaqtda bosh miyaning yuqori bo‘lmalari maqsadga muvofiqlik tamoyilini amalga oshiruvchi (masalan, harakatni vaziyat bilan muvofiqlashtirish) mohiyatli vazifalarni hal etib, umumiy boshqaruvni amalga oshiradi.
Ko‘nikmaning alohida elementlariga diqqatni tortish boshqaruv harakatlarini bosh miyaning yuqori bo‘lmalariga qaytarishni anglatib, ularning samaradorligini pasaytiradi. Harakatlarning tashqi ko‘rinishini ongli tarzda nazorat qilishga urinish (masalan, to‘pni urishda qo‘llarni to‘g‘ri tutishga e’tibor qaratish) qo‘lni ko‘tarishda mexanizmning buzilishiga olib keladi. Bu esa harakatlar tezligining va uruvchining kinetik energiyasi pasayishida aks etadi. Harakat faoliyatini kuch bilan hal etish uslubining tangligi, aniqrog‘i hujumchiga o‘yin uslubini samarali bajarish imkonini bermaydi. Aksincha, o‘yinchi qo‘llarini ko‘tarish va keng hamda erkin zarba berishga urunishi (murabbiyning metodik ko‘rsatmalariga muvofiq) bosh miya quyi bo‘limlari (hatto orqa miya) harakatlarini boshqarish bilan ta’minlanadi. Ballistik harakatlarni bajarishning ushbu uslubi zarba beruvchi tezligini oshiradi va bu holatda yuzaga keladigan markazdan qochuvchi kuch qo‘lni to‘g‘rilaydi, keskin zarba hosil bo‘ladi.
Harakat ko‘nikmasi barqarorlashuv (avtomatizatsiya) davridan so‘ng maqsadli tayyorgarlikda uning tadbig‘i moslashish – kengayishi sharoitlarining 4-davri boshlanishi kerak. O‘yinchi harakat vazifalarini izlash va uslublarini mustahkamlash qarorlaridan o‘yin vaziyatlarida o‘zgaradigan mohiyatli vazifalarni (epchillik, ko‘nikmaning harakatli tuzilmalari maqsadli o‘zgarishlari hisobiga) hal etish uslublarini izlashga o‘tadi. Texnik-taktik ko‘nikmalar shakllanishi maqsadli harakatlarni boshqarish tizimlarida neyron aloqalarining shakllanishi va mustahkam- lanishi asosida ham amalga oshadi. O‘yin shartlariga muvofiq o‘zgaradigan, shuningdek, raqibning qarshi harakati strukturasi variativ o‘zgarish qobiliyati egallanadi. Birlamchi o‘rinni “nima qilish kerak?” va “qanday bajarish kerak?” vazifalarini yechish tanlovi egallaydi. Aynan shu variativ texnikasi asosida taktik vazifalarni amalga oshirishdir.
O‘yinchining harakatli uslublarini samarali hal etish va ularning ijrosi variativ o‘zgarishga oliy sport mahorati bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi va uni texnik mahoratining asosiy tarkibi hisoblanadi.
Harakatlarning samarali mexanizmlarini shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqib, o‘qitishning sermahsul metodikasidagi eng muhim holatiga urg‘u beramiz: qanday mashqlarni qo‘llash emas, balki ularni qanday bajarish muhim. Mashqlarning to‘g‘ri bajarilishi harakat vazifalarini amalga oshirishning samarali va maqsadli dinamik mexanizmlarni shakllantiradi yoki o‘yinning texnik uslublarini bajarishda navbatdagi xatolar mustahkamlanadi. Ko‘plab noto‘g‘ri takrorlashlar natijasida shakllangan va mustahkamlangan mushak sinergiyasi muqobil ko‘nikma shakllanishini cheklaydi. Ma’muriy qayta o‘rgatish bir qator salbiy natijalarga olib keladi.
Birinchidan, to‘g‘ri ko‘nikmaga qayta ko‘nikish juda mushkul; qayta o‘rgatish murakkabroq va darhol to‘g‘ri o‘qitishdan ko‘ra uzoqroq davom etadi (ba’zi o‘yinchilarni deyarli qayta o‘rgatib ham bo‘lmaydi).
Ikkinchidan, qayta o‘rgatilgan o‘yinchi eng noqulay vaziyatda eski ko‘nikmani takrorlaydi va uning harakatlari samaradorligi keskin pasayadi. Bu esa turli asabiy (masalan, musobaqaviy) omillarga sabab bo‘ladi va toliqish natijasida o‘yinchi harakatlari nazoratini pasayishi kuzatiladi.
Shu sababli, o‘yin uslublarini o‘rgatish va takomillashtirishda mashqlarni faqat to‘g‘ri bajarishni eng muhim qoida yoki tamoyil (uni “oltin” qoida deb ham atash mumkin) deb qabul qilish kerak. O‘rgatish jarayonining yakuniy samaradorligi aksariyat hollarda o‘yinchilar va murabbiyning ushbu qoidaga qanchalik qat’iy rioya qilishi bilan belgilanadi. “Oltin qoida” yangi va yosh o‘yinchilar bilan ishlashda alohida ahamiyat kasb etadi – bolalar tez o‘rganishadi, bu esa ularning sport mahoratining kelgusida rivojlanishi uchun istiqbol yaratadi, lekin ko‘nikmalar tez unutiladi. Uzoq vaqt davomida, harakatlarning muqobil strukturasi barqarorlashib, mustahkamlanguncha, texnik uslublarni bajarish to‘g‘riligi (samaradorlik joriylarini amalga oshirish darajasi mezoni bo‘yicha) vaziyatli maqsadga muvofiqlikni ta’minlovchi mazmunni o‘z ichiga oladigan, o‘yinchilar harakati samaradorligiga erishish muhimroq hisoblanadi. O‘rgatishda harakatlar samarali texnikasini shakllantirish, keyinchalik esa o‘yin va o‘yin vaziyatlaridagi taktik uslublarga urg‘u beriladi.
Mashqlarni “faqat to‘g‘ri bajarish” o‘rgatishning oltin qoidasini so‘zma-so‘z va murosasiz tushunmaslik kerak. Sportchiga samaraliroq o‘rgatish uchun mashqning to‘g‘ri va xatoli bajarish uslubidan foydalanish mumkin. Xatolar to‘g‘ri ko‘nikmalarni shakllantirishda yordam beradi. Xatolar o‘yinchilarga qanday bajarmaslikni ko‘rsatadi,
ular harakatlar natijaviyligini keskin pasaytiradi. Hammasi uning nisbatiga bog‘liq. Texnik elementlarni xatolar bilan bajarish ko‘nikmalari mustahkamlanib qolmasligiga e’tibor berish kerak. Texnikada keyingi xatolarning uchrashiga charchoq bilan uzoq mashg‘ulotlar o‘tkazish, o‘yin taktikasini intensiv (tezkor) o‘rgatish yoki ko‘plab musobaqalar sabab bo‘ladi. O‘yin boshlanganda, birinchi o‘ringa maqsadga muvofiqlik – harakatlarning mazmunli tarkibi chiqadi, murabbiyda ham, o‘yinchilarda ham ijro texnikasi sustlashadi.
Yosh o‘yinchilarni o‘yin uslublariga o‘rgatishda uning texnik mahorati o‘sishini baholash mezoni sifatida harakat emas, vaziyatli maqsadga muvofiqlik tamoyili hisobiga ta’minlanadigan muvaffaqiyatni, ya’ni taktika yoki psixologik omil samaradorligini belgilovchi dinamik mexanizmlar tadbig‘i darajasi va ishonchliligini qo‘llash zarur. Quyida keltirilgan o‘yin uslublari “asos modellari” talablari texnikani baholash mezonlari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tengdoshlar orasida talaba emas, balki aynan ular orqali yosh o‘yinchilarni o‘rgatish sifatini baholash lozim.
BO‘SMda ta’lim oxirida yosh o‘yinchilar optimal variantda sport ustalaridan ko‘nikmalar ishonchliligi, kamroq barqarorlik va tajribalari bilan farqlanib, vaqt o‘tishi bilan ularning sport mahorati oshishida yordam beradi. Sakrash balandligi, hujumchi “zarbalari”, “kuchi”, uzatish qiyinchiligi, umuman kurash olib borishning barcha texnik-taktik vositalari sport ustalariniki kabi (hatto yuqoriroq ham) bo‘lishi kerak. Faqat shu holatdagina sport ustalari jamoasi tarkibida sport mahorati o‘sishi uchun “asos” haqida fikr yuritish mumkin.
Texnik tayyorgarlikda yosh o‘yinchilar birinchi navbatda sport mahorati asosini yaratishga: harakatli vazifalarni hal etish jarayonida samarali energiya kiritish va o‘zgartirish tamoyillarini amalga oshruvchi harakatli ko‘nikmalar “maktab”ini o‘rganishga urinish lozim. Shu tarzda, mashg‘ulotlar jarayoni – bu, avvalambor, o‘yin vazifalarini samarali, tejamli va maqsadga muvofiq hal eta oladigan, o‘yinchi tayanch-harakat apparati tizimi asosida universal, samarador va tejamkor biomashina qurish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |