To‘siq qo‘yuvchilar sakrashining trayektoriyasi. Ko‘pchilik hollarda vertikal ko‘tarilish va tushish trayektoriyasi eng foydali hisoblanadi. Shunda maydondagi himoyachilarning o‘yini ancha
yengillashadi – ularga qarshi harakat uchun joy tanlash osonlashadi. To‘siq qo‘yuvchilarning to‘rga tegib ketish va o‘rta chiziqdan o‘tib ketish kabi xatolari kamayadi. Sakrashning bunday trayektoriyasida o‘yinchilarga havoda o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish oson bo‘ladi. Biroq, nostandart vaziyatlarda, bir yoki ikki oyoqda siltanish bilan to‘r bo‘ylab oraliq to‘siq qo‘yish mos bo‘lishi mumkin. Biroq, havoda to‘rga nisbatan burchak ostida harakatlanish ko‘pincha texnik xatoliklarga olib keladi.
Yugurish bilan vertikal uchish trayektoriyasida sakrashni ta’minlash qiyinroq bo‘lsa-da, imkoni mavjud. Vertikal sakrashni joyida turgan holda bajarish ishonchliroq, buning uchun avvaldan siltanish joyiga o‘tib olish kerak. Balandlikda sapchib tushishni yo‘qotmaslik uchun, to‘siq qo‘yuvchlar, o‘z joyida turib taranglashuvda bukilgan qo‘llarning faol siltanishdan foydalanishlari zarur. Vaqt yetishmasligi holatlarida taranglashuv holatida pastga qisqa tushishdan iborat bo‘ladi – bu joyida sakrashdan oldin egilishning eng yaqin variantidir.
vazifa. Hujumchiga samarali qarshi harakat qilishni tashkil etish uchun qo‘llarini o‘z vaqtida va maqsadga muvofiq tarzda to‘pga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshi yo‘nalishga o‘tkazish. To‘siq qo‘yuvchining havodagi harakatlari samaradorligini qarab chiqamiz. Itarilishdan keyin yuqoriga harakatlanish bosqichidayoq to‘siq qo‘yuvchilar o‘z qo‘llarini yuqoriga o‘tkazishlari maqsadga muvofiqdir. Qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish ularning siltanish harakatlarining tabiiy davomi hisoblanadi. To‘siq qo‘yishda qo‘llarni o‘z vaqtida yuqoriga ko‘tarish to‘pga noodatiy ertaroq zarba berishlarda (ularning yuqoriga harakatlanishida trayektoriyaning yuqorilaganda zarbani bajaruvchi hujumchilar ham uchraydi) yoki to‘siq qo‘yuvchilar kechikkan holatlarda katta ahamiyatga ega bo‘ladi – to‘pni samarali to‘siqlash ehtimoli shu yo‘l bilan oshiriladi. Faqat shunga e’tibor berish zarurki, to‘pni o‘zi turgan tomondan to‘smaslik uchun qo‘llar to‘rga bevosita yaqin joyda yuqoriga ko‘tarilishi lozim.
Standart vaziyatlarda to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchining sakrash trayektoriyasini yuqori nuqtasiga yaqinlashuviga qarab, qo‘llarni to‘rning raqib tomoniga o‘tkazish va (agar zaruriyat bo‘lsa) u yoki bu tomonga qaratish, to‘pning yo‘lini barmoqlar bilan to‘sish imkoniga ega bo‘lish kerak. To‘siqda, to‘siq qo‘yuvchilarning to‘p bilan ishlashini amalga oshiruvchi ishchanlik holati ahamiyatga egadir: tos orqaga surilishi, oyoqlar gavdaga tortilishi kerak, shu asosda “bukilgan” gavda holatiga erishiladi. Bu deyarli har qanday zarbaga to‘siq qo‘yish holatlari uchun
ham foydali. To‘rga tegib ketish va o‘rta chiziqdan o‘tib ketish bilan bog‘liq xatolar ehtimoli ham kamayadi. Endi qo‘llar harakati yordamida to‘siq qo‘yish samaradorligini oshirishning boshqa shartlarini aniqlab olamiz:
To‘pni barmoqlar yozilgan holdagi kaftlar bilan (bilak bilan emas) qaytarish maqsadga muvofiq – shunda qo‘lning qaytarish maydoni katta va to‘p uchushini oldindan bilish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Agarda to‘p bitta bilakka to‘g‘ri kelsa, bunda to‘p to‘siq qo‘yuvchilarning qo‘lidan to‘pni uchush trayektoriyasini tartibga olish ancha qiyin bo‘ladi, chunki bitta bilak deyarli aylana shaklidagi kesimga ega bo‘ladi.
To‘siq qo‘yuvchining qo‘l barmoqlari ochilishini imkon qadar hujumchining zarbasi beriladigan joyga yaqinroqda bajarish mumkin – shunda eng katta “otish burchagi yopilishi mumkin” (28-rasm, A holati).
Umumiy holatda esa to‘siq qo‘yuvchilar qo‘llarini raqib tomonga pastroq sakrashda, to‘r balandligida yuqori sakrashida esa qo‘l uzunligiga qarab o‘tkazishlari lozim. To‘r ustida barmoqlar shunday mo‘ljal olishi kerakki, to‘siqdan to‘pning maydongacha ehtimoliy tushishishini hisobga olish kerak. Agarda to‘siq qo‘yuvchilar faqat raqib zarbasini “yengillashtirish” maqsadida harakat qilgan bo‘lsalar, buni himoyachilar qabul qilishi kutilsa, unda qo‘llarni yuqoriga cho‘zish kerak.
rasm
To‘siq qo‘yuvchilar to‘pning zarba berish yo‘nalishi va trayektoriyasini aniqlagach, o‘z nigohlarini to‘pdan hujumchiga o‘tkazishlari lozim. Bu hujum joyini aniqroq belgilashga va sakrash holatiga o‘z vaqtida o‘tishlariga, shuningdek, hujumchi zarbasi yo‘nalishini topish va to‘r ustida samaraliroq qarshi harakat qilish
imkonini beradi. To‘siq qo‘yuvchi to‘rga yaqin uzatishdagina to‘pga diqqat bilan qarab turishi lozim. Shuningdek, to‘p to‘siq qo‘yuvchilar tomonga uchib o‘tgan holatda esa unga qarshi hujumni tashkil etish lozim. Raqibning harakatlarini tashqi kuzatish yordamida nazorat qilish mumkin.
Qo‘llarning, ayniqsa, barmoqlarning harakati, to‘pga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir etib, ko‘pincha to‘siq qo‘yishning samaradorligini oshiradi. To‘siq, shu tariqa, qarshi hujumga aylanadi.
To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar qo‘llar yuqorida to‘g‘rilangan holatda pastga tushishi maqsadga muvofiqdir. Qo‘llarning ertaroq tushirilishining xatosi to‘pning bosh ustidan o‘tib ketishiga olib keladi. To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchining yengilgina o‘ljasi qo‘ldan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |