Turlicha balandliklarda va to‘rdan turlicha uzoqlikda beriladigan zarbalarga to‘siq qo‘yish xususiyatlari.
To‘rdan uzoqda joylashgan uzatishlarda mohirlik bilan qilingan hujumlarda zarbaga to‘siq qo‘yish ham ancha murakkab bo‘ladi. Bunda to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarning zarbadan keyin to‘pning uchish yo‘nalishini mumkin qadar oldinroq bajarishlari (hujumchining zarba harakati bo‘yicha, qo‘lining siltanishi bo‘yicha emas) va raqib hujumiga to‘siq qo‘yish uchun qo‘llarni maqsadga muvofiq o‘tkaza olish qobilyatlariga yuqori talablar qo‘yiladi. Hujumchi o‘yinchi tomonga barmoqlarni ancha cho‘zishi doimo ham samarali bo‘lmaydi (29-rasmda s holati) yoki yetarlicha bo‘lmasligi ham mumkin (shu rasmda B holati).
To‘siq qo‘yuvchilar qo‘lining raqib tomonga ancha o‘tib ketishi to‘siqning balandligini pasaytiradi, bundan baland bo‘yli o‘yinchilar foydalanishlari mumkin. Qo‘llarni haddan tashqari yuqoriga ko‘tarish to‘siq qo‘yuvchilarning barmoqlari hujum hududidan yuqorida bo‘lib qolishiga olib keladi va to‘p ancha kam samara bilan bilaklar orqali qaytarilishi mumkin bo‘ladi. Past bo‘yli o‘yinchi qo‘lni birdaniga yuqoriga ko‘tarish bilan sakrasa (yoki sakray olmaydigan), uning ustun jihati bo‘lishi mumkin, chunki barmoqlar uchish zonasida bo‘ladi va to‘siqning qaytarilish yuzasidan kattaligi sababli zarbaga samaraliroq qarshi ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.
rasm
Agar hujumchi o‘yinchi baland bo‘yli, to‘siq qo‘yuvchi esa past bo‘yli bo‘lsa, unda himoyalanuvchi to‘p yonida qarshi harakatning samaradorligini oshirish uchun hujum qiluvchidan keyinroq sakrashi va qo‘llarini uning tomoniga o‘tkazmasligi kerak. Aks holda, to‘siqning balandligi pasayadi va hujumchining ancha yuqori nuqtadan uzatilgan to‘piga yetib ololmaydi. To‘siq qo‘yuvchi hujumchidan balandroq bo‘lgan holatlarda, to‘siq ko‘pincha past samarali bo‘ladi. Chunki, to‘siq qo‘yuvchi barmoqlari qaytaruvchi yuzasi zarbadan keyingi to‘pning uchish trayektoriyasidan balandda bo‘lib qoladi – to‘p to‘siq qo‘yuvchilarning tirsaklari orasidan o‘tib ketadi, yoki ularga tegib, bilib bo‘lmaydigan trayektoriyaga ketib qoladi. Shu bilan birga, baland bo‘yli to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarda samarali qarshi harakat uchun ham imkoniyatlar bo‘ladi. Bo‘y va sakrashdan foydalangan holda barmoqlarning qaytaruvchi yuzasini zarba joyiga yaqinroq keltirish, hujum sektorini eng kam darajagacha qisqartirishi lozim.
Past bo‘yli hujumchilar baland bo‘ylilarga qaraganda to‘p bilan pastroqda, demakki, ular kechroq sakraydi va ushlaydi. Ayrim to‘siq qo‘yuvchilar hujumchining xususiyatlarini hisobga olmasdan, aynan past bo‘yli hujumchi o‘yinchilar bilan bir vaqtda sakraganliklari uchun qo‘llarini to‘pga kechikish bilan uzatadilar. To‘pga yaqin uzatishlardagi zarbalarga to‘siq qo‘yish hujumning kattaroq sektorini yopish imkoniyati paydo bo‘lishi sababli, u ancha yengilroq kechadi. Biroq qiyinchiliklari ham bor: hujumchilar ko‘pincha aylanib o‘tuvchi zarbalardan va qo‘lga tegib, chetga chiqib ketishini hisobga olgan holda to‘siqning chekkasiga
zarba berishdan foydalanadilar. Bu yerda to‘siq qo‘yuvchilardan zarbaning yo‘nalishini oldindan aniq bila olish, to‘p to‘siqqa tegib keyin, raqib maydonchasiga tushishga mo‘ljallab yo‘naltirish kabilarga yuqori talablar qo‘yiladi.
Hujumchining to‘p tashqarisiga chiqib ketishni hisobga olib bajargani zarbasi, aniq ko‘rinib turgan hollarda, to‘siq qo‘yuvchi o‘z qo‘llarini to‘siq qo‘yish hududidan umuman yig‘ishtirib olishi yoki ularni zarbaga qarshi “o‘z holida” harakatlanishi lozim, bunda hujum ko‘pincha maydoncha tashqarisida, o‘yinchilarning qo‘li to‘siqqa tegmagan holatda amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |