Himoyalanishni amalga oshirishda o‘yinchi harakatlari xususiyatlari. Himoyalanish mavjud o‘yin sharoitlari bilan aniqlanadi. Himoyalovchi o‘yinchiga, himoyachi kabi uch tomonga emas, balki har to‘rt tomonga harakatlanish zarur bo‘ladi. Bu turish holatiga alohida talablarni qo‘yadi. To‘siq qo‘yuvchilarni himoyalashda hali to‘pning sakrash yoki urulish yo‘nalishi aniqlanmasdan turib, oldindan qaysidir tomonga muvozanatni yiqilish yoki turish holatida siljishi mumkin emas. Himoyalovchi (straxovkachi) turish holatida qo‘llarini yarim bukilgan va odatdagidan yuqoriroqda (kaftlar taxminan yuzga yaqin darajada) tutish kerak. Zich qo‘yilgan, yaxshi tashkil etilmagan yoki harakatlanuvchi to‘siq qo‘yilgan holatlarda, bu usul to‘pni ishonchli qaytarishga va yuzning jarohat olmasligida yordam beradi. Shuni ham alohida hisobga olish kerakki, raqib “sof” aldovchi zarbalar qo‘llagan hollarda – to‘pni to‘siq ustidan yoki himoyalovchi va himoyachilar faqatgina joy ishonchli tanlamaganligi omilidan foydalanib yutishga urinishini hisobga olish zarur.
Agar himoyalovchilar tomonidan to‘p tashlashning yo‘nalishi aniqlangan bo‘lsa va shu sababli o‘z vaqtida harakatlanib ulgurgan bo‘lsalar, qabul qilishda muammo bo‘lmaydi – to‘p himoyalanuvchining yengilgina o‘ljasiga aylanadi, ya’ni himoyalashda to‘p bilan ishlash tezligi va texnikasiga emas, balki o‘yinni oldindan “o‘qiy bilishga” – oldindan ko‘ra olishga ko‘proq tayanish lozim.
Zamonaviy voleybolda himoyada o‘ynashga doir zaruriy tavsiyalar
Himoyadagi samarali o‘yin ko‘p jihatdan himoyachi hujumini qaytarish uchun joyni to‘g‘ri tanlanish va o‘z vaqtida asosiy turish holatiga o‘tish bilan belgilanadi. Joyni tanlashda himoyachi o‘yinning jamoaviy va guruhli taktikasini, shuningdek, hujumchi xususiyatlari va vujudga keluvchi o‘yin vaziyatini hisobga olishi kerak. Tez uchib kelayotgan to‘pga ulgurish uchun, himoyachining harakatlari bo‘yicha hujum yo‘nalishini hisoblashga o‘rganish va seza bilish (zarba harakatlari bo‘yicha) va mumkin qadar tezroq to‘p ostiga harakatlanishni boshlash lozim.
Himoyachilarning turish holatida to‘pga harakatlanishi, hujumchining zarbasidan oldinroq muvozanatni yo‘qotishdan boshlanishi kerak, bu ancha vaqtni tejashga imkon beradi. Qo‘lni qaytaruvchi yuzasi maydonini to‘g‘ri qo‘yilganda va uning joylashishidagi tekislikka mo‘ljalini to‘g‘ri tanlash himoyada to‘pni yaxshi ushlash imkonini beradi. Joyda himoyachi platformaning mo‘ljalini o‘zgartirmagan holda tez o‘tkazilishi qadam qo‘yish, egilish, boldirda sirpanish, yonga yiqilish yoki umbaloq oshish kabilar hisobidan amalga oshiriladi. Erkaklar voleybolida ko‘krak bilan yiqilish ham qo‘llaniladi.
Himoyachining barcha usullari bir xilda boshlanib, bir-birini davom ettirgan holda, yagona majmuaga organik bog‘langan bo‘lishi kerak. Himoyachi platformani o‘zgartirishining aniq bir usulini tanlash uchib o‘tayotgan to‘pgacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi. To‘pni yetkazib beruvchi sifatida himoyachi platformaning muayyan vaqtda zarbadan keyin to‘pning uchish tezligiga bo‘g‘liq holda harakatlanishning eng maqbul rejimi bilan ta’minlanadi: bunga platformaning yon berishi yoki uni harakatsiz holatda ushlab turish yoki qarshi harakat qilishi kabilar kiradi. Himoyalovchi o‘yinchida to‘rtta ehtimoliy harakat yo‘nalishlari bo‘lganligi uchun u barqaror turish holatida bo‘lishga majbur. Harakatlanishga vaqtni qisqartirish uchun hujum yo‘nalishini oldindan aniqlash asosida harakatlanish tomoniga muvozanatni yo‘qotish zarur, bu bilan qarshi harakat ilgariroq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |