Yelka yoki orqa bilan umbaloq oshib to‘pni qabul qilish. Himoyachi yuqori tezlikka va ikki qo‘llab to‘pga yetib olishga harakat qilishga qaramasdan yoki yiqilish yordamida qaytaruvchi platformani siljita olmagan hollarda boshqa bir texnik usuldan foydalanadi. U oldingi vaziyatni rivojlantirish sifatida bajariladi. To‘p bilan to‘qnashish joyigacha yetib borish uchun o‘yinchi qo‘llarini bir-biridan ajratadi va
to‘pni yonga yoki hatto orqaga yotgan holda, bilakning oldingi (kaft) tomoni bilan qaytaradi. Keyin himoyachi orqasiga buriladi, oyog‘ini ko‘targan holda boshqa qo‘lning yelkasi bilan umbaloq oshadi, tayyorgarlik turish holatiga o‘tadi (25-rasm).
Himoyada o‘ynashning ushbu elementi harakatlarining tuzulishi, yonga yiqilishi tuzilishidan farqi bajarishning oxirgi bosqichida bevosita to‘pni qaytarishi oldindan boshlanadi. Agarda o‘yinchining to‘p tomon harakat tezligi unchalik katta bo‘lmasa, yoki yelka orqali umbaloq oshish jarayonida o‘rta chiziqni kesib o‘tish xavfi bo‘lganda, himoyachining orqaga ag‘darilib, umbaloq oshishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday usulda umbaloq oshishni bajarganda ba’zida himoyachilarda to‘pni ikki qo‘llab o‘ynash imkoniyati bo‘ladi. Orqa bilan aylanish jarayonida himoyachiga o‘zini yig‘ishtirish (oyoqlarni yaqinlashtirish) va yelka orqali umbaloq oshishni tugallash, tizzadan turish holatiga o‘tish uchun intilish kerak bo‘ladi, bu holatdan qo‘lga tayangan holda sakrab asosiy holatga turish yengil va tezroq bo‘ladi.
Umbaloq oshishga harakat qilish va “kirishish” tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shunday katta tezlikda amalga oshiriladi va o‘yinchining asosiy turish holatiga o‘tishi shuncha tez yuz beradi. Umbaloq oshishni amalga oshirishning ushbu variantida himoyachi katta masofada uchib borayotgan to‘pga yetib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ko‘krak bilan yiqilishda to‘pni qabul qilish. Himoyada to‘pni qaytarishning bunday usuli asosan erkaklar voleybolida qo‘llaniladi. U himoyada o‘ynashning bir butun usullar majmuasidan chetda turadi, chunki bajarilishi bo‘yicha mustaqil bajarishga ham, rivojlanishga ham ega. Odatda uni ancha uzoqlikdagi to‘pni qabul qilish uchun yugurishdan keyin qo‘llaniladi, biroq undan yuqorida bayon etilgan usullar o‘rniga ham, voleybolchilar ularni bilmagan hollarda foydalanadi. To‘pning yo‘nalishi aniqlangach, himoyachi yuguradi (yugurishi to‘pgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq holda, har xil uzunlikda bo‘lishi mumkin) va oldinga yiqilish tashlanishini bajaradi. O‘yinchi to‘pni qoida tariqasida, kuchli qo‘li panjalarining orqa tomoni bilan qaytaradi, ikkala qo‘li barmoqlarini o‘z oldiga polga qo‘yadi, ko‘krak bilan sirpanishga yordamlashadi. Sirpanish o‘yinchini jarohat olishdan saqlaydi. To‘p
tayanch holatda turilganda ham qaytarilishi mumkin, bu asossizdir – bunday to‘pni o‘yinchi boshqa texnik usullar yordamida qabul qilsa yaxshiroq bo‘ladi (26-rasm).
Ba’zan jasur o‘yinchilar oldinga uzatilgan qo‘l bilan yiqilishni
bajara oladilar, gavdaning sirpanishiga boshqa qo‘l bilan yordam beradilar. Bu himoyachidan yanada uzoqroqda o‘tayotgan to‘pni qabul qilishga imkon beradi va u o‘z vaqtida harakatlanish uchun zarur tezlikka erisha olmagan vaziyatlarda qo‘l keladi.
Hozircha, ta’kidlashimiz mumkinki, erkak himoyachilar platformani boldirga sirpanish va yon tomonga yiqilib tashlanish hisobidan qaytarish texnikasini hali yaxshi egallamaganliklari tufayli ko‘krak bilan yiqilishni yaqindan o‘tayotgan to‘pni qaytarishda majburan qo‘llaydilar. Bundan tashqari, tashlanish va qadam qo‘yish bilan ishlanadigan to‘plar ham ko‘krak bilan yiqilish usulida bajariladi.
Yaxshi himoyada o‘yinning ushbu usullarini maqsadga muvofiq ketma-ketlikda qo‘llanilishini buzmasligi va faqat bittasini, olaylik, eng yaxshi o‘zlashtirgan voleybolchigina qo‘llashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu o‘yinchining himoya harakatlari turlarini chegaralab qo‘yish hisobidan to‘pni samarali yetkazib berilishini jiddiy pasaytiradi. Buning ustiga bu himoyachiga ancha zarar yetkazadi, platformani “gavda bilan olib yurish” imkoniyatidan mahrum etadi, ba’zida qadam qo‘yish va sirpanish o‘rniga oyoqlar ostiga qorin bilan yiqilishga o‘rganib qoladi.
Yana bir bora himoyada to‘pni qabul qilish usullarini bajarishning boshlanishi bir xil, to‘pni qaytarish usullarining har biri esa ushbu boshlanishni rivojlantirish yo‘li bilan amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tamiz. Bu ularning bir harakatda maqsadga muvofiq qo‘llanilishini sezilarli yengillashtiradi: harakatning boshlanishi standart holda, to‘p ustida platforma bo‘lishi start harakatlarini maqsadga muvofiq rivojlantirish jarayonida bajariladi – uni olib o‘tish usuli himoyachining yonidan uchib o‘tayotgan to‘pgacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi. Shu tarzda, barcha bayon etilgan o‘yin usullari (ko‘krak bilan yiqilishdan tashqari) ushbu holda himoyada to‘pni qaytarish usullarining yagona majmuasiga organik ravishda birlashadi va himoyalanuvchi
o‘yinchilarning vazifasini yengillashtiradi, ularga qadam qo‘yish, egilish, boldirda sirpanish, yonga yiqilish, umbaloq oshib tashlanish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |