O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet62/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Himoyalovchi platformani tizzada sirpanish bilan tashlanish holatiga o‘zgartirish. Harakatlanish uchun qadam qo‘yish va qadam tashlash yetishmagan hollarda himoyalovchi platformani tizzadan tashqariga chiqarmaslik uchun to‘p ostida tizzada sirpanishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir (23-rasm).

Tizzada sirpanish bilan tashlanib to‘pni qabul qilish – ancha oddiy texnik harakat bo‘lib, ancha qobiliyatli himoyachilar ba’zida murabbiy yordamisiz ham uni o‘rganib oladilar. Tashlanish uch tomonga: oldinga, o‘ngga, chapga bo‘lishi mumkin. Zarur yo‘nalishni belgilab va harakatni boshlagan holda, himoyachi oyoqlar harakati yo‘nalishi bo‘yicha yaqinroqdagi tovonni zich holatida, harakatlanish chizig‘iga, to‘g‘ri burchak ostida polga qo‘yadi va uning tashqi tomoniga egiladi. Keyin sekingina tizzani tayanchning tashqi tomoniga qo‘yadi va uning turish holatini yo‘qotmagan holda, uning ustida sirpanadi. Tizzaning tashqi tomonidan muskullar va tizzani himoyalovchi vositalar ushbu sirpanishning mutlaqo og‘riqsiz bo‘lishiga imkon beradi.


Platforma bilan to‘pni qaytarib, himoyachi qo‘llarini bir-biridan ajratadi va ularni, albatta, egilgan oyoq tizzalarining oldida polga qo‘yadi. Aks holda, yon tomonga tashlanishda tizza barmoqlarni “ezib” yuborishi mumkin. Butun gavdani qo‘lga qo‘yib, o‘zini biroz ko‘targan holda o‘yinchi sirpanishni turish holatiga o‘tish bilan yakunlaydi, poldan qo‘llarni olib yana o‘yinga qo‘shiladi. Har qanday holatda ham himoyachi panjalarini shunday qo‘yishi kerakki, ular xalaqit bermasdan, o‘yinchiga sirpanishga yordamlashmasin.
To‘pga tashlanishda himoyachining tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning boldirda yerga tushish trayektoriyasi ham (hujum burchagining kamayishi hisobidan) shunchalik qiya holda bo‘ladi, qabul qilish esa shunchalik xavfsiz bo‘ladi. Yuqori tezlikda harakatlanganda himoyachi qo‘llar yordamisiz ham sirpanishi mumkin. Bunda zaruriy talab turishning yuqori qismini gavdaning egilish burchagini saqlab turish va qaytaruvchi platformani old tomonga burilishi hisoblanadi (uning burchagini himoyachi oldindan tanlashga intiladi). Himoyachi qaytaruvchi platformani to‘p ostiga shunday joylashtirishi kerakki, u to‘pni qaytarishda u gavdaning old tomoniga (o‘zining oldiga) bo‘lsin. Sirpanishdagi tashlanishlarda to‘pni qabul qilish holatlari bundan
mustasnodir, bunda himoyachi gavdani bukkan holda to‘pga qo‘llari bilan intiladi.
Sirpanish jarayonida ancha uzoqdagi to‘pga yetib borish uchun platformani xuddi shu tekislikka gavdani yon tomonga burish hisobidan o‘tkazishga ham yo‘l qo‘yiladi, ya’ni joylashishda uning mo‘ljalini o‘zgartirmasdan, biroq qo‘llarni tizzadan tashqariga chiqarishni odatga aylantirmaslik kerak – bu himoyachining harakatlanganligini to‘sib qo‘yadi va to‘pni yetkazish aniqligini pasaytiradi. Bu ayniqsa, yosh bolalar uchun zararlidir. Yiqilish tomonga gavdaning egilishi ham platformani harakat yo‘lini oshiradi va himoyachi imkonyatini kengaytiradi. Biroq, muvozanatni yo‘qotgan holda, himoyachi tabiiy holatda yonboshga yiqilishga o‘tishga majbur bo‘ladi. Ammo bu endi boshqa texnik usul hisoblanadi.
Qaytaruvchi platformani boldirga sirpanish bilan siltanish hisobidan olib o‘tganda himoyachining yon tomonlaridan 2-2,5 m masofada uchib o‘tayotgan to‘pni qaytarish mumkin. Biroq, o‘yinda yanada uzoqroqdagi to‘pga ham “yetib borishga” imkon beruvchi boshqa himoya usullari ham bor bo‘lib, bunda yon tomonga yiqilish, yelka yoki orqa bilan umbaloq oshib to‘pni qabul qilish nazarda tutiladi. Ular o‘z xatosini (joyni noto‘g‘ri tanlash, zarba yo‘nalishini noto‘g‘ri aniqlash va b.) yoki sherikning xatosini to‘g‘rilashda, to‘p to‘siq qo‘yuvchilar yoki himoyachilarga tegib o‘z yo‘nalishini birdaniga o‘zgartirganda to‘p bilan ishlash vaziyatlarida qo‘llaniladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish