O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet70/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Yerga tushish. Yerga tushish jarayonida oyoqlarni tayanchga, to‘siq qo‘yuvchining umumiy tana holatini uchish trayektoriyasining maydoncha yuzasi bilan kesishish nuqtasiga qo‘yish kerak, shunda yerga tushuvchi o‘yinchining muvozanati ishonchliroq bo‘ladi. Bu to‘siq qo‘yuvchini to‘rga tegib ketish va o‘rta chiziqdan o‘tib ketish kabi xatolardan saqlaydi. Biroq, o‘yin vaziyati ko‘pincha keyingi tez harakatlanishni talab etadi. Harakatlanish tomoniga muvozanatni tezroq yo‘qotish uchun (bu bilan tezroq harakatni boshlash ), agar sharoit yo‘l bersa, yuqorida eslatilgan nuqtadan zaruriy yo‘nalishdagi qarama-qarshi tomonga mumkin qadar biroz siljish bilan yerga tushish kerak.
Itarilishda xatoga yo‘l qo‘yilgan hollarda, buning natijasida umumiy tana holatini uchish trayektoriyasi raqib maydoni tomon “o‘tib ketadi”, yerga tushishda oyoqlarni o‘rta chiziqqa qo‘yish va qo‘llar bilan muvozanatni saqlashga urinish lozim. Raqib tomonga tushishning boshlanishi odatda sekin bo‘ladi, sherik pastga tushayotgan to‘siq qo‘yuvchining muvozanatni ushlab turishga qo‘llari bilan yordam berishga ulgurishi mumkin.
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yish. Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yish texnikasining qiyinchiliklari to‘siq ishtirokchilari harakatlarini o‘zaro kelishilganligi muammolari bilan bog‘liqdir. Jumladan, to‘siq qo‘yuvchilarning to‘r bo‘ylab bir yo‘nalishga harakatlanishida ikkita xatodan bittasi; zich bo‘lmagan (tuynukli) to‘siq holati agarda to‘siq qo‘yuvchilar bir vaqtda sakrashmasa yoki yugurib kelayotgan so‘nggi to‘siq qo‘yuvchi sakrashda kechiksa, oldinroq sakragan sherigiga yetish uchun harakatga vaqt sarflamasa, yaxshi tashkil etilmagan to‘siq vujudga keladi. Agar harakatlanayotgan so‘nggi to‘siq qo‘yuvchi kechikmasa, unda oxirgi qadamni bajarayotgan sherigining oyog‘ini bosib oladi, bu
ham to‘siqning tashkiliy tomonini pasaytiradi. Taranglashuv jarayonida to‘siq bo‘yicha sherikka “uchib yetib borish” juda muhumdir. Axir to‘siq qo‘yuvchi o‘z sherigiga qancha masofagacha yugurib borolmasa, to‘r ustidagi guruhli to‘siqda shunchalik kattalikdagi tirqish paydo bo‘ladi.
To‘siqdagi “tirqish”ni sakrashda sherik bilan yaqinlashish yoki ikkita bir-biriga yaqin to‘siq qo‘yuvchilar hisobidan bartaraf etish salbiy oqibatlarga olib keladi. Havoda to‘qnashuv, to‘rga tegib ketish yoki sifatsiz to‘siq qo‘yish, to‘siq qo‘yuvchilar qo‘lini sheriklar tomonga uzatgan holda to‘pni “tutib olish” imkoniyatidan mahrum bo‘lishlari mumkin. Bunda maydonda himoya harakatlarini tashkil etish uchun ma’lum bir qiyinchiliklar himoyachilarga, hujumchilarga qarshi harakat uchun o‘z joylarini topish murakkabligi kabi vaziyatlar vujudga kelishi mumkin. To‘siq qo‘yuvchilar o‘z harakatlarini yaxshi tashkil etmasligi tufayli to‘pning tezligi va qiyalik trayektoriyasi zarbadan so‘ng olib borilishi mumkin – bunday siqilgan to‘siq raqibga egri trayektoriya bo‘yicha qiyali zarba berishga imkon yaratadi. Standart vaziyatlarda to‘siq qo‘yuvchilarning o‘zaro harakati quyidagi tartibda eng oqilona va samarali deb hisoblashi mumkin. To‘siq qo‘yuvchilar oldindan ko‘ra bilish asosida, taxmin qilinayotgan hujum joyiga mumkin qadar ertaroq joylashib olishga intiladilar.
Guruh bo‘lib qarshi harakat qilishda sakrash uchun joyni, kimning hududida hujum zarbasi bajariladigan bo‘lsa, o‘sha to‘siq qo‘yuvchi joy tanlaydi. U sakrash uchun joyni aniqlaydi, to‘siq qo‘yiladigan joyga oldinroq o‘tib olishga intiladi va raqib jamoasi hujumchisining harakatlariga ko‘ra siltanish uchun vaqtni tanlaydi, joyida taranglashgan holda sakrashni bajaradi. To‘siqning boshqa ishtirokchisi tiralgan yoki yuguruvchi qadamlar bilan asosiy to‘siq qo‘yuvchiga yaqinlashib keladi. Tayyorlanish va undan keyingi sakrashni ikkala o‘yinchi ham bir vaqtda bajarishi zarur – shunda to‘siq zich holda bo‘ladi, to‘siq qo‘yuvchining birgalikda qo‘llarini to‘pga ko‘ndalang tomonga o‘tkazishlariga, aylanib o‘tuvchi zarba holatining oldini olishga, ya’ni “tutib oluvchi” guruhli to‘siqni bajarish imkoniyati saqlanadi.
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yishda sherikkacha yugurmasdan sakrab qo‘yish, faqatgina to‘siq qo‘yuvchining zaruriy itarilish joyiga o‘tishga jismonan ulgura olmagan hollarda o‘zini oqlashi mumkin. Shunday qilib, yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilsak:
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yishda sakrash uchun joyni kimning hududida hujum bajariladigan bo‘lsa, o‘sha to‘siq qo‘yuvchi tanlaydi, boshqalar unga moslashadi.
Guruhli to‘siq zich bo‘lishi uchun moslashishi kerak bo‘lgan to‘siq qo‘yuvchi, oxirgi qadamni tayyorlangan ko‘rinishda qo‘yadigan bo‘lib sherigigacha oyoq bilan yugurib borishi zarur.
Bir yo‘nalishda to‘r bo‘ylab ikki (uchta) to‘siq qo‘yuvchining bir vaqtda harakatlanishi xatoliklarga: maydonchada va havoda o‘yinchilarning to‘qnashib ketishlariga, zich bo‘lmagan yoki yaxshi tashkil etilmagan to‘siq qo‘yilishiga olib keladi, bular ko‘pincha to‘siqni oxirgi ishtirokchisining ancha kech yoki “uzoqroqdan” sakrashi tufayli kelib chiqadi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish